Mavzu : Kirish. Geografiya nimani o‘rganadi? Darsning maqsadi



Download 21,66 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi21,66 Kb.
#724802
  1   2   3
Bog'liq
Tezis 5


Mavzu : Kirish. Geografiya nimani o‘rganadi?
Darsning maqsadi : O’quvchilarga 5-sinf Geografiya darsligi haqida tushuncha berish.
Dars jihozi: Xarita, doska
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
a) Salomlashish b) davomatni aniqlash
II. Yangi dars.
Geografiya va uning tarmoqlari haqida tushuncha. Geografiya juda qadimgi fan. Qadimgi yunon olimi Eratosfen kitob yozib, uni «Geografiya» deb atagan. Yunoncha «ge» — Yer, «grafo» — yozaman degan ma’noni bildiradi. Binobarin, «Geografiya» so‘zi «Yerni tasvirlab yozaman», «Yerning tasviri» degan ma’nolarni anglatadi. Geografiya Yer yuzining tabiati, aholisi va uning xo‘jaligini o‘rganadigan fandir. Geografiya bilan shug‘ullanadigan kishilarni geograflar deb ataymiz. Geografiya fani rivojlanib borgan sari unda ikkita asosiy yo‘nalish: tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya vujudga keldi.
III. Mustahkamlash.
1) «Geografiya» so‘zining ma’nosini ayting.
2) Geografiya nimani o‘rganadi?
3) Tabiiy geografiya nimani o‘rganadi?
IV. Uyga vazifa. Daftarning birinchi betiga mazkur darslikning 6-betida berilgan ob-havo hodisalarining shartli belgilarini chizib oling.
Mavzu : Geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi
Darsning maqsadi : O’quvchilarda geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi haqida tushuncha hosil qilish.
Dars jihozi: Xarita, atlas, doska
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
a) Salomlashish b) davomatni aniqlash
II. Vazifani so’rash.
1) Geografiya nimani o‘rganadi?
2) «Geografiya» so‘zining ma’nosini ayting.
3) Tabiiy geografiya nimani o‘rganadi?
III. Yangi dars.
Materiklar va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi hamda sayyohlarning xizmatlari juda katta bo‘lgan. O‘rtaosiyolik Nosir
Xisrov (1004—1088-yy.) Janubi-G‘arbiy Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrikaga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lumotlar to‘plagan.
Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming kilometr(km)dan
ortiq yo‘lni bosib o‘tgan. 1492-yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo‘l topish maqsadida Ispaniyadan g‘arbga tomon suzib ketadi. U Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib bordi. Portugallar 1498-yilda Afrikani aylanib, Hindistonga borishdi. 1519—1522-yillarda fernan Magellan boshchiligidagi ispanlar ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni g‘arbdan sharqqa aylanib chiqdi. Tinch okeanni kesib o‘tdi. Natijada Yerning sharsimonligi isbotlandi, Yer yuzining
katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi. 1820-yil yanvarida rus dengizchi sayyohlari eng uzoqda joylashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan Antarktida materigini kashf etishdi. Hozirgi vaqtga kelib, Yer yuzida aniqlanmagan, xaritaga tushirilmagan joy qolmagan. Biroq Yer yuzi tabiatining barcha xususiyatlarini, ayrim tabiiy hodisalarni, ularning sabab va oqibatlarini olimlar yetarlicha tushuntirib berganlari yo‘q. Shuning uchun geograf olimlar Yer yuzasini, uning tabiatini yanada mukammal o‘rganishni davom ettirishmoqda. Geograflarning tadqiqotlari natijalaridan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda geograflar o‘zlarining tadqiqotlarida hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan, kosmik suratlardan foydalanishmoqda. Endilikda Yer yuzasidagi har bir nuqtaning aniq koordinatlarini Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida aniqlash mumkin.

Download 21,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish