Kun tartibi:
3-masala. Dadaboyeva Shohistaga umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi shahodotnomaning dublikatini berish to’g’risida
Eshitildi:
№ 0045583 raqamli shahodatnoma Usmonqulova Laylo – maktab direktori, majlis raisi:
Dadaboyeva Shohista Anvarjon qizi bizning ta’lim muassasamizni 2016-2017-o’quv yilida bitirgan hamda unga U № 0045583 raqamli shahodatnoma berilgan. Sobiq o’quvchimiz shahodatnomani yo’qotib qo’ygani sababli mazkur hujjatning dublikatini tayyorlab berishda amaliy yordam ko’rsatishimizni so’rab murojaat qildi.
Qaror qilindi:
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi tomonidan Dadaboyeva Shohista Anvarjon qiziga 14.06.2017-yilda berilgan № 0045583 raqamli shahodatnoma yo’qolganligi sababli dublikatini tayyorlab berish tuman Xalq ta’limi bo’limidan so’ralsin.
Shahodatnoma dublikatini qabul qilib olish, uni aslidek to’ldirish va egasiga topshirish o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Yunusova Surayyo zimmasiga yuklatilsin.
Majlis raisi: (imzo) Usmonqulova Laylo
Kotiba: (imzo) Samadova Saida
Asliga to’g’ri (muhr)
Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e’ibor berish lozim:
Xat qisqa bo’lishi, qoidaga ko’ra bir betdan oshmasligi kerak.
Fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart.
Matnda ko’chma ma’noli so’z va iboralar ishlatilmasligi zarur.
Gaplarning kesimi hujjat turi va mazmuniga muvofiq uchinchi shaxs birlik yoki ko’plik sonda shakllantirilishi lozim.
Matn sarlavhasi bir jumla shaklida ikki qatordan oshmasligi , “to’g’risida” yoki “haqida” ko’makchilari orqali tugatilishi kerak.
Matnda xizmat xatining turi , nomi yozilmaydi, xatning qandayligi matn mazmunida aks etishi zarur.
Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi , yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi zarur.
Zarur hollarda o’rinli taklif yoki e’tiroz bildirilishi mumkin.Amo mutasaddi rahbarga nisbatan hurmat saqlanishi , murojaat odobiga amal qilinishi zarur.
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko’ra ikki turli bo’ladi. Kundalik turmushda , asosan, oilaviy yoki do’stona munosabatlarni ifodalovchi xat , maktub keng qo’llanadi. Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining cheklanmaganligi, shakliy mustaqilligi , matn mazmunining ichki kechinmalarga , hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz, minnatdorchilik kabilarning oddiy so’zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari , do’stlik va hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi.
Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bo’lib , ularda davlat boshliqlari , diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi yangiliklar, sovg’a taqdim etish, minnatdorchilik bildirish , rasmiy uchrashuvlarda ko’satilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til me’yoriga to’la amal qilinadi.
Mustahkamlash uchun savollar:
Shaxs hayotida xatlarning o’rni haqida gapiring.
Xatlarning turini sanang.
Rasmiy xat xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Rasmiy xat turlarini ayting.
Shaxsiy xat turlarini bilasizmi?
Yaqin kishingizga ijtimoiy mazmunga ega bo’lgan xat yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |