Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni .
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan
moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga
moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib
bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar
bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga
qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, rasmda (navbatdagi betga qarang)
moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar
ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi.
Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari
orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap
tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga
oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z
joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida
foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy
mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa,
shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi.
Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy subyektlardan (ortiq
mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) subyektlarga moliyaviy vositachilar orqali
yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (rasmdagi moliyaviy oqimlar harakatining
pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar ushbu
vositachilar xizmatidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy bozorlar orqali
ko‘chib o‘tadilar (rasmdagi yuqori yo‘nalish).
Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini
o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik:
qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy subyekt) biror-bir
firma (defitsit iqtisodiy subyekt) chiqargan aksiyalarni sotib olmoqda. Alohida
hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega
bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda,
aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy
oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent63i
bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qimmatli
qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar.
Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini
o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali
o‘tmaydi va shunday qilib, 16-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan
bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular
moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga
ega bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan
iqtisodiy subyektlarga o‘tadilar.
Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini
yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni
bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish
uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni
bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor.
Chunki Siz unda depozit ochgansiz. Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga
ma’lum pul talablarini qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va
risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash
xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning
aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning
qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning
depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli
bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib
olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin.
Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali
erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy subyektdan shunday
mablag‘lar defitsit bo‘lgan subyektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib
turibdiki, bunda ushbu jarayon ishti-rokchilarining biri – bank egalari yoki mazkur
bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti – o‘ziga qarz bo‘yicha riskni
qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozorlar”ga olib
boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy
bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum
bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega
bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi)
hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni
(bozorda) biror-bir aksiya va obligatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu erxotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni
muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-
ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi.
“Bozorlar”dan pastga - “Moliyaviy vositachilar”ga – yo‘naltirilgan chiziqko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi
mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy
bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi
moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segment64larida
sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib
olishi mumkin.
Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib
chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh
davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga
solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan
organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta
zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining
hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini
nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada
Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya
banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |