Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi



Download 129,03 Kb.
bet22/56
Sana12.01.2022
Hajmi129,03 Kb.
#353422
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
Ma'ruza matn(1) (2)

21 – mavzu: Talaffuz va imlo

Reja:

1. O’zlashma so’zlar talaffuzi va imlosi.

2.Qo’shimcha olgan so’zlar talaffuzi va imlosi.

3. Talaffuzdagi tovush o’zgarishi imloda inobatga olinmaydigan so’zlar

Tayanch so’z va iboralar: talaffuz, imlo, o’zlashma so’zlar, imlo qoidalari, tovush o’zgarishlari.

Og’zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy til me’yorlariga muvofiq aytilishi talaffuz me’yorlariga asoslanadi.

Talaffuzda tovushlarning to’g’ri aytilishi muhim bo’lib, o’ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi.

Nutq tovushlarining o’z tarkibida alifboda belgilanganidek talaffuz qilinishi me’yoriy sanalishi bilan quyidagi holatlar ham talaffuz me’yoriga muvofiqdir:



  1. So’z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzida aytilishi: hisob>hisop, kelib>kelip.

  2. So’z oxirida d tovushining t tarzida talaffuz qilinishi , d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard>dart, band>bant, go’sht>go’sh, past>pas kabi.

  3. Ayrim so’zlarda i tovushining tushib qolishi: bo’lgan >bo’gan, kelsa>kesa kabi.

  4. Bank, tank, disk kabi o’zlashma so’zlarga a tovushi qo’shib aytilishi, ba’zi o’zlashmalar talaffuzida v tovushining f tarzida o’zgartirilishi me’yordan chekinish hisoblanmaydi.

Imlo me’yorlari, ya’ni to’g’ri yozish me’yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi. Imlo me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishi maxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi.

Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi asosidagi yozuv me’yorlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlangan “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari ”ga tayanadi. Unga harflar imlosi, o’zak va qo’shimchalr imlosi, bo’g’in ko’chirish, so’zlarni qo’shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir.

Nutqda ikki xil so’z tovush o’zgarishiga uchrashi mumkin:


  • O’zlashma so’zlar;

  • O’z tilimizdagi qo’shimcha qo’shilgan so’zlar.

Ko’pgina o’zlashma so’zlar asos holatida talaffuzi va imlosi jihatidan farqlanadi: kitob-kitop, vaqt-vaxt, futbol-fudbol, iqtisod-ixtisod, baland-balant. Bu tovush o’zgarishi o’zbek tili imlo qoidalariga ko’ra yozuvda aks ettirilmaydi.

O’z tilimizdagi ayrim so’zlarda esa qo’shimcha qo’shilishi bilan tovush o’zgarishi sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlarning ayrimlari yozuvda aks etadi (yosh-yasha, ong-angla), ba’zilari esa talaffuz qilinganiday yozilmaydi (bog’-boqqa-bog’ga, bor-boripti-boribdi).

Demak, o’zlashma so’zlardagi tovush o’zgarishlarida ham , o’z qatlam so’zlaridagi qo’shimcha qo’shilganda yuz beradigan tovush o’zgarishlarida ham imloda yozuvda aks etadigan va yozuvda aks etmaydigan holatlar mavjud.

O’z qatlam so’zlarining asos holatida tovush o’zgarishi yuz bermaydi.

Mustahkamlash uchun savollar:


  1. O’zlashma so’zlar talaffuzi qanday xususiyatlarga ega?

  2. O’zlashma so’zlar talaffuzining imlosidan farqlanishi qanday tarixiy asoslarga ega?

  3. Talaffuz va imlo munosabati turli nutq uslubarida qanday aks etadi?


Download 129,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish