Mavzu : O‘zaro bog‘lanishlarni statistik o‘rganish reja: Hodisa va jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi va ularni statistik o‘rganish metodlari


Bu balanslarni tuzish va statistik tahlili bilan keyingi bo‘limlarda batafsil tanishamiz



Download 93,78 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2022
Hajmi93,78 Kb.
#564529
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zaro bog‘lanishlarni statistik o‘rganish

Bu balanslarni tuzish va statistik tahlili bilan keyingi bo‘limlarda batafsil tanishamiz.
2. Korrelyasion-regression tahlil
O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda eng keng qo‘llaniladigan metodlardan biri korrelyasion-regression tahlildir. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, korrelyasion-regresion tahlilni qo‘llash uchun quyidagi talablarni bajargan ma’qul: o‘rganilayotgan to‘plam iloji boricha katta bo‘lishi; o‘rtalashtirilayotgan belgi miqdori ob’ektiv bo‘lishi; taqsimot qatorlari normal taqsimot qonuniga bo‘ysunishi va iloji boricha unga yaqin bo‘lishi kerak va h.k. YAna shu ham ma’lumki, korrelyasion-regression tahlil asosida quyidagi vazifalar hal qilinadi: omil belgi bilan natijaviy belgi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlash va bog‘liqlik turini belgilash; belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalovchi regressiya tenglamasini aniqlash va uning parametrlarini hisoblash; bog‘lanish zichligi va kuchini o‘lchash.
Korrelyasion tahlil o‘rganilayotgan belgilarni tanlashdan boshlanadi. Bu erda omil belgidan ko‘ra natijaviy belgini tanlash muhimroqdir. CHunki regressiya tenglamasi shaklini tanlash natijaviy belgiga bog‘liq. Natijaviy belgi tanlangandan so‘ng, unga ta’sir qiluvchi omillardan eng muhimlari tanlab olinadi. Regressiya tenglamasiga kiritiladigan omillar o‘zaro chiziqli funksional bog‘lanishda bo‘lmaslagi kerak. Bunday xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun omillarning o‘zaro bog‘lanish kuchi tekshirib ko‘rilishi taklif etiladi. Regressiya tenglamasi tanlangandan keyin unda ishtirok etayotgan omillarning natijaviy belgiga ta’sirining muximligi baholanadi. Agarda model va unga kiritilgan barcha omillar talab etilgan ehtimol bilan mohiyatli bo‘lsa, u adekvat model deyiladi.
Korrelyasion tahlilda bog‘lanish shaklini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Eng puxta, diqqat bilan bajarilgan hisob-kitoblar ham agarda bog‘lanish shakli noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, keraksiz bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham bu ishni bajarishda o‘rganilayotgan hodisaning mazmunini sifat jihatidan juda puxta tahlil qilish zarur.
U belgining X ga bog‘liqligi, biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, to‘g‘ri va teskari bo‘lishi mumkin. Agarda X belgining ortib borishi bilan U ortsa yoki X ning ko‘payishi bilan U ko‘paysa, ular o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish, korrelyasiya esa ijobiy deyishadi. Agarda X ning ortishi bilan U kamaysa yoki X kamayganda U ortsa, ular o‘rtasida teskari bog‘lanish, korrelyasiya esa salbiy deyishadi. Bundan tashqari, X ning o‘zgarishi bilan U ning o‘zgarishi xarakteriga qarab to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli bog‘lanish bo‘lishi mumkin.

Download 93,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish