2.1 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha 1-navbatdagi chora tadbirlari belgilab olingan. Mamlakatimizda ish o`rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal ravishda rivojlantirish, valyuta tushumlarini ko`paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolada hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo`lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu manoda O`zbekiston Respublikasining Prezidentining ,,2017 yil 16-avgustdagi 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha 1-navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida” gi qaror qabul qilindi. Ayni paytda mamlakatimiz hududlarida zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlariga alohida e`tabor qaratilgan. Shu maqsad dasturga muvofiq Andijon viloyati Xonobod shahrida dam olish hududlari, Jizzax viloyati Forish va Arnasoy tumanlarida, Ayda-Arnasoy ko`llari sohilida beshta yangi zamonaviy dam oliosh hududlari tashkil etish, Qashqadaryo viloyati Shaxrizabz va Qarshi shaharlarida to`rt yulduzli mehmonxonalar Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani, Chimyon tog`i massivi mehmonxona majmuasi barpo etish, Navoiy viloyatida To`dako`l janubiy sohilida ichki turizm va Aydarko`l sohillarida xorijlik turistlar uchun plyajlar tashkil etish ko`zda tutilgan. Bizdagi turizm sanoati hali ham ovqatlanish bilan ham bog`liq masalalar muammoligicha qolmoqda. Masalan, yevropaliklar standart usullaridan tayyorlangan oddiy va hushtam taomlarni maqbul ko`rishadi. Buning uchun esa xorijiy mamlakatlardagi mehmonxonalar komplekslarida foydalanadigan maxsus asbob-uskunalar va tegishli taom texnalogiyalarini o`rnatish zarur. Mamlakatimizdagi mahalliy mehmonxonalar 20- 25 ga yaqin taomlarni taklif qilishi mumkin. Biroq harbiy andozalar bo`yich faoliyat ko`rsatayotgan turistik kompleks 200 ga yaqin taomlarni taklif qilish imkoniyatiga ega. Bu muommalarni hal etishning birdan bir yo`li shaxsiy restoran va kafelar sonini oshirish va ulardagi xizmat ko`rsatish va jahon andozalariga mos ravishda tashkil etishdir. Mamlakatimizga kelgan turistlar bilan muloqat qilganimizda, ularning 20%i ovqatlanish xizmatlaridan qanoatlanganliklarini bildirishdi. 41%i esa taomlar sifatiga baho berishni o`zlariga ma`qul topishmadi. Bunday muommani hal etish uchun xorijiy turistlarga xizmat ko`rsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlarini sertifikatlashtirish va nazorat qilish juda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari xorijiy turistlar 73%i ocqatlanish punktlari xizmat ko`rsatishi to`g`risida to`liq ma`lumotga ega bo`lmaganlidan shikoyat qiladi. Bundan tashqari turistlar bilan qilgan suhbat natijalariga ko`ra ular O`zbekistonda yo`llar juda yomon darajada ekanligidan nolishdi chunki agar biz Singapur yoki Malayziyaga boradigan bo`lsak uyerda yo`llar juda oily darajada ekanligiga ko`zimiz tushadi. Shuningdek bizda internet tizimi sifati juda yomon ekanligini ham aytib o`tdi. Rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg`un holatda taraqqiy etadi. Ichki va qabul qilish turizmi balansi mavjud. Ichki turizm milliy turistik resurslardan unumli foydalash va turizm industriyasini va infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi. O`zbekiston ulkan tabiiy va madaniy-tarixiy resurslari bilan xohlagan turistlar talabini qondirish va kelajakga ulkan turistlar oqimini kutib olish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bugungi kunda turizm industriyasini yanada rivojlantirish turizm infratuzilmasini yuqori ko`tarish, turizm invistitsiyalarini ko`proq jalb etish turizmda servisni zamon talablariga moslashtirish xizmat ko`rsatuvchi subyektlardagi xizmat narxini pasaytirish, ularga o`zaro raqobat muhitini yaratish, xorijga chiqish va xorijdan kelish vizalarini olishiga mexanizmni soddalashtirish, malakali kadrlarni yetishtirish shu kabi muommalarni birinchi navbatda juda katta tezlik bilan ijobiy hal etishimiz kerak. O`z navbatida keyingi yilllarda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari hukumatimiz va xorijiy investorlar tomonidan turizm infratuzilmasi uchun mablag`lar ajratildi. Shuningdek yirik mehmonxonalar qurildi. Modernizatsiya qilindi, yangi zamon talabiga mos avtobus va avialaynerlar sotib olindi. Bugungi kunda ko`plab xususiy mehmonxonalar va milliy uylar bunyod etilib mahalliy va xorijiy turistlarni qabul qilib bormoqda. Rekriatsion hududlari, masalan Chorbog`-Chimyon hududiga respublika budjetidan katta mablag` ajratildi. Madaniy-tarixiy yodgorliklarni ta`minlash ishlari davom etmoqda. Lekin shunga qaramasdan respublikamizda ichki turizm ziyorat turizmi masalalari ko`ngildagidek holatda emas. Bundan tashqari hattoki, respublikamiz aholisidan aksariyat qismi butun dunyoga mashhur bo`lgan Samarqand, Buxoro, Xiva Shaxrisabiz kabi tarixiy shaharlarni biror marotaba bo`lsa ham ko`rish imkoniyatiga ega emas. Shu bois ichki turizmni rivojlantirish aholimizda turizm va dam olish ehtiyojlarini to`liqroq qondirish uchun turistik resurslardan maksimal tarzda foydalanish zarur. Bizni o`ylantirayotgan boshqa iqtisodiy omillar mavjud. Bularga biz bemalol turistik xizmatlardan ayniqsa, transport, mehmonxona, ovqatlantirish xizmatlari darajasi va narxi turistlarni umuman qanaotlantirmaydi. Yana bir masala bu turistik statistikadir. Xozirgi kunda qancha xorijiy fuqarolar respublikamizga kelganligi va respublikamizdan chiqib ketganligi haqida ,, O`zbekturizm” MK aniq ma`lumot bera olmaydi. Har bir tashkilot o`zida statistikasini olib boradi. Tashqi ishlar vazirligi bergan vazifalar soni bilan bojxona qo`mitasi iqtisodiy dekloratsiya to`ldirilgan fuqarolar soni bilan davlat chegaralarini muhofoza qilish qo`mitasi aeraport, temir yo`l vokzallarda asosiy punktlariga keluvchi va ketuvchilarni ro`yxatlash bilan shug`ullanadi. ,,O`zbekturizm” MK xizmat ko`rsatilgan turistlar soni bilan statistika olib boradilar. Demak bitta turist bir qancha stastistik ma`lumotlarda ro`yxatga olinadi. Shu boisdan ushbu masalalarni hal qila oladigan guruh tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Butun jahon turizm va sayyohlik bo`yicha kengashi tomonidan berilgan bahoga ko`ra O`zbekiston sayyohlar tashrifi bo`yicha dunyo mamlakatlari orasida 150- o`rinni egalladi. Yurtimiz bo`yicha atiga 757 ta mehmonxona mavjud. Ma`lumotlarga ko`ra ayni paytda turizmga mamlakat yalpi ichki mahsulotlardagi ulushi 2%ni tashkil etadi. Bu judayam past ko`rsatgich hisoblanadi. Turizm faoliyatini amalga oshirishning firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat. Turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlar sonini oshirish borasida takliflar: - Turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo`lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni berish hamda yer oldi-berdi ishlari yengillashtirilib, jahon andozalariga javob beruvchi mehmonxonalar sonini ko`paytirish, shu yo`l bilan raqobatni kuchaytirish, mehmonxona narxlarini arzonlashtirish. - ,,O`zbekiston havo yo`llari” bilan kelishilgan holda aviabiletlarni onlayn xarid qilishni yo`lga qo`yib shaffof onlayn xizmat ko`rsatish tizimini yo`lga qo`yish taklifi dolzarb masala. - ,, O`zbekiston temir yo`llari” biletlari onlayn sotib olish tizimini yana ham mukammallashtirilsa nur ustiga a`lo nur bo`lar edi. Afrasiyob tez yurar poyezdiga yirik sayyohlar guruhlari biletlarni sotib olish ancha mushkul ish shu masalani ham ko`rib chiqish lozim. Qayta bu ish jarayonlarini ancha yengillashtirish lozim deb o`ylayman. - O`zbekistonni davlat sifatida yurtimizda faoliyat ko`rtsatayotgan soha mutaxassislari bilan hamjihatlikda O`zbekiston to`g`risida bitta ixcham ,, sayyohlar uchun qo`llanma” tayyorlab uni barcha tillarga tarjima qilib arzonlashtirilgan narxlarda yoki agar imkoni bo`lsa bepul chet sayyohlik firmalariga tarqatsa ham bo`ladi. - O`zbekiston hayotida qiziqarli ma`lumotlar bilan fotoalbomni turizm sohasini mutaxassilari bilan hamkorlikda nashrga tayyorlab turli tillarda yuqori sifatli chop etish uning narxi qimmat bo`lishi shart emas va O`zbekistonda barcha kitob do`konlari hamda sayyohlar tashrif buyuruvchi do`konlarda sotishni yo`lga qo`yish. - Yilning eng go`zal va tartibli honadon ko`chasi, mahallasi, qishlog`i, tumani, shahri, viloyati ko`rik tanlovlari e`lon qilinsa har yili ularni rag`batlantirish yo`lga qo`yilsa mamlakatimiz yildan yilga go`zallashib borishi tayin. - Yurtimiz urf-odat va an`analarimiz milliy qadiryat va boy tarixiy merosimiz haqida hujjatli va badiiy filmlar, konkurslar e`lon qilish va eng saralarini rag`batlantirib, ular yaratgan filmlar turli tillarda dublaj qilinib xalqaro ko`nkurslarga qatnashsak sayyohlar soni oshishi turgan gap. Hozirgi paytda Jizzax viloyatiga turistlar oqimi nisbatan oshib bormoqda. Biz bugun turistik zonalarni tashkil etishimiz va borlarini yanada zamonaviylashtirishimiz hamda qadimiy obodalarni asrab avaylashimiz lozim. Jizzaxdagi tarixiy obidalarni vaholanki, butun O`zbekistondagi tarixiy obidalarni yangilashimiz kerak emas nazarimda, ularni boricha o`z holatida saqlashimiz kerak. Chunki men bir Malayziyalik turist bilan suhbatlashganimda u menga bu obida va yodgorliklarni ta`mirlamasdan asl holatda saqlash kerakligini bildirgan edi. Bu o`z navbatida chet ellik turistlar e`tiborini yanada ko`proq tortishiga zamin yaratadi. Arnasoy tumanida bugungi kunda Aydarko`l atroflarida zamonaviy mehmonxonalar va chorbog`lar bunyod etilmoqda. Bundan tashqari fikr bildiradigan bo`lsam, o`sha Aydarko`lga turistlar etiborini jalb etadigan binolar, zamonaviy va qadimiy uslubdagi bozor va do`konlarni tashkil etish, ko`lga eng zamonaviy va tarixiy uslubdagi kemalar va qayiqlar olib kelinishini tashkil etish maqsadga muvofiq bo`lar edi. Baxmal tog`lariga ekspiriment sayohatlarni alo darajada tashkil etish, va tog` yon bag`irlarida kulba tashkil etish shu bilan birga tog`larning xavfsiz joylariga zamonaviy va ixcham sayyohlar e`tiborini tortadigan mehmonxonalar qurish, chunonchi, Chimyon tog`laridagidek kabi. Bunda biz turistlar bundan tashqari mahalliy sayyohlarni ham e`tiborini tortishga intilgan bo`lar edik. Bundan tashqari bir masalaga juda katta e`tabor qaratishimiz lozim deb o`ylayman, chunki bu narsa xorijiy sayyohlarda juda yomon natijaga olib kelishi ham mumkin. Bu esa keyingi kelayotgan sayyohlarga ta`sir qilishi mumkin. Masala shundan iboratki, bu ichki hudud yo`llar, turistik zonadagi yo`llar va internet aloqa xizmatlari ya`ni internet sifati hisoblanadi. Tan olish kerakki bugungi kunda O`zbekistonda ya`ni chekka hududlarida internet aloqa sifati juda yomon ekanligi sir emas. Buni biz albatta tezda bartaraf eta olmaymiz. Lekin buni qilmasdan turib boshqa jihatlariga ta`sir qiladi. Misol keltiradigan bo`lsak, agar siz Singapur davlatiga sayohatga tashrif buyursangiz xohlagan joyida bo`lsangiz ham internet sifati, ishlash tezligi juda yuqori darajada ekanligini ko`rishingiz mumkin. Bo‘limning asosiy maqsadi xorijiy sayyohlarni ziyorat turizmi doirasida tashriflarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni olib borish. Bo‘lim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tahliliy hujjatlar tayyorlaydi;Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etadi; Turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi; Yurtimizda ziyorat turizmini jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizmni rivojlantirish hisobiga hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm ob’ektlari bo‘yicha yagona milliy reestrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish; Xorijiy turdosh hamkor tashkilotlar bilan ziyorat turizmi sohasida manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, etakchi xorijiy tashkilotlar delegatsiyalarini yurtimizga tashriflarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekistonda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz jozibadorligini oshirish va xalqaro reytinglardagi o‘rnini ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish, xalqaro reyting agentliklari bilan amaliy hamkorlik o‘rnatish.
turizm tarmog‘i uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya etakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati sub’ektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tegishli yo‘nalishi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Keyingi yillarda respublikamizda turizm infratuzilmasini zamon talabiga moslashtirish maqsadida ko‘pgina ishlarqilinmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yi! 2-iyundagi “ Buyuk ipak yocli” ni qayta tiklashda 0 ‘zbekiston Respubiikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to ‘g‘risida” gi farmoni bu ishni yuksak darajaga ko‘tarish muammolarini hal qilishda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Farmon g‘oyat muhim xalqaro turizm yo‘nalishi — “ Buyuk ipak yo‘li” ni qayta tiklash, bunga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, shuningdek, zamonaviy turizm siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadni qaratdi. Buning uchun esa quyidagi o‘ta muhim va dolzarb masalalar o‘z yechimini topishi lozim. Masalan, «Buyuk ipak yo‘li»dagi shaharlar - Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda xalqaro turizm bo‘yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil etish, mazkur shaharlaming aeroportlari va tem iryo‘l vokzallarida turistlar uchun bojxona rasmrusumlarining xalqaro me’yorlarga mos soddalashtirilgan tartibi, shuningdek, tranzit turistlar uchun maxsus bojxona joylari joriy qilish ko‘zda tutildi. Ushbu shaharlarda yangi tashkil etiladigan turistik tashkilotlar va korxonalar barpo etilgan paytdan boshlab, dastlabki foydani olgunga qadar o‘tadigan davrda, lekin ro‘yxatga olingan sanadan keyin uzog‘i bilan uch yil mobaynida barcha turdagi soliqlardan ozod qilish imkoniyati tug‘ildi. Shu maqsadda mazkur tashkilotlar va korxonalar foyda (daromad) oigan birinchi yili foyda (daromad) solig‘ining 50% ini, ikkinchi yili 75 % ini, uchinchi yildan boshlab 100 % ini toMashlari belgilab qo‘yildi. Shuningdek, turizm sohasida qo'shm a korxonalar barpo etuvchi xorijiy sarm oyadorlar, ilgari berilgan imtiyozlarga qo‘shim cha ravishda, olib ketadigan foydadan 5 yil muddatga soliq to ‘lashdan ozod qilinishi bu boradagi imkoniyatlami yanada kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, tijorat banklariga tadbirkorlar xususiy m e h m o n x o n alarin i va m ehm onxona infratuzilm asi inshootlarini barpo etishlari chog‘ida ularga kamida besh yil muddat ichida to ‘lash sharti bilan kreditlar berilishi hamda « 0 ‘zbekturizm» MK Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investitsiya www.ziyouz.com kutubxonasi banki - « 0 ‘zsayohatinvestbank»ni tashkil etishlarini belgiiab qo‘yi!ishi soha rivoji uchun olib borilayotgan davlat siyosatining nechogli to ‘g‘ri ekanligini yana bir bor isbot qildi. Farm onning muhim jihatlaridan biri shuki, unda 0 ‘zbekiston Respublikasi V azirlar M ahkam asi huzurida tu rizm b o ‘yicha Idoralararo kengash tuzilib, ushbu kengash faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgiiab berildi: a) turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; b) jahon andozalari darajasida kichik va okrta m ehm onxonalar, motellar va kempinglartarmog‘i shakllantirilishini muvofiqlashtirish; d) sayr-tom oshalarzam onaviy industriyasini, m adaniy va sportsoglom lashtirish markazlarini barpo etishga ko‘m aklashish; e) noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy-m adaniy m eros keng ko'lam da targ‘ib qilinishi va saqlanishini tashkil etish; 0 turizm tizim ida m uvofiqlashtirilgan ilm iy-texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish; g) turizm sohasida kadrlam i tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash. S huningdek, xalqaro tu riz m n i rivojlantirish b ilan bogMiq barcha m asalalarni o ‘z v aq tid a hal etish uchun jav o b g arlik « 0 ‘zbekturizm » M K, « 0 ‘zbekiston havo yoMlari», « 0 ‘zbekiston tem iryo‘llari» kom paniyalarining, Ichki ishlar va T ashqi ishlar vazirliklarining, chegara va bojxona xizm atlarining rah b arlari zimmasiga yuklatildi. Mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 3-iyunda « 0 ‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e ’Ion qilindi. Q aror prezident farmonini toMdirib, yana quyidagi muhim masalalar amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi: tegishli tashkilotlar bilan biigalikda turistlami avia va temiryo‘1 transporti orqali tashishda imtiyozlarberish tartibini ishlab chiqish, maxsus bojxona hududlarini tashkil etish, ulami zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlash vazifasi yuklatildi. Qarorda turizm tizimidagi xususiylashtirilayotgan obyektlardan tushgan mablag‘lar « 0 ‘zbekturizm» M K bo‘linmalarini qayta qurish va texnika bilan jihozlah m aqsadida « 0 ‘zsayohatinvestbank»ka o‘tkazish belgiiab berildi. www.ziyouz.com kutubxonasi Valuta operatsiyalarida imtiyozlar, Toshkent, Sam arqand, Buxoro, Urganch-Xiva yo‘nalishlarida yollarni obodonlashtirish, servis xizmatlarini tashkii etish dasturlarini ishlab chiqish, shahardan tashqarida joylashgan turistik obyektlar uchun kommunikatsiya tarm oqlari to ‘lovi bo‘yicha imtiyozlar berish, turistik inshootlar qurilishi bo‘yicha tenderlar o ‘tkazish, turistlar boladigan joylarda am aliy va tasviriy san ’at, xalq ijodkorligi buyum lari, reklama m ahsulotiarini tayyorlash — sotishda shoxobchalar tashkii etish, xorijda turistik vakolatxonalar ochish - bular ham mazkur qarorda belgilab qo‘yilgan vazifalar edi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi «2005-yilgacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to ‘g‘risida»gi farmoni ham bu yo‘nalishga alohida e’tiborni qaratdi. Farmonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, turizm tashkilotlari xorijdan keltiriladigan texnologiya va mehmonxona uskunalari, turizm maqsadlariga mo‘ljallangan transport vositalari uchun bojxona «poshlina»lari to ‘lashdan uch yil muddatga ozod qilinishi ko‘rsatib o‘tildi. Dasturning ikkinchi bo‘!imi - « 0 ‘zbekturizm» MKning 1999— 2005-yillardagi investitsiya dasturi», - deb nom lanib, unda S am arqand shahrida «Prezident otel» mehmonxonasi qurilishi (m ablag‘ning 85 % xorij investori, 15 % «Olzbekturizm» MK hisobidan), shahardagi «Samarqand» mehmonxonasini qayta tiklash (8 min. AQSH dollari. Xorijiy va mahalliy sarmoya), Xivada yangi mehmonxona qurilishi (bu ham 85% ga 15 %), Urganchda «Xorazm» m ehm onxonasini qayta tiklash (7,5 min. AQSH dollari, Hindiston krediti), Toshkent shahridagi « 0 ‘zbekiston» mehmonxonasini qayta tiklash (31,5 min. AQSH dollari, xorijiy sarmoya), shuningdek, 5 0 -6 0 o‘rinli 2 -3 yulduzli mehmonxona qurilishi (20 min. AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya), Toshkent viloyati Chorvoq suv om bori hududida dam olish zonasi va golf klubi qurilishi (100 m in. AQSH dollari, xorijiy sarm oya), Buxorodagi «Buxoro» m ehm onxonasini qayta tiklash (8 min. AQSH dollari, xorijiy sarm oya), Andijondagi 60 o'rinli yangi mehmonxona qurilishi (12 min. AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya), shahardagi «Oltin vodiy» mehmonxonasini qayta tiklash (8 min. AQSH dollari, xorijiy www.ziyouz.com kutubxonasi va mahalliy sarmoya), Jizzaxdagi «Okzbekiston»> m ehm onxonasini qayta tiklash (10 mln. AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarm oya), Termizdagi mchmonxonani qayta tiklash (6 mln. AQSH dollari, xorijiy va m ahalliy sarm oya), S h ah risab zd ag i «S hah risab z» mehmonxonasini qayta tiklash (6 m ln. AQSH dollari, xorijiy va mahalliy sarmoya) kabi juda katta m ablag4 talab etiladigan vazifalar maqsad qilib olingandi. Shuningdek, Avtobus-avtomobil parkini modernizatsiyalashtirish (zamonaviylashtirish) uchun 12 mln. A Q SH dollari miqdorida sarmoya talab qilinishi belgilab berildi. Dasturning uchinchi bo‘limi — «M arketing tadbirlari», — d eb nomlanib, unda 0 ‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida turistlarga informatsiya berish va turistik mahsulotlam i taklif etish maqsadida Internet, E-mail xalqaro inform atsiya tarm oqlaridan foydalanishni rivojlantirish ham asosiy vazifa sifatida qaraldi. Dasturning to ‘rtinchi boMimi — «Turistlarga xizmat ko‘rsatishni xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, turizm infratuzilmasini h a r tom onlam a rivojlantirish», — deb n om lanib, unda T o sh k en t, Sam arqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turistlarni ijaraga avtomobil vositalari bilan ta’minlashga e ’tibor qaratildi. Dasturning beshinchi boslimi — «Jahon merosi, m adaniyati va tarixiga kiruvchi qo‘riqxonalar, yodgorlik shaharlarini muhofaza etish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tadbirlar», - deb nom lanib, unda milliy bog‘lar, an’anaviy choyxonalar, xalq amaliy san’ati va ko‘rgazmalarini tashkil etish va ulam i turizm yo‘nalishlariga kiritish, turizm obektlarini va mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq tarixiy va madaniy yodgorliklarni doimiy ravishda qayta tiklashga e ’tib o r qaratildi. Dasturning oltinchi boMimi — «Ichki turizm ni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar», - deb nom lanib, unda Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari turizm markazlarida piyoda yuruvchi turistlar uchun maxsus yo‘l!ar tashkil etilishiga e ’tibor qaratildi. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish turistik zaxiralardan rejali foydalanish jarayonining asosiy bosqichidir. Turistik zaxiralar qancha maftunkor bo‘lmasin, turistning bu tabiat in ’omlaridan foydalanishi bularga bemalol yeta olishiga bog‘liq. A gar m azkur tabiat in’om iga yo‘l yoki so‘qmoq bo‘lmasa ushbu obyektga ko‘plab turistlarni ja lb www.ziyouz.com kutubxonasi qilish qiyin bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa buning iloji yo‘q. Misol uchun Venesueladagi Anxel sharsharasiga (dunyodagi eng katta sharshara, balandligi 140 m.) turistlarnisbatan kam boradi. Chunki, u yerga borish uchun na yo‘I bor, na samolyot qo‘nadigan maydon. Ushbu sharsharaga katta qiyinchiliklar bilan tezoqar daryo bo‘ylab qayiqda borish mum kin. 0 ‘zbekistonimizning Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tum anidagi H isortog‘i etagida joylashgan Toshqo‘rg‘on qishlog‘i va A m ir T e m u r g‘origa olib boriladigan yo‘ldagi H o‘kizburun sharsharasiga turistlar borilishini yo‘lga qo‘yilsa, ayni muddao bo‘iur edi. Y a’ni, bu joylarda turizm infratuzilmasini barpo etish uchun katta sarm oya talab etiladi. Respublikamizda shunday maskanlar ko‘p. Bulardan tashqari, turistlarni maftun qiladigan joylarga borishning qiyinchiligi bir tom ondan bo‘lsa, ikkinchi tom ondan turistlar o ‘zlari uchun yetarli bolgan qulay sharoitlarni talab qiladilar. M asalan, mehmonxonalar tizim ida qabul qilingan standartlarda turistlarni ikki o‘rinli, qulayliklari mavjud bo'lgan (hojatxona, dush, ham m om , issiq suv) nomerlarga joylashtirish ko‘zda tutilgan. Bu holat 0 ‘zbekistonning chekka hududlarida turizmni rivojlantirishga to ‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |