Pontiya to‘g‘larining o‘rtacha balandligi 2500 m, tog‘ tizmasining sharqiy qismida balandlik ortib boradi. (Kachkar tog‘i 3937 metr) yon bag‘irlari juda tik, ochiq vodiylarning yo‘qligi bu tog‘larda yurushini qiyinlashtiradi. Pontiya tog‘lari g‘arbga tomon passayib boradi. 900 metrgacha, maksimal balandlik 2000 metrdan oshmaydi. Janubda O‘rta dengiz sohilbo‘yida murakkab tog‘ tizmasi Tavr cho‘zilgan. U uch qismga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy Tavr. G‘arbiy Tavr –tog‘ tizmasi Anatolya pasttekisligi va ko‘rfazi tomon pasayadi. Eng baland tog‘ tizmasi (Bedag 3086 m, Elmali 3073 m) chuqur vodiylar bilan ajralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |