Ko„rsatib o„tilgan ushbu fanlar qanday pedagogik masalalarni o„rganadi?
Pedagogika nazariyasi – ta‟lim yoshidagi bolalar, o„smirlar va o„spirinlarni tarbiyalash va ularga
ta‟lim berish masalalarini o„rganadi.
Pedagogika tarixi – ta‟lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, taraqqiy etish tarixini,
shaxsni o„qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, shuningdek, asrlar davomida
pedagogik jarayonda qo„llanilib kelingan metod va vositalarni o„rganadi.
Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi – maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni
intellektual, ma‟naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o„rganadi.
Boshlang„ich ta‟lim pedagogikasi – boshlang„ich sinflar o`quvchilarini tarbiyalash, ta‟lim berish,
ularning o„ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni intellektual,
ma‟naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish masalalarini o„rganadi.
Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari
bo„lgan bolalarni tarbiyalash va o„qitish bilan bog„liq muammolarni o„rganadi. Korreksion
pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. YA‟ni:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish,
o„qitish va tarbiyalash masalalarini o„rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o„qitish va
tarbiyalash masalalarini o„rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko„rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o„qitish
va tarbiyalash masalalarini o„rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida
murakkab nuqsonlar bo„lgan bolalar (ko„r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o„qitish va
tarbiyalash masalalarini o„rganadi.
6. Metodika xususiy fanlarni o„qitish xususiyatlarini o„rganadi
7. Pedagogik mahorat – bo„lajak o„qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish,
takomillashtirish muammolarini o„rganadi.
8. Pedagogik texnologiya – ta‟lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo„llash, texnologik yondashuv asosida ta‟lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
muammolarini o„rganadi.
9. Ijtimoiy pedagogika – shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoniga salbiy ta‟sir etuvchi omillarni,
ularni bartaraf etish yo„llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar toifalariga ko„rsatiladigan
ijtimoiy-pedagogik yordam mohiyatini, turlari. shakl, metod va vositalarini o„rganadi.
10. Kasbiy pedagogika – ta‟lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo„nalishida maxsus
bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko„nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy
faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o„rganadi.
11.Ta‟lim menejmenti – ta‟lim muassasalarining faoliyatini yo„lga qo„yish, boshqarish, nazorat
qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o„rganadi.
12. Qiyosiy pedagogika – turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari,
ta‟lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta‟limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta‟limiga xos
bo„lgan samarali shakl, metod, vosita va innovasion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan
o„rganadi.
13. Konfliktologiya – ta‟lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta‟lim ouvchi
va ta‟lim beruvchi o„rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samarali bartaraf etish
yo„llarini o„rganadi.
IV. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma‟lum pedagogik hodisaning muayyan
vaziyatlarda namoyon bo„lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma‟lumki, pedagogik
hodisa murakkab tuzilmaga ega bo„lib, uning umumiy mohiyatini to„laqonli anglash uchun bir
Do'stlaringiz bilan baham: