U ikkita yo‘nalishdan tashkil topgan: shimolda Kopetdog‘, janubda Nishopur tog‘i. Bu ikki yo‘nalish orasida Gorgon – Mashxad vodiysi va botig‘i joylashgan. Tog‘larning balandligi kam hollarda 3000 m dan oshadi, 1500-2000 m balandlikkacha yetadi. Nishopur tog‘ining baland cho‘qqisi - Miraba tog‘i (3322 m), Kopetdogniki esa - Xezor–Masjid tog‘i (3117 m). Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasi Eron Ozorbayjoni deb nomlanuvchi Arman tog‘ligi bilan band. Sharqda bu Elbrus tog‘ligi bilan, g‘arbda Qurdiston tizmasi bilan chegaralangan. Bu chekka tog‘lar oralig‘i Qoradag tizmasi, Mishudag, Bozkush, katta vulqonli massiv Sebelandag, Saxend Janubiy Ozorbayjon keng yassitog‘ligi, shuningdek tog‘lar oralig‘ida botiqlar va yirik cho‘kma Rezoye (Urmiya) ko‘li bilan band.
Do'stlaringiz bilan baham: |