Mavzu: " pedagogika fan sifatida. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari"



Download 309,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi309,11 Kb.
#206244
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-seminar

Pedagogika

 

Iqtisodiyot 

nazariyasi 

Sotsiologiya 

Etika 

(axloqshunoslik) 



Falsafa 


qator  fanlarning  imkoniyatlariga  tayaniladi.  Ana  shu  nuqati  nazardan  pedagogika  fani  bilan 

quyidagi fanlar o„rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ko„rsatilgan fanlar pedagogik bilimlar rivojida qanday o„rin tutadi? 



1.  Falsafa  –  shaxs  rivojlanishi  jarayonining  dialektik  xususiyatlari,  muayyan  pedagogik  g„oya, 

qarash hamda ta‟limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 

2.  Iqtisodiyot  nazariyasi  –  ta‟lim  muassasalarining  faoliyatini  yo„lga  qo„yish,  o`quv  binolarini 

qurish,  ta‟lim-tarbiya  jarayonlarini  tashkil  etish  va  ularning  moddiy-texnika  va  zamonaviy 

texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi. 

3.  Sotsiologiya  –  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni,  ularni  tashkil  etish  shartlari  xususida 

ma‟lumotlarga  ega  bo„lish  asosida  ta‟lim-tarbiya  jarayoni  ishtirokchilarining  o„zaro 

munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. 

4.  Etika  (axloqshunoslik)  –  shaxs  ma‟naviyatini  shakllantirish,  unda  eng  oliy  insoniy  sifatlar, 

axloqiy  ong  va  ma‟naviy-axloqiy  madaniyatni  tarbiyalashda  muhim  o„rin    tutuvchi    nazariy  

g„oyalarni  pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o„rin tutadi. 

5. Estetika – shaxs tomonidan go„zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik 

didni tarbiyalashda muhim yo„nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 

6.Fiziologiya  –  o`quv-tarbiya  jarayonida  bolalarning  fiziologik,  anatomik  xususiyatlarini 

inobatga olinishi uchun boshlang„ich asoslarni beradi. 

7.Gigiyena  –  o`quvchilarning  salomatligini  muhofazalash,  ularning  jinsiy  jihatdan  to„g„ri 

shakllantirishda nazariy va amaliy g„oyalari bilan yordam beradi. 

8.  Psixologiya  –  shaxsda  ma‟naviy-axloqiy,  ruhiy-intellektual,  hissiy-irodaviy  sifatlarni  tarkib 

toptirish uchun zamin yaratadi. 

9.  Tarix  –  pedagogika  fani  taraqqiyoti,  ta‟lim-tarbiya  jarayonlarining  dinamik,  dialektik 

xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g„oyalarini kelgusi avlodga uzatish 

uchun yo„naltiriladi. 

10.  Madaniyatshunoslik  –  o`quvchilarda  insoniyat  tomonidan  yaratilgan  moddiy  va  ma‟naviy 

madaniyat  asoslari  haqidagi  tasavvurni  shakllantirish,  ularda  madaniy  xulq-atvor  xislatlarini 

tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 

11.  Tibbiy  fanlar  –  shaxsning  fiziologik-anatomik  jihatidan  to„g„ri  rivojlanishini  ta‟minlash, 

uning organizmida namoyon bo„layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, 

shuningdek,  nuqsonli  bolalarni  o„qitish  hamda  tarbiyalash  muammolarini  o„rganishda 

ko„maklashadi. 

12.  Ma‟naviyat  asoslari  –  jamiyat,  inson  va  ma‟naviyat  o„rtasidagi  munosabatlarni, 

ma‟naviyatning  jamiyat  taraqqiyoti,  inson  ongini  rivojlanishidagi  roli,  fuqarolarni  ma‟naviy 

tarbiyalash omillarini o„rganadi. 

Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika  fani rivoji  muayyan pedagogik  muammolarni  tadqiq 

etish  maqsadida  olib  borilgan  tadqiqot  ishlarining  g„oyasi,  mazmuni,  natijalari  hisobiga 

ta‟minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o„rganish, 



mavjud  ko„rsatkichlar  vositasida  sodir  bo„lish  sabablarini  aniqlash,  zarur  chora-tadbirlarni 

belgilash  ilmiy  izlanishlarni  tashkil  etishni  taqozo  etadi.  Pedagogik  ilmiy-tadqiqot  metodlar 

shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo„nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish 

tamoyillari,  obyekti  va  subyektiv  omillarini  aniqlovchi  pedagogik  jarayonning  ichki  mohiyati, 

aloqa  va  qonuniyatlarini  maxsus  tekshirish  va  bilish  usullaridir.  Pedagogik  ilmiy  tadqiqotlarni 

amalga  oshirish  murakkab,  izchillik,  uzluksizlik,  tizimlilik  va  aniq  maqsad  kabi  xususiyatlarga 

ega jarayon.  

 

V.  Ilmiy  pedagogik    tadqiqot    metodlari.    Zamonaviy  sharoitda  pedagogik  yo„nalishda 



tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Quyida mazkur metodlarning mohiyati to„g„risida qisqacha so„z yuritiladi. 

Pedagogik  tahlil.  Tadqiqotni  olib  borish  jarayonida  ushbu  metodni  qo„llashdan  ko„zlangan 

maqsad  tanlangan  muammoning  falsafiy,  psixologik  hamda  pedagogik  yo„nalishlarda 

o„rganilganlik  darajasini  aniqlashdan  iborat  bo„lib,  tadqiqotchi  ilgari  surayotgan  g„oyaning 

nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. 

Suhbat  metodi  pedagogik  kuzatish  chog„ida  ega  bo„lingan  ma‟lumotlarni  boyitish,  vaziyatga 

to„g„ri  baho  berish,  muammoning  yechimini  topishga  imkon  beruvchi  pedagogik  shart-

sharoitlarni  yaratish,  tajriba-sinov  ishlari  subyektlari  imkoniyatlarini  muammo  yechimiga  jalb 

etishga  yordam  beradi. Suhbat  indiviudal, guruhli  hamda ommaviy shaklda o„tkaziladi. Suhbat 

jarayonida o`quvchilarning imkoniyatlari to„la namoyon bilishga erishish muhim.  

 

 

 



 

 

 



Anketa  (fransuzcha  “tekshirish”)  metodi  yordamida  pedagogik  kuzatish  va  suhbat  jarayonida 

to„plangan  dalillar  boyitiladi.  Bu  metodi  ham  tizimlangan  savollar  asosida  respondentlar  bilan 

muloqotni  tashkil  etishga  asoslanadi.  Savollarga  javoblar,  odatda,  yozma  ravishda  olinadi. 

O„rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo„ladi: 

1)  ochiq  turdagi  savollar  (erkin,  batafsil  javob  berish  uchun  imkon  yaratadigan  savollar);  2)  

yopiq  turdagi  savollar  (“ha”,  “yo„q”,  “qisman”  yoki  “ijobiy”,  “qoniqarli”,  “salbiy”  va  hokazo 

tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar). 

Anketa metodini qo„llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur.  

 

 

 



 

 

 



 


Download 309,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish