2.1 Moliya bozorining mohiyati va uning iqtisodiyotdagi roli Moliya bozori — oldisotdi obʼyekti pul (pulga tenglashtirilgan qogʻozlar) boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlar; pul mablagʻlarining uni jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishini taʼminlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subʼyektlari oʻz moliyaviy resurslari ni mablagʻlarga muhtoj subʼyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.
Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili boʻyicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni kondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon Moliya bozori paydo boʻldi.[ MOLIYA BOZORI MODELLARI VA ULAR QOʻLLANISH XUSUSIYATLARI Moliya bozori modeli – iqtisodiyotni moliyalashtirishning turli usullari va turli moliyaviy vositachilar rolining ahamiyatiga bogʻliq holda bozorni tashkil etish tipidir. Iqtisodiyotni moliyalashtirishning ikkita asosiy usuli mavjud boʻlib, ular bank kreditlari yordamida moliyalashtirish hamda qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirishdir. Bank kreditlari yordamida moliyalashtirish kontinental Yevropada moliyalashtirishning asosiy usuli hisoblanadi. Bunda moliyaviy resurs jalb qilish maqsadida bankka murojaat qiladi. Bank kompaniya moliyaviy holatini tekshiradi, taqdim etgan loyihasi va uning samaradorligini ijobiy baholaganda boshqa shartlarning ham bajarilishini inobatga olgan holda kredit ajratadi. Tegishli talablar bajarilmagan yoki taqdim etilgan loyihalar ijobiy baholanmagan holatlarda, shuningdek loyihalar yuqori riskli deb topilganda banklar moliyalashtirish boʻyicha arizaga rad javobini berishi mumkin. Bundan tashqari faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha bir necha kreditlarni moliyalashtirish murakkab jarayon ekanligini ham shu oʻrinda qayd etib oʻtish lozim. Bank stavkalari yuqoriligi, alohida bank tomonidan mustaqil ravishda yirik summada kredit berish imkoniyati pastligi bunday amaliyotning kamchiliklari hisoblanadi. Banklar tomonidan kreditlashning kamchiliklari oʻz navbatida kompaniyalar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori orqali mablagʻlar jalb qilishni rivojlantirishga zaruratni yuzaga keltiradi.
Qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirish Amerika qoʻshma shtatlarida va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda iqtisodiyotni moliyalashtirishning asosiy usuli hisoblanadi. Bunda kompaniyalar qimmatli qogʻozlar muomalaga chiqaradi va kapital jalb qilish uchun ularni bozorda sotadi. Qimmatli qogʻozlar bozoridan mablagʻlar jalb qilish kapital jalb qiluvchi uchun quylay boʻlsada, loyihalarni moliyalashtirish uchun qimmatli qogʻozlardan
foydalanish har doim ham qulay hisoblanmaydi. Chunki bank kreditini jalb qilish uchun faqatgina bank ishonchini qozonish yetarli boʻlsa, qimmatli qogʻozlar orqali kapital jalb qilish koʻplab investorlar ishonchini qozonishni talab qiladi. Bunda investorlarni loyihaning samaradorligi va eng asosiysi emitentning investorni muntazam ravishda daromad bilan taʼminlashiga ishontira olishi lozim boʻladi. Qimmatli qogʻozlar bozoridan mablagʻlar jalb qilish quyidagilar bilan bevosita bogʻliq:
emitent investorlar uchun ochiq va nufuzli boʻlishi lozim, uning loyihalari, moliyaviy hisobotlari va koʻrsatkichlari tanishish uchun qulay boʻlishi lozim;
jalb qilinadigan kapital kreditga nisbatan arzonga tushishi lozim. Buning uchun odatda qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali katta miqdorda kapital jalb qilishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yuqoridagilardan ham koʻrinib turibdiki, turli mamlakatlarda iqtisodiyot va moliya sohasi rivojiga koʻra jahonda moliya bozorining bank va qimmatli qogʻozlar bozoriga asoslangan ikkita asosiy modeli shakllanganligi tilga olinadi. Bu modellar odatda insayderlik va autsayderlik modellari, nemis va ingliz modellari sifatida ham tilga olinadi. Moliyaviy sxemalar va munosabatlardagi yaqqol farqlarning yuzaga kelganligidan kelib chiqqan holda moliya bozorining islom modeli ham keyingi paytlarda alohida qayd etilmoqda.
Bank modeli – bank tomonidan moliyalashtirishga asoslangan tizim boʻlib, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa dunyoning koʻplab mamlakatlarida keng qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda ham moliya bozori banklar tomonidan moliyalashtirishga ustuvor ahamiyat berilgan boʻlsada, maʼlum bir farqli jihatlar mavjudligini qayd etish lozim. Mazkur modelning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
tijorat banklari moliyaviy vositachilar (broker, diler, anderrayter) funksiyalarini bajaradi;
kreditlash mexanizmlari orqali kompaniyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish ustunlik qiladi;
mulkchilikning yuqori ulushi guruhlar qoʻlida jamlanadi. Bunda davlat va yirik korporativ tuzilmalar ulushi yuqori hisoblanadi;
qimmatli qogʻozlarni qoʻshimcha joylashtirish yopiq xarakterga ega;
aksiyadorlik kapitali tarkibi nazorat paketi va vertikal ishtirok etishga asoslanadi;
bir foizgacha kapitalga egalik qiluvchi mayda aksiyadorlar kamchilikni tashkil qiladi, shuningdek kollektiv investitsiyalash institutlari faoliyati mayda investorlar faoliyatida ahamiyat kasb etadi.
Autsayderlik, anglo-amerika modeli kabi nomlar bilan ham ataluvchi nobank modeli – qimmatli qogʻozlar bozoriga yoʻnaltirilgan va institutsional investorlar (sugʻurta kompaniyalari, investitsiya va pay fondlari) tizimidir. Mazkur modelning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
qimmatli qogʻozlar bozorida moliyaviy vositachilar funksiyalarini nobank moliyaviy institutlar, qimmatli qogʻozlar boʻyicha tashkilotlar (birjalar, vositachilik tashkilotlari va hokozolar) bajaradi;
banklar va ularning filiallari yoki vakolatxonalariga qimmatli qogʻozlar bozorida mijozlar uchun operatsiyalarni amalga oshirishlari taʼqiqlangan;
qimmatli qogʻozlar asosan koʻplab mayda mulkdorlar oʻrtasida birja mexanizmlari orqali joylashtiriladi;
aksiyadorlik kapitali tarqoq boʻlib, mayda xususiy investorlar ulushi aksiyadorlik kapitalining 50 foizidan yuqorini tashkil etadi;
xususiy investorlar oʻrtasida moliyaviy aktivlar savdosi uchun bozor sifatida fond birjalarning rivojlanganligi;
kompaniyalarni moliyalashtirishda qarz majburiyatlariga nisbatan aksiyalar bozorining ustunlikka egaligi.
XX asr oxiri – XXI asr boshiga kelib koʻplab Yevropa mamlakatlari moliya bozorlari anglo-amerika modeli xususiyatlarini oʻzlashtira boshladilar. Natijada moliya bozorining anglo-amerika va kontinental modellari oʻzaro yaqinlashuvi yuz berdi.Moliya bozorining islom modeli asosan moddiy manfaat, iqtisodiy foydadan oldin axloq qadriyatlari ustunligiga asoslanadi. Bu tizim XX asr oxirlarida arab davlatlarida neft eksportidan yuqori daromadga bogʻliq holda shakllangan. Aynan
neft eksporti boʻyicha yuqori daromad tufayli kelib tushgan pul mablagʻlarini qanday saqlash masalasi yuzaga kelgan. Bungacha tushumlar miqdori past boʻlganligi sababli, mablagʻlar anʼanaviy banklarda saqlanar edi. Islom modelining asosiy xususiyatlari quyidagilar:
foiz undirishga taʼqiq mavjudligi. Lekin bunday taʼqiq faqat banklar uchun daromadlar kafolatgan holda amal qiladi;
ulush asosida ishtirok etishdan yoki ijaradan daromad olish imkoniyatlari;
obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi. Lekin obligatsiyaning maxsus turi loyihani moliyalashtirishdagi ulushi asosida daromad olish imkonini berish orqali amal qiladi.
azart oʻyinlari, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bogʻliq biznesga investitsiyalar kiritishga taʼqiq qoʻyilganligi;
hosilaviy moliyaviy instrumentlarning mavjud emasligi. Masalan, pishib yetilmagan bugʻdoy uchun ham hosilaviy instrumentlar qoʻllanilishi mumkin emas;
nochorlarga yordam prinsiplari amal qilishi. Bunda har bir islom banki va uning mijozlari zaxira kapitali va foydasi hisobidan kambagʻal musulmonlar foydasiga islom soligʻi ajratish asosida maxsus fond tashkil etadi
Ushbu raqamlar bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda «Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyotida kapital bozorining oʻrni» mavzusida oʻtkazilgan seminarda maʼlum qilindi.
Seminarni ochib bergan Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi Sharofiddin Nazarov oʻz nutqida mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining yangi bosqichida iqtisodiyot tarmoqlarida tub islohotlar oʻtkazish, raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonini jadallashtirish, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Xususan, Prezidentimizning 2019-yil 8-yanvardagi “Iqtisodiyotni yana-da rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon bilan 2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida struktur islohotlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Unda davlatning iqtisodiyotdagi rolini qisqartirish hamda davlat iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish maqsadida yuridik shaxslar professional birlashmalari (“oʻzini oʻzi nazorat qiluvchi”)ni shakllantirish hisobiga davlat nazoratini qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan. Shu munosabat bilan, oʻzini oʻzi boshqaradigan tashkilotlarni tashkil etish hamda rivojlantirish masalalari yana-da dolzarblik kasb etmoqda. Oʻzini oʻzi nazorat qiluvchi tashkilotlarni tuzish hamda davlat va biznes ijtimoiy sherikchiligi rolini oshirish iqtisodiyot sohasidagi davlat boshqaruvining oʻziga xos jihati hisoblanadi.
Seminarda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov asosiy maʼruza va prezentatsiya bilan ishtirok etib, kapital bozorining mohiyati va uning mamlakat rivojidagi ahamiyati, istiqboldagi vazifalar va rejalashtirilayotgan islohotlar haqida gapirib berdi.
– Kapital bozori mamlakatimiz iqtisodiyotini moliyalashtirish hamda aholi farovonligini oshirishning asosiy manbalaridan biriga aylanish kerak, – deydi O. Nazirov. – Agarda raqamlarni qiyoslaydigan boʻlsak, bizning kapital bozorimiz xorijiy kapital bozorlar hajmiga qaraganda bir necha baravar kam. Kapital bozori kapitallashuvi mamlakat YAIMga nisbatan 1 foizni tashkil etadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa bu koʻrsatkich 30-60 foiz atrofida boʻlib, rivojlangan davlatlarda 100 foiz va undan ham ortiqni tashkil etadi. Bularning bari bu sohada izchil islohotlar oʻtkazilishini taqozo etadi.
Tadbirda qimmatli qogʻoz turlari, emitentlar, qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning roli, fond birjasi mohiyati, kapital bozori tartibga soluvchisining investorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Deputatlar kapital bozori rivojidagi muammolarga eʼtibor qaratdilar. Xususan, qudratli moliyaviy tizimni shakllantirish zarurati haqida gapirib, bunday tizim iqtisodiyotga mablagʻ jalb qilishning asosiy manbai sifatida davlatga boʻlgan bosimni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiyotning va birinchi navbatda xususiy sektorning barqaror taraqqiyotini taʼminlash uchun mahalliy moliya bozorining yaxlit tizimini shakllantirish lozimligi taʼkidlandi. Iqtisodiy oʻsishni moliyalashtirish uchun kapitalni safarbar qilish va uni samarali taqsimlashga butun moliyaviy bozorni kompleks isloh qilish va oʻzaro muvofiq tarzda rivojlantirish orqaligina erishish mumkinligi koʻrsatildi.
Seminarda 2025-yilga qadar erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlar hajmini mamlakat YAIMga nisbatan 10 foizga yetkazish koʻzda tutilgan kapital bozorini rivojlantirish strategiyasi, shuningdek, islom moliyalashtirish tamoyillari asosida sukuk qimmatli qogʻozlarini chiqarish boʻyicha rejalashtirilayotgan pilot loyiha ham qizgʻin muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida deputatlar kapital bozorini rivojlantirishning qonunchilik bazasini yana-da takomillashtirish, qimmatli qogʻozlar bozori bilan aloqadorlikda moliya bozorini rivojlantirish mexanizmlarini joriy etish, ushbu tizim uchun kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb etish lozimligiga eʼtibor qaratdilar.
Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorida investorlar sonini ko’paytirishning asosiy omillari quyidagi masalalami yechish bilan bog’liqdir:
Mamlakatimiz fond bozorining kapitallashuv darajasini yanada oshirish;
Uyushgan moliya bozorining rivojlanishini jadallashtirish va birja infratuzilmasini optimallashtirish. Bu moliya bozorini nazorat qilish va tartibga solish, pirovardida barqarorligining oshishiga olib keladi;
Moliya bozorida hisob-kitob, kliring tizimi barqarorligini oshirish va unga zamonaviy xalqaro tajribalami joriy etish, moliya bozoridagi operatsiyalarni jadallashishiga, mablag’larni samarali foydalanishga va ushbu bozoming rivojlanishiga olib keladi;
Mamlakatni xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyasini ta’minlovchi vositalami rivojlantirish moliya bozoriga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etadi, milliy iqtisodiyotga xorijiy valuta tushumlarini ko’paytiradi, emitentning ishlab chiqarishini miqdor va sifat jihatdan oshishiga olib keladi;
Mamlakatimiz moliya bozorida hosilaviy qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni rivojlantirish (individual investorlar moliyaviy aktivlarini beqaror bozor sharoitidagi turli salbiy o’zgarishlardan himoyalaydi);
Moliyaviy aktivlar sekyuritizatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlami yaratish (moliyaviy aktivlar likvidliligini oshiradi, moliya bozorida innovatsiyalami yaratishga zamin yaratadi);
Respublikamizda valuta bozorini erkinlashtirish, Markaziy bankning pul- kredit siyosati dastaklari, likvidlilikni tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish (iqtisodiyotni pul bilan ta’minotini oshiradi, xorijiy investitsiyalarni va ishlab chiqarishni ko’paytiradi, pul bozori bilan bir qatorda moliya bozorini ham rivojlantiradi);
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi doirasida aksiyadorlik jamiyatlarining, xususan iqtisodiyotning real sektori korxonalari (neft va gaz tarmog’i, energetika, qayta ishlab chiqarish sanoati va boshqalar)ning davlatga tegishli bo’lgan aksiya paketlarini birja savdolariga chiqarish;
Kelajakda fond bozorining rivojlanishiga asos bo’la oladigan va barcha toifadagi investorlami jalb qila oladigan salohiyatli kompaniyalami birjaning rasmiy byulleteniga kiritish orqali listing kompaniyalari son ini ko’paytirish;
Moliyaviy xizmat ko’rsatish sohasida sug’urta kompaniyalar rolining oshib borayotganligini inobatga olib, ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi sug’urta kompaniyalar sonini ko’paytirish maqsadida zamriy shart-sharoitlar yaratish va shu yo’l orqali mazkur kompaniyalaming qimmatli qog’ozlarini fond birjasi bozoriga jalb qilish;
Xususiy investorlar (aholi)ning qimmatli qog’ozlar bozorida erkin faoliyat ko’rsatishlari uchun qo’shimcha sharoitlar yaratish maqsadida birjada jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mayda paket aksiyalarini sotuvga qo’yish uchun mo’ljallangan maxsus savdo maydonini yaratish;
Investorlarning o’z sarmoyalarini qimmatli qog’ozlarga erkin yo’naltira olishini soddalashtirish va ishonchini oshirishga qaratilgan birja savdosi qoidalarini tartibga solish hamda xisob-kitob va kliring texnologiyalarini takomillashtirish to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlami yanada takomillashtirish;
Birja savdo vositalarini va texnologiyalarini yanada takomillashtirish hamda investorlar orasida repo bitimlarining afzalliklarini keng targ’ib qilish;
Moliya bozorining axborot bazas ini rivojlantirish, xususan :
Fond birja web saytining axborot almashuv darajasini oshirish;
-Moliya bozori to’g’risidagi ma’lumotlarni yoritib boruvchi axborot-
tahliliy kanallami rivojlantirish;
-Emitentlar to’g’risidagi ma’lumotlaming yig’ma-axborot bazasini yaratish.
Aholining fond bozori, qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritishda bozoming tavakkalchilikka asoslanganligi haqidagi bilimini oshirish, xususan, radio va televideniyada maxsus dasturlar jarayonini tashkil qilish, bosma ommaviy axborot vositalarida esa qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi haqida muntazam ravishda turli maqolalar chop etish.
Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorida investorlar sonini ko’paytirishning asosiy omillari quyidagi masalalami yechish bilan bog’liqdir: Mamlakatimiz fond bozorining kapitallashuv darajasini yanada oshirish; Uyushgan moliya bozorining rivojlanishini jadallashtirish va birja infratuzilmasini optimallashtirish. Bu moliya bozorini nazorat qilish va tartibga solish, pirovardida barqarorligining oshishiga olib keladi; Moliya bozorida hisob-kitob, kliring tizimi barqarorligini oshirish va unga zamonaviy xalqaro tajribalami joriy etish, moliya bozoridagi operatsiyalarni jadallashishiga, mablag’larni samarali foydalanishga va ushbu bozoming rivojlanishiga olib keladi; Mamlakatni xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyasini ta’minlovchi vositalami rivojlantirish moliya bozoriga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etadi, milliy iqtisodiyotga xorijiy valuta tushumlarini ko’paytiradi, emitentning ishlab chiqarishini miqdor va sifat jihatdan oshishiga olib keladi; Mamlakatimiz moliya bozorida hosilaviy qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni rivojlantirish (individual investorlar moliyaviy aktivlarini beqaror bozor sharoitidagi turli salbiy o’zgarishlardan himoyalaydi); Moliyaviy aktivlar sekyuritizatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlami yaratish (moliyaviy aktivlar likvidliligini oshiradi, moliya bozorida innovatsiyalami yaratishga zamin yaratadi); Respublikamizda valuta bozorini erkinlashtirish, Markaziy bankning pul- kredit siyosati dastaklari, likvidlilikni tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish (iqtisodiyotni pul bilan ta’minotini oshiradi, xorijiy investitsiyalarni va ishlab chiqarishni ko’paytiradi, pul bozori bilan bir qatorda moliya bozorini ham rivojlantiradi); Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi doirasida aksiyadorlik jamiyatlarining, xususan iqtisodiyotning real sektori korxonalari (neft va gaz tarmog’i, energetika, qayta ishlab chiqarish sanoati va boshqalar)ning davlatga tegishli bo’lgan aksiya paketlarini birja savdolariga chiqarish; Kelajakda fond bozorining rivojlanishiga asos bo’la oladigan va barcha toifadagi investorlami jalb qila oladigan salohiyatli kompaniyalami birjaning rasmiy byulleteniga kiritish orqali listing kompaniyalari son ini ko’paytirish; Moliyaviy xizmat ko’rsatish sohasida sug’urta kompaniyalar rolining oshib borayotganligini inobatga olib, ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi sug’urta kompaniyalar sonini ko’paytirish maqsadida zamriy shart-sharoitlar yaratish va shu yo’l orqali mazkur kompaniyalaming qimmatli qog’ozlarini fond birjasi bozoriga jalb qilish; Xususiy investorlar (aholi)ning qimmatli qog’ozlar bozorida erkin faoliyat ko’rsatishlari uchun qo’shimcha sharoitlar yaratish maqsadida birjada jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mayda paket aksiyalarini sotuvga qo’yish uchun mo’ljallangan maxsus savdo maydonini yaratish; Investorlarning o’z sarmoyalarini qimmatli qog’ozlarga erkin yo’naltira olishini soddalashtirish va ishonchini oshirishga qaratilgan birja savdosi qoidalarini tartibga solish hamda xisob-kitob va kliring texnologiyalarini takomillashtirish to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlami yanada takomillashtirish; Birja savdo vositalarini va texnologiyalarini yanada takomillashtirish hamda investorlar orasida repo bitimlarining afzalliklarini keng targ’ib qilish; Moliya bozorining axborot bazas ini rivojlantirish, xususan : Fond birja web saytining axborot almashuv darajasini oshirish; -Moliya bozori to’g’risidagi ma’lumotlarni yoritib boruvchi axborot- tahliliy kanallami rivojlantirish; -Emitentlar to’g’risidagi ma’lumotlaming yig’ma-axborot bazasini yaratish. Aholining fond bozori, qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritishda bozoming tavakkalchilikka asoslanganligi haqidagi bilimini oshirish, xususan, radio va televideniyada maxsus dasturlar jarayonini tashkil qilish, bosma ommaviy axborot vositalarida esa qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi haqida muntazam ravishda turli maqolalar chop etish.