Mavzu: : O’zbek bastakorlari – Ikrom Akbarov , Sayfi Jalil , Mustafo Bafoyev, Farhod Alimov va boshqalar ijodida musiqali drama va komediyalarning o’rni.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga o’zbek bastakorlari – Ikrom Akbarov , Sayfi Jalil , Mustafo Bafoyev, Farhod Alimov va boshqalar ijodida musiqali drama va komediyalarning o’rni haqida tushunchalar berish, hayotiy misollar orqali o’rgatish;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni tartibli, intizomli, oldiga qo`yilgan maqsadiga erishishga yo’naltirish, musiqa faniga qiziqish uyg’otish;
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda bastakorlar ijodi haqida tushuncha berish , ko`nikmalarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish
. Asosiy shakli va turi
Uslub: ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi.
Shakl: FSMU texnologiyasi
Vositalar: vedioproektor, kartochkalar.
Usullar: slayd.
. O`quv manbalari
Darsliklar: 5-sinf “Musiqa” darsligi, 5-7 uslubiy qo`llanma, mavzu yuzasidan qo’shimcha adabiyotlar.
Internet resurslar: www.uzedu.uz, www.ziyonet.uz.
. Asosiy tushunchalar: Bastakorlar I.Akbarov , S. Jalil , M.Bafayev , F.Alimov ijodida musiqali drama va komediyaning tutgan o’rni haqida mustaqil fikrlay olish
T/r
|
Rejadagi bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
4 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
9 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuning bayoni
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5
|
Darsni xulosalash va o’quvchilarni baholash
|
8 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifani e’lon qilish va darsni yakunlash
|
2 daqiqa
|
. Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
O’quvchi: Hamma so’zlar ichida,
Salоm sevgan so’zimiz.
Ta`zim bilan aytamiz.
Assalоmu alaykum!
O’qituvchi: Va alaykum assalоm!
Quvnоq- zukkо o’quvchim,
Siz baxtimsiz, quvоnchim.
Shaymisiz sabоg’imga,
Kelajagim- ishоnchim.
O’quvchilar: Bizlar quvnоq-zukkоmiz,
Yayrab bilim оlamiz.
Sabоg’ingizga shaymiz,
Ishоnchingiz-oqlaymiz O’qituvchi:
Juda ham yaxshi, unday bo’lsa, navbatchi bugungi hisоbоtni tоpshirsinchi.
Navbatchi: Ustоz, bugun ____ оyning ____ kuni. Sinfimizda nafar o’quvchi bo’lib, bugungi musiqa darsiga _____ nafar o’quvchi darsga tayyor.
Bizning shiоr: Musiqa bu cheksiz ummon
O’qituvchi: Rahmat, aziz o’quvchilarim! Sizlarning bergan hisоbоtingizdan ko’rinib turibdiki, hamma darsga tayyor, O’quvchilar, biz bugungi darsimizni «Musоbaqa» usulida o’tkazamiz
Darsda o’quvchilar uch guruhga bo’linib rag’bat kartochkalari bilan baholanib boriladi, U quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
II. O’tilgan mavzular bo’yicha savol va topshiriqlar.
A) O’quvchilarga kartochkalar asosida savollar beriladi va javob olinadi.
1.Sahnaviy musiqiy asarlariga qanday musiqa turiga kiradi?
2. Musiqali komediya qanday janr?
3. Uzeir Hojibekov nechanchi yillarda yashab ijod qilgan?
4.Uning eng mashxur musiqali asari ?
5.Uzeir Hojibekovning asosiy yutug’I nimada?
6.3/4 O’lchovning harakatlarini ko’rsatib bering? B)O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan “Krassvord”
o’quvchilar javob yozadilar
III.Yangi mavzu bayoni : O’zbek bastakorlari-– Ikrom Akbarov , Sayfi Jalil Mustafo Bafoyev, Farhod Alimov va boshqalar ijodida musiqali drama va komediyalarning o’rni
Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu bayoni “KLASTER” usulida bayon etiladi.
a) o’qituvchining qisqa ma’ruzasini tinglash.
Musiqali drama va komediya janri O’zbekistonda shakllanib ,birinchi namunalari yaratib bo’lingandan so’ng,keyingi avlod vakillari tomonidan ko’plab asarlar dunyoga keldi.Bunga misol qilib Ikrom Akbarovning “O’jarlar”,”Qonli to’y”,”Momo yer”,Sayfi Jalilning “Navoiy Astrabodda”,”Shayton va muridlar”,”Laqma”,”Kampir ketarmish”, Mustafo Bafoyevning “Uzilgan torlar”,”Prometey”,”Zo’ldir”, Farhod Alimov “Yusuf va Zulayho”,”Nodirabegim”, ”Fotima va Zuhra ”va “Devona” kabi asarlarini sanab o’tish mumkin. Shuningdek, bu janrlarda M. Mahmudov, T.Qurbonov, H.Rahimov ,A.Mansurov , A.Ergashov kabi bastakorlar ham elga manzur bo’lgan asarlar yaratishgan.
Sinf videotekasidan F.Alimovning “Fotima va Zuhra” musiqali dramasidan lavha tomosha qilish.
Musiqa savodi: “ To’rt chorak ” (4/4) o’lchovida dirijorlik
“ To’rt chorak ” (4/4) o’lchovida qo’l 4 yo’nalishda harakatlanadi . “Bir ” deganda qo’llar pastga tushiriladi;
“ Ikki ” deganda ular bir-biri tomon yo’naltiriladi
“Uch ” deganda o’ng qo’l o’nga chap qo’l chapga yo’naltiriladi
“To’rt” deganda esa qo’llar yuqoriga ko’tariladi
Dirijorlik harakatlari bir maromda musiqa tugaguncha davom ettiriladi.
Qaysi o’lchovda dirijorlik qilinishidan qat’I nazar kuy tugaganda xuddi osilib turgan ipni uzgandek birpas qotib turiladi.
b).Darsni mustahkamlash: Bahor gullaridan tayyorlangan “Moychechak” savollar o’yinidan foydalanildi
Ikrom Akbarovning yaratgan musiqali dramalaridan biri ?
Sayfi Jalilning yaratgan musiqali komediyalaridan biri ?
Mustafo Bafoyevning yaratgan musiqali dramalaridan biri?
Farhad Alimovning yaratgan musiqali dramalaridan biri?
Qanday o’lchovlar bor?
4/4 o’lchovda dirijorlik qiling
Musiqali drama janri haqida nima bilasiz?
Musiqali komediya janri haqida nima bilasiz
“To’g’risini tanla” o’yni : Bunda o’quvchilar musiqaga oid terminlarni to’g’ri javobini tanlaydi. O’yin kalit so’z bilan tekshiriladi.
1
|
I.Akbarov
|
I
|
“Devona”
|
2
|
S.Jalil
|
Q
|
Jiddiy
|
3
|
M.Bafoyev
|
U
|
“Laqma”
|
4
|
F.Alimov
|
A
|
hajviy
|
5
|
Musiqalidrama
|
S
|
“Prometey”
|
6
|
Musiqali komediya
|
M
|
“Momo yer”
|
Musiqa kuylash: O’quvchilarni ovozlarini sozlab olish va ovozni qizdirish uchun do major gammasini o’quvchilar bilan birgalikda kuylash.
DO, Re, Mi, Fa, Sol, Lya, Si .
Ilngliz va O’zbek tilida “Hov abaut you” va “Sumalak” qo’shiqlarini xor jamoasi ijrosida kuylash
How about you,how about you
How about you,what can you do.
Jump I can jump, I can jump.
I can swim swim I can swim
.
Ride a bike I can ride a bike
How are you.How are you How are you
Read I can read read I can read
Hay guitar I can play guitar pley guitar
Sing a song I can sing a song sing a song
“Sumalak”
Anvar Obidjon she’ri Xurshida Hasanova musiqasi
Chiroy berdi ko’klamga navro’z
Gullar sochdi olamga navro’z
Dildan toshib shodon ohanglar
Aylandi zo’r bayramga navro’z
Quyoshli kun oydin kechalar
Gulshohida bulbul kuy chalar
O’zbekona bunday bayramni
Orzu qilg necha -nechalar
Minglab minglab o’g’il qiz
Bo’lsin bo’lsin bizga jo’r
Navro’z bayramida hammamiz
Sumalak- sumalak sumalak ho’r
VI.Darsni yakunlash va xulosalash: O’zbekistonda I.Akbarov, S. Jalil , M.Bofoyev , F. Alimov kabi bastakorlarimiz juda ko’p va ular o’zbek musiqasini jahonga tanitishda o’z hissalarini qushib kelmoqda . Biz darsimizning boshlanishida darsimizni “Musiqa bu cheksiz ummon ” shiori bilan boshlagan edik ,chindan ham musiqa bu cheksiz ummondir uning tub-tubiga qancha shung’isangiz musiqa gavharlaridan shuncha bahraman bo’laverasiz.
Guruhlarni to’plagan ballariga qarab g’olib guruhni aniqlaymiz. G’olib guruh rag’batlantiriladi va darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
V. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib she’rni yod olish.
Foydalangan adabiyotlar.
Musiqa 5-sinf uchun qayta ishlangan darslik. Avaz Mansurov, Dildora Karimova .Toshkent 2015
Musiqa madaniyati o’qituvchilar uchun metodik qullanma .5-7-sinflar.Yuldoshali Botirov.Tafakkur bo’stoni Toshkent 2013
Internet resurslar
www.uzedu.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |