Mavzu : Mehnat munosabatlari va ularning tartibga solinishi



Download 245,34 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi245,34 Kb.
#753644
Bog'liq
Iqtisodiyot prezintatsiya

Mavzu : Mehnat munosabatlari va ularning tartibga solinishi

Reja: 1.Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi 2. Mehnat bozori modellari 3.O’zbekistonda Ishsizlik darajasi

Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. umuman olganda , bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi: 1. Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi 2. Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi 3. Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi 4. Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi 5. Mamlakatlar, xalqlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish funktsiyasi.

Mehnat bozori — ish kuchi oldi sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi.

Turli mamlakatlarda ish bilan bandlik va mehnat bozori modellari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Fransiya modeli. Fransiyada oxirgi 10 yil ichida ishsizlik darajasi 12% atrofida saqlanmoqda. Ishsizlikka qarshi kurashish uchun ham faol choratadbirlar qo‘llaniladi, lekin mehnat bozorida passiv siyosat ma’qulroq ko‘riladi. Amerika Qo‘shma SHtatlarida ishsizlikka qarshi kurashning ancha qat’iy usuli qo‘llaniladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa atigi yarim yil davomida to‘laniladi, ishsizlarga yordam berishning faol chora-tadbirlarini ko‘rish odat tusiga kirmagan. Mehnat bozorida faol davlat siyosatini olib borish xarajatlari, YAlpi Ichki mahsulotning atigi 0,19 %ini tashkil etadi. Ana shunday yondashish sharoitida kishi faollik va sobitqadamlik bilan ish qidiradilar. Bunday siyosat natijasida ishsizlik darajasi nisbatan past bo‘lmoqda (5,4%). . 

Yaponiya modeli. Bu mamlakatda mehnat munosabatlari tizimi umrbod yollanishga asoslanadi, umrbod yollanish xodimlarning korxonada ishlaydigan eng yuqori (55-65) yoshga etgunlariga qadar ish bilan bandlik kafolatlanishini ko‘zda tutadi. Umrbod yollanish tizimi ish haqi, mukofotlar hamda ijtimoiy to‘lovlar tarzidagi moddiy taqdirlash miqdorlarini oshirib borishni kafolatlaydi. Umrbod ishga yollash yo‘li bilan korxonalarda xodimlarni mustahkamlash, ichki firma darajasida malaka oshirish, tezkor ravishda kasb malaka tarkibini ish o‘rinlarining tuzilmasi bilan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotni modifikatsiyalash bilan muvofiqlashtirib borish imkonini beradi

SHvetsiya modeli. SHvetsiyada mehnat bozoridagi siyosat bo‘sh ish o‘rinlarini ishsizlar bilan to‘ldirishga ko‘maklashish va ishsizlarga faqat nafaqalar berib borishdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim, deb hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini to‘liq yuzaga keltirishning an’anaviy strategiyasi muqarrar ravishda inflyasiya darajasining yuqorililigi sababli ish haqini tashkil etishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan siljishlarga olib kelishi e’tirof etilgan edi.

O‘zbekistonda 2022 yilning 1 yanvar holatiga ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo‘lsa, 2021 yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortdi. Bandlik va mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holati bo‘yicha mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020 yil shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,5 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan. 2022 yilning 1 yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,8 mln kishini tashkil etib, 2021 yilning 1-oktabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 13,3 foiz bo‘ldi. 2021 yil yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta’minlangan.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 245,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish