Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi dars
Dars metodi : Tahlil – tarkib metodi, tushuntirish , suhbat , ko‘rsatish .
Dars jihozi : Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi:
T/R
|
Bo‘limlar
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O‘quvchilarni rag‘batlantirish
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash . “Yozuv darsi”she’ri bilan darsni boshlash .
Davomatni aniqlash .
Yil, fasl ,oy ,hafta va kun haqida suhbat o‘tkazish .
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish.
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi bosh “O‘” tovush harfini , “O‘” tovush harfi qatnashgan bo‘-g‘in, so‘z , gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “O‘o‘” harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozi-lishini tekshirish .O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “O‘o‘” tovu-shining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
Ramli diktant o‘tkaziladi . Doskaga “o‘rik, o‘rmon , bola, lola, bobo ,nina,bino,olma” rasmlari qo‘yiladi . O‘quvchilar rasmlardagi narsalar nomini daftarlariga yozadilar .
“Kim chaqqon” o‘yinini o‘tkazish.Bunda o‘quvchilar “O‘” harfi qatnashgan so‘z-lardan musobaqa tarzida yozadilar .
III .Yangi mavzu bayoni .
O‘quvchilarga dars mavzusi aytiladi . “Dd” tovushining talaffuzi va yozilishi multi-mediyali ilova orqali ko‘rsatiladi ,tushuntiriladi .Doskada kichik” d” harfining yozma-cha shakli yozib ko‘rsatiladi . Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , “d” tovushi undosh tovush ekanligi haqida tushunchalar berib , havoda yozish mashqi bajariladi . Kichik “d” harfining bosma va yozma shakli qiyoslanadi.O‘quvchilar daf-tarlariga kichik ”d” harfini yozadilar .
“Dd” harfiga boshqa harfni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish yozma shakli ko‘rsatib tu-shuntiriladi . “don” so‘zi tovush tomondan tahlil qilinadi va yozilishi tushuntirib , o‘quv-chilar daftarlariga yozdiriladi .
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi .
olish daqiqasi o‘tkaziladi .
Dalada don mo‘l bo‘ldi,
Ishlar dehqon ter to‘kib.
Damin , Dildora , Dilnur ,
Bobosiga yordamchi.
VI .Yangi mavzuni mustahkamlash .
Daftar bilan islash . O‘quvchilarga dockada kichik “d” harfining yozmacha shakli yozib ko‘rsatiladi . Havoda mashq qilingach , yozuv daftariga “ dala, doira, do‘lana” so‘zlarining yozilishi tushuntirib , tahlil qilinadi . “ dala, doira, do‘lana” so‘zlari yozdiriladi.Dam
O‘qituvchi yozilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “d” harfini o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
“ Kim ko‘p so‘z topadi ? ” o‘yini . O‘yin og‘zaki bajariladi . O‘quvchilarga “d” tovu-shi bilan boshlanadigan , “d” tovushi so‘z o’rtasida va so‘z oxirida keladigan so‘zlar aytish topshiriladi .Eng ko‘p so‘z aytgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi .
O‘quvchilarning yozuvlari ko‘rib baholanadi .
V . Darsni yakunlash : Dars oxirida darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘bat-lantiriladi
VI . Uyga vazifa : o‘rganilgan harf va so‘zlarni yozib kelish .
Do'stlaringiz bilan baham: |