Pontiya tog‘ligi 1000 km masofada Qora dengiz sohiliga parallel cho‘zilgan. Sharqda ular Kavkaz chegaralarigacha, g‘arbda Sakarya daryosi tekisligiga yetib boradi. Pontiya tog‘lari uzliksiz zanjir hosil qilmaydi va u chuqur tog‘ oralig‘i vodiylari bilan yoki sohilbo‘yiga parallel cho‘zilgan bir qancha botiqlar zanjiri bilan ajraladi. Pontiya to‘g‘larining o‘rtacha balandligi 2500 m, tog‘ tizmasining sharqiy qismida balandlik ortib boradi. (Kachkar tog‘i 3937 metr) yon bag‘irlari juda tik, ochiq vodiylarning yo‘qligi bu tog‘larda yurushini qiyinlashtiradi. Pontiya tog‘lari g‘arbga tomon passayib boradi. 900 metrgacha, maksimal balandlik 2000 metrdan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |