MAYDALASHNING FIZIK ASOSLARI. Qattiq jismlarda tashqi kuch ta'sirida zarrachalarning deformatsiyasi xisobiga o’ta kichik darz (treshinn) ketishlar xosil bo’ladi. Agar ta'sir qiladigan kuch jismni mustaxkamlik chegarasidan katta bo’lsa, jism parchalanadi. Bunda qayishkoq (uprugaya) deformatsiya mo’rt deformatsiya bilan almashinadi va jism parchalanadi. Maydalanish jarayonida yangi yuzalar xosil bo’lish vaqtida zarrachalarning deformatsiyasidan xosil bo’lgan ichki ishqalanishni bartaraf qilish va material xamda mashina orasida xosil bo’ladigan tashqi ishqalanishni bartaraf qilish uchun anchagina energiya sarflanadi. Maydalashning ikkita nazariyasi bor: xajmiy (ob'emnaya) va yuza (poverxnostnaya) nazariyalari. Xajmiy nazariya. buni 1874 yilda V.L.Kirpichev taklif qilgan. Bu nazariyaga muvofiq maydalash uchun sarflanadigan energiyajismning xajmigato’qri proportsionaldir. Shunday qilib Kirpichev bo’yicha maydalash uchun sarflangan kuch (R) jismni to’qri chiziqli o’lchovining kvadratiga yoki jismning yuzasiga proportsionaldir, sarflangan ish esa shu jismning xajmiga yoki oqirligiga proportsionaldir. Yuza nazariyasi. Buni 1867 yilda Rittinger taklif qilgan. Maydalash uchun sarflanadigan energiya, xosil bo’lgan bo’lakchalar (zarrachalar) yuzasiga proportsionaldir. Bu nazariya bo’yicha jismni maydalash uchun sarflangan ish uning maydalik darajasiga proportsionaldir.
Bu ikki nazariya mustaqil ravishda masalani tub moxiyatini ochib berolmaydi. Ular bir-birini to’ldiradi, oydinlashtiradi. Rebinder P.A. bu ikki nazariyadan bir butun maydalash nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga binoan jismni maydalash uchun sarflanadigan ish, ya'ni yuza xosil bo’lishi uchun sarflangan energiya (a* q) va maydalanadigan materialnikg xajmlarini yiqindisiga tengdir: A=G2V/2E+KAF, bu erda: A - maydalash ishi; G - taranglikni enguvchi kattalik; AF - yangidan xosil bo’lgan yuza; K - proportsionallik koeffitsienti; V - maydalanadigajism xajmi; E - maydalanayotgan jismning taranglik ko’rsatkichi. Dastlabki (predvaritelnoe) maydalash. Dastlabki maydalash asosiy (keyinchalik) maydalashni osonlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu usul asosan farm korxonalarda o’simlik xom ashyolarini (ildiz, po’stloq, poya va x.k.) maydalashda ishlatiladi. Bu usulda maydalash quyidagi maydalagichlarda amalga oshiriladi: kesuvchi, yoruvchi,arralovchi.