Mavzu : Rossiya Federatsiyasi. Yangi davrda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi



Download 32,57 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2022
Hajmi32,57 Kb.
#796072
1   2
Bog'liq
2-mavzu

Sovuq urush — bir tarafdan AQSh va uning ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan SSSR va uning ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy konfrontatsiya. Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsalar ham, ularning dunyoga taʼsirini oʻtkazish borasidagi raqobat koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzlarining taʼsir doiralarini yaratdilar hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar —NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.
Sovuq urush Uchinchi jahon urushiga olib kelishiga xavf tugʻdiruvchi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikkala tarafdan xalqaro tanglikni "yengillashtirish" va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi. SSSRning bora-bora tehnologik tarafdan ortda qolishi sovetlar iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar ohiri — 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy harajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa - 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.
Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin - 1989-1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1-iyulda tugatdi, va shu paytdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin. Sovuq urushning boshlanishi rasman 1946-yil 5 mart kuni, Winston Churchill tomonidan Fulton (AQSh)dagi mashhur nutqi soʻzlangan payt hisoblanadi. Ittifoqdoshlar orasidagi munosabatlarning keskinlashuvi oldinroq boshlangan edi, ammo 1946-yilning martiga kelib bu holat SSSRning Erondan okkupatsion qoʻshinlarini olib chiqishiga noroziligidan kuchayadi. Churchillning nutqi yangi reallikni koʻrsatdi:
Boltiqdagi Shtettindan Adriatikadagi Triestgacha temir parda qitʼa boʻylab choʻzildi. Tasavvurdagi chiziqning u tarafida — Markaziy va Sharqiy Yevropa qadimiy davlatlarining barcha poytaxtlaridir. (…) Yevropaning hamma sharqiy davlatlarida juda kichik holda mavjud boʻlgan kommunistik partiylar hukmronlikka oʻtib, chegarasiz totalitar boshqaruvga oʻtib oldilar. Politsiyali hukumatlar deyarli hamma yerda boshqaruvdalar va hozircha faqat Chexoslovakiyadan tashqari hech qayerda haqiqiy demokratiya yoʻq.
Turkiya va Fors davlatlari ham Moskva hukumati ularga qoʻyayotgan talablar bilan juda taajubga tushganlar. Ruslar Berlinda kvazi-kommunistik partiya yaratishga harakat qildilar. (…) Endi agar sovet hukumati oʻz hududida prokommunistik Germaniyani yaratish harakatini qilsa, bu britan va amerika hududlarida yangi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi va magʻlub nemislarni Sovetlar hamda gʻarbiy demokratik davlatlar orasida boʻlib yuboradi.
Dalillar shunday: bu biz ozod boʻlishi uchun kurashgan Yevropa emas. Bu doimiy tinchlik oʻrnatilishiga kerakli narsa ham emas. Churchill 30-yillarning xatolarini qaytarmaslikka chaqirdi va ozodlikning qimmati, demokratiya va totalitarizmga qarshi "Xristian sivilizatsiya" uchun turishni, buning uchun esa anglosakson millatlarning ahilligi va birligi kerakligini aytdi.Bir haftadan soʻng I. V. Stalin "Pravda"ga intervyusida Churchillni Hitler bilan bir qatorga qoʻydi va uni oʻz nutqida Gʻarbni SSSR bilan urushga chaqirganligida aybladi.Vaqt oʻtishi bilan bloklar qarshiligidagi tanglik oʻzgarib borar edi. Uning eng keskin nuqtasi Koreya urushi yillariga toʻgʻri keladi, uning oqibatida 1956-yili Polsha, Vengriyadagi voqealar va Suets inqirozi kelib chiqadi; Xruschev "iliqligi" kelishi bilan tanglik ozgina yengillashadi, bu ayniqsa 1950-yillarning ohiriga xos; Amerika samolyot-aygʻoqchisi U-2 (1960) bilan bogʻliq janjal yangi tanglikka olib keladi, uning choʻqqisi boʻlib Karib inqirozi (1962) boʻldi; bu inqiroz taasurotida yana yengillashish keladi, ammo u "Praga bahori" bilan buziladi.
Brejnev Xruschevdan farqli ravishda qaltis avantyuralarga kirishmas, hech qanday "tinch" tadbirlarni oʻtkazmas edi; 1970-yillar "xalqaro tanglikni yengillashtirish" deb ataluvchi belgi osida oʻtdi, Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha majlis (Helsinki) va koinotga sovet-amerika birgalikdagi uchish ("Soyuz-Apollon" dasturi) buning mahsullaridir; oʻsha paytda strategik qurollanishni cheklash toʻgʻrisidagi kelishuvlar imzolanadi. Koʻp tarafdan bu iqtisodiy sabablar bilan tushuntirildi, chunki SSSR oʻsha paytdayoq isteʼmolchilik mahsulotlarini sotib olishda ehtiyojni sezdi (bunga esa valyuta kreditlari kerak edi), Gʻarb oʻz navbatida Arab-Isroil ziddiyati keltirib chiqargan neft inqirozi yillarida sovet nefti bilan juda qiziqqan edi. Yangi keskinlashuv 1979-yili, sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kirishidan soʻng vujudga keldi, sovetlarning bu harakatini Gʻarbda geosiyosiy muvozanatning buzilishi va SSSRning ekspansiya siyosatiga oʻtdi deb qabul qilishdi. Keskinlashuv 1983-yilning kuzida, sovet kuchlari ichida 300 ga yaqin odam boʻlgan Janubiy Koreyaning fuqarolar avialaynerini urib tushirganida oʻz choʻqqisiga yetdi. Aynan oʻsha paytda AQSh prezidenti Ronald Reagan SSSRga nisbatan "yovuzlik imperiyasi" frazeologizmini qoʻlladi. AQSh bu davr mobaynida oʻz yadroviy raketalarini Gʻarbiy Yevropada joylashtirdi va kosmik raketalarga qarshi himoya dasturi ustida ishlashni boshladi; bu ikkala keng koʻlamli dasturlar sovet hukumati tinchini buzdi, SSSRning koinotda qarshilik koʻrsatish uchun mablagʻi yoʻq edi."Ijtimoiy plyuralizm" va "umuminsoniy qadriyatlarning sinfiylari ustidan muhimroqligini" eʼlon qilgan Mixail Gorbachyovning hukumat tepasiga kelishi bilan gʻoyaviy qarshilik tezda oʻz keskinligini yoʻqotdi. Harbiy-siyosiy masalada Gorbachyov avvaliga 1970-yillarning "yengillashtirish" xilidagi siyosatini oʻtkazishga harakat qildi, qurollarda cheklashni taklif qildi, ammo kelishuv shartlari ustida qattiq savdolashdi (Reykyavikdagi uchrashuv).
Ammo sovetlar siyosiy tizimining oʻsayotgan inqirozi va neft narhining keskin tushib ketishi tufayli SSSR iqtisodiyotining gʻarbiy tehnologiyalar va kreditlariga qarab qolganligi Gorbachyovning tashqi siyosiy sferada pand berishiga sabab boʻldi. 1988-yilda sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi boshlandi. 1989-yil revolyutsiyalari natijasida Sharqiy Yevropada kommunistik tizimining qulashi sovet blokining likvidatsiyasiga, va shuning bilan birga — "sovuq urush"ning toʻxtatilishiga olib keldi.
Bu vaqtni oʻzida Sovet Ittifoqi halokat yoqasida edi. Dunyo sotsialistik tizimining parchalanuvi neft narhlarining tushishi iqtisodiyot va sanoatning kolossal inqiroziga olib keldi. Mamlakatning chetlarida millatlararo nizolar kelib chiqa boshladi. Moskva ittifoqdosh respublikalar ustidan nazoratni yoʻqota boshladi. 1990-yil martidan 1991-yil dekabrigacha oʻn besh respublika ichidan oʻn uchtasi Ittifoq tarkibidan chiqdi. 1991-yil 26-dekabrda mustaqil Rossiyaning yangi hukumati Ittifoq shartnomasini denonsatsiya qilib, "sovuq urush" tarixida soʻnggi nuqtani qoʻydi

Test
1.Qayerlardagi qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish g‘alla yetishtirishni tez ko‘paytirishning muhim omili sifatida qaraldi?


a) Qozog‘iston,Sibir,Volga* b) Turkmaniston,Volga,Gruziya
c) Sibir, Azarbayjan,Qrim
e) Qozog’iston,Qrim,Gruziya
2. Qachon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o‘sib, kolxozlarning pul daromadlari 3 martadan ko‘proqqa oshdi?
a) 1949-yil b) 1950-yil* c)1952-yil d)1953-yil
3. Qachon KPSS XX syezdida N. Xrushchyov «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida» nutq bilan chiqdi?
a)1954-yil avgust b)1955-yil mart
c) 1956-yil fevral* d)1957-yil aprel
4. Nechanchi syezd xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi?
a)XVIII b)XIX c)XX* d)XXI
5. Qachon mamlakatda mavjud totalitar tuzum bir qadar liberallashtirildi?
a)1950-yillar boshlarida b) 1950-yillar o‘rtalarida*
c)1950-yillar oxirlarida d) 1960-yillar boshlarida
6.Qachon N. Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham qo‘shib oldi?
a) 1958-yil* b)1959-yil c)1960-yil d)1961-yil
7. N. Xrushchyov qachon mamlakatda yagona liderga aylanib qoldi?
a) I.Stalin o’limidan so’ng b) KPSS MK birinchi sekretari bo’lganda
c) «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida» nutq bilan chiqqanda
d) SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham egallaganda*
8.Kim boshlangan mamlakat hayotini demokratizatsiyalash jarayoni ham vaq tincha to‘xtatildi?
a) L.Brejnev b) I.Stalin* c) V.Lenin d) N. Xrushchyov
9.Qachon qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari ancha susaydi?
a)1950-yillar boshlarida b) 1950-yillar o‘rtalarida
c)1950-yillar oxirlarida* d) 1960-yillar boshlarida
10. Qachon bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumi uni bir qator xato va kamchiliklarda ayblab, lavozim laridan ozod qildi?
a)1964-yil may b)1964-yil iyul c)1964-yil avgust d)1964-yil oktabr*
11. N. Xrushchyov o‘rniga KPSS MK Birinchi kotibi qilib kim tayinlandi?
a) L.Brejnev* b)M.Gorbachyov c) Y.Andropov d) A.Kosigin
12. 1964-yil SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib kim saylandi?
a) L.Brejnev b)M.Gorbachyov c) Y.Andropov d) A.Kosigin*
13. Kim hokimiyatda 1964 – 1982-yillarda turgan?
a) L.Brejnev* b)M.Gorbachyov c) Y.Andropov d) A.Kosigin
14. 1970-yillarning ikkinchi yarmidan jamiyatda boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida qanday nom olgan?
a) tushkunlik davri b) turg’unlik davri c) inqiroz davri d)sukunat davri
15. N. Xrushchyovdan farqli ravishda kim o‘z hoki miyatidan juda ehtiyotkorlik bilan foydalandi?
a) L.Brejnev* b)M.Gorbachyov c) Y.Andropov d) A.Kosigin
16. Kimda boshqalarning xushomadiga, turli xil unvonlar va ordenlarni yig‘ishga moyillik kuchli edi?
a) L.Brejnev* b)M.Gorbachyov c) Y.Andropov d) A.Kosigin
17.Qachon SSSR jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib keldi?
a)1970-yillarda b)1980-yillarda c)1960-yillarda d)1990-yillarda
18.Kimning 1980-yillarda kommunizm qurish to‘g‘risi dagi rejasi barbod bo‘lgan, odamlar endi kommunizm safsatasiga deyarli ishonmay qo‘ygan edi?
a) L.Brejnev b)M.Gorbachyov c) V.Lenin d)N. Xrushchyov*
19. 1982-yil 10-noyabrda kim vafot etdi?
a) L.Brejnev* b)M.Gorbachyov c) Y.Andropov d) A.Kosigin
20. Kimdan keyin hokimiyatga Yuriy Andropov va Konstantin Chernenko kelgan?
a) L.Brejnev* b)M.Gorbachyov c) Y.Andropov d) A.Kosigin
TOPSHIRIQ : Jadvalni to’ldiring.

F




S




M




U




Download 32,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish