Mavzu : O'rta asrlarda g'arbiy yevropa sanati
Reja:
Kirish
Yevropada o`rta asrlar san`ati gotika, roman va romandan oldingi varvarlar san`ati.
Yevropada o`rta asrlar san`ati gotika Roman va romandan oldingi varvarlar san`ati
XVII - XVIII asrlarda fransiya san’ati.
G`arbda o`rta asrlar tarixining davriy chegarasi, rivojlanishidagi asosiy bosqichlar.
Vizantiya, Sharqiy Yevropa va Kavkaz orti san`ati.
Italiyada barokko , Gollandiya, Flamand san'ati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi san’at va madaniyatning ijtimoiy hayotda mavqeini oshirdi. Dvoryanlar va cherkov san’at va madaniyatni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirishga harakat qildilar. Lekin jamiyat taraqqiyotini orqaga burish mumkin emas edi. Ziddiyat yanada keskinlashb bordi. shular zamirida san’atning mafkuraviy kurashdagi roli ortib, uning uslubiy rang-barangligi kengayib bordi.
Bu davrda Yevropa san’ati avvalgi an’analar, eng avvalo, Uyg‘onish davri an’analari zaminida kamol topdi. Unda ham inson, uning jismi, xis-tuyg‘u, hayol-o‘ylari, orzu-istaklari ifodasi asosiy mavzu bo‘ldi. San’atkorlar bu davrda inson qiyofasini yanada haqqoniy ko‘rsatishga, uning ruhiy xolatidagi murakkabliklarni va uning yangi qirralarini yoritishga intildilar. Inson hayoti, uning turmush tarzini to‘laqonli talqin etish shu davr asarlari uchun muhim yo‘nalish bo‘lib qoldi. Hayot murakkabligi, uning ichki ziddiyat va kurashlari rassom va haykaltaroshlar nazaridan chetda qolmadi. Ozodlik, tenglik g‘oyalari kuylandi, shakllanib kelayotgan burjuaziyaning kirdikorlari tanqid ostita olindi. San’at sintezi masalasi bu davrga kelib yangicha talqin etila boshlandi.
Tabiat relefi shu davrda yaratilgan me’morlik majmualarida hisobga olindi. Me’morlik binolari ko‘cha, maydon va tabiat bilan yanada uyg‘unlashdi. Suv kaskadlari va favvoralarga qiziqish ortdi. Endilikda san’at turi va janrlari orasidagi nisbatlar ham o‘zgardi. Uning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Mavjud an’anaviy syujetlar bilan birga, hayotiy voqealarga bag‘ishlangan asarlar ham keng miqyosda badiiy hayotga kira boshladi. Maishiy, manzara va natyurmort janrlari mustaqil san’at turlariga aylandi. Insonning ichki dunyosiga qiziqishning ortishi portret san’atini yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga olib keldi.
Grafika rivojlandi. Haykaltaroshlik imkoniyatlari yanada ortib u me’morlik ansambllariga keng ko‘lamda kirib keldi, park-bog‘ san’atida keng qo‘llanildi. Dekorativ rangtasvir intererlarning komponenti sifatida davr ruhini aks ettiruvchi muhim vositaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |