Mavzu : Oddiy to`siqlardan va tirqish orqali Frenel difraksiyasi



Download 21,1 Kb.
bet1/2
Sana20.02.2021
Hajmi21,1 Kb.
#59479
  1   2
Bog'liq
3-maruzaBaxodirov D



Mavzu : Oddiy to`siqlardan va tirqish
orqali Frenel difraksiyasi

Bajardi : Baxodirov Doston
O’qituvchi : G’aniyev Abror


REJA :
1 . Yorug`lik difraksiyasi , Gyuygens prinsipi , Frenel zonalari usuli
2 . Doiraviy teshikdan hosil bo`ladigan Frenel difraksiyasi.
3 . Тirqishdan hosil bo`ladigan Fraungofer difraksiyasi.
4 . Yorug`likni qaytishda va sinishda qutblanishi.Bryuster qonuni.
5 . Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish.
6 . Xulosa
7 . Foydalanilan adabiyotlar .


1.Yorug`lik to`lqinlarining to`siqlarni aylanib o`tib geometrik soya sohasiga
burilish hodisasi yorug`lik difraksiyasi deyiladi. Тo`lqin uzunligi to`siq o`lchami
bilan o`lchovdosh kattaliklar bo`lganda, ya’ni da kuchli difraksiya kuzatiladi.
Тo`lqinlar difraksiyasi hodisasi Gyuygens prinsip yordamida tushuntirilishi mumkin.
Gyuygens prinsipiga binoan to`lqin harakat yetib borgan har bir nuqta
ikkilamchi to`lqinlar uchun markaz bo`lib xizmat qiladi, bu to`lqinlarning o`rab
olgan egri chiziq keyingi momentdagi to`lqin frontining vaziyatini beradi. Frenel
Gyuygens prinsipini ikkilamchi to`lqinlar interferensiyasi haqidagi tushuncha
bilan to`ldirdi. Biror S manbadan tarqalayotgan yorug`likning to`lqin sirtining har
bir elementi ikkilamchi sferik to`lqinning manbai bo`lib u to`lqinning amplitudasi
r masofa ortgan sari 1/ r qonun bo`yicha kamayib boradi. Demak to`lqin
sirtining har bir ds elementidan R nuqtaga quyidagi to`lqin keladi:
Difraksiya hodisasi ikki xil bo`ladi. Agar yorug`lik manbai va kuzatish nuqtasi R
nuqtaga boruvchi nurlar deyarli parallel dastani hosil qilsa, Fraungofer
difraksiyasi yoki parallel nurlardagi difraksiya kuzatiladi. Aks holda Frenel
difraksiyasi kuzatiladi.
Bir jinsli muxitda nuqtaviy S manbadan tarqaluvchi sferik to`lqin R nuqtada
uyg`otadigan yorug`lik tebranishining amplitudasini topish uchun GyuygensFrenel prinsipini tatbiq qilamiz. Bunday sferik to`lqinning to`lqin sirti SR to`g`ri
chiziqqa nisbatan simmetrik bo`ladi. Frenel to`lqin sirtni shunday xalqasimon
zonalarga ajratganki, har bir zonaning chetidan P nuqtagacha bo`lgan
masofalar bir-biridan 2 ga farq qiladi. m-nchi zonaning tashi chetidan P
nutagacha bo`lgan dm masofa quyidagicha ifodalanadi
Ikki o`shni zonaning bir xil nuqtalaridan P nuqtaga keluvchi tebranishlar qaramaqarshi fazali bo`ladi. Shuning uchun P nuqtadagi natijaviy yorug`lik
tebranishining amplitudasi. Frenel zonalari P nuqtada uyg`otadigan
tebranishlarining amplitudalari monoton kamayuvchi ketma-ketlikni hosil qiladi:
Demak butun to`lqin sirtining ta’siri markaziy zona ta’sirining yarmiga teng.
Markaziy zonaning o`lchovlari millimetrning ulushlari tartibida bo`lganligi uchun
yorug`lik S nuqtadan P nuqtaga go`yo juda ingichka to`g`ri chiziqli kanal
chegrarasida tarqaladi.Agar yorug`lik to`lqinining yo`liga hamma juft nomerli
yoki to nomerli zonalarni to`suvchi plastinka qo`yilsa, P nuqtada tebranish
amplitudasi keskin ko`payib ketadi. Bunday plastinka zona plastinkasi deb
ataladi.
2 . Sferik yorug`lik to`lqinining yo`liga r0 radiusli doiraviy teshigi bo`lgan
shaffofmas to`siq qo`yamiz.
Ekranni shunday joylashtiramizki, S yorug`lik manbaidan tushirilgan
perpendikulyar teshikning markaziga to`g`ri kelsin.
Тeshikning r0 radiusi d va do uzunliklardan juda kichik bo`lganda, d ni S
manbadan to`siqqacha bo`lgan masofaga teng deb, d ni esa to`siqdan P
nuqtagacha bo`lgan masofaga teng deb hisoblash mumkin. Agar d va do
masofalar shartni qanoatlantirsa, teshik P nuqta uchun aniqlangan Frenel
zonalaridan to`ppa-to`g`ri birinchi m tasini ochiq qoldiradi. Ochiq Frenel
zonalarining soniFrenel zonalarining soni - juft yoki toq son ochiq bo`lishiga
qarab, P nuqtaning o`zida intevsivlik maksimumga yoki minimumga
erishadi. Misol uchun bu son 3 ga teng bo`lsin. U holda difraksion
manzaraning markazida intensivlikning maksimumi hosil bo`ladi .
Demak doiraviy teshikdan hosil bo`ladigan difraksion manzara navbatmanabat joylashgan yorug` va qoramtir konsentrik xalalardan iborat bo`ladi.
Manzaraning markazida yo yorug` (m-toq son), yo qora (m-juft) dog`
bo`ladi.

Download 21,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish