1-Laboratoriya mashg`uloti
Mаntiqiy elementlаr аsosidа chinlik jаdvаli vа mаntiqiy sxemа tuzishni o`rgаnish
Ishning maqsadi:
Talabalarga mantiqiy elementlar haqida umumiy ma’lumot berib, kom’yuterlarning mantiqiy elementlari haqida tushunchalar berish va mantiq`iy elementlar ustida amallar bajarishni o`rgatish.
Nazariy qism
Kom’yuterlarning mantiqiy elementlari haqida tushunchalar
Kom’yuterlarning mantiqiy elementlari haqida tushunchalar bo‘lib VA, YOKI, EMAS, VA-EMAS, YOKI-EMAS va boshqa elektron sxemalar, hamda trigger xizmat qilishi aytiladi. Darslikda yoritilmagan mantiqiy elementlar qanday hosil qilinishi formula orqali beriladi. O’quvchilar formula asosida mantiqiy sxema chizadilar.
VA-EMAS elektron sxemani VA elektron sxema va EMAS elektron sxema tashkil etadi, ya’ni uning qiymati (X Y) ga teng bo‘ladi. Bu elektron sxemaning rostlik jadvali quyidagicha:
X
| Y | (X Y) |
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
Boshqa elektron sxemalar ham shu kabi aniqlanadi.
1-misol. Quyidagi sxema ishining natijasini aniqlang.
1
0
1
Yechish: Birinchi bosqichda VA elementining kirishida 0 va 1 bo‘lgani uchun chiqishida 10=0 bo‘ladi. Bu 0 ikkinchisi bosqich – YOKI elementining kirishiga boradi. Sxemada ko‘rinib turgandek YOKI elementning ikkinchi kirishiga 1 keladi. Natijada YOKI elementining chiqishida 1+0=1 hosil bo‘ladi.
Javob: 1
2-misol. Quyidagi sxema chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?
? 0 0
?
Yechish: Sxemada uchta bosqich bor. 3-bosqich chiqishda 0 ekanini bilgan holda orqaga qarab yuramiz:
3-bosqich (EMAS elementi) chiqishida 0 bo‘lishi uchun kirishida 1 bo‘lishi kerak.
2-bosqich (YOKI elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun birinchi kirishida 0 ekanligini hisobga olgan holda ikkinchi kirishida 1 bo‘lishi kerak.
1-bosqich (VA elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun ikkala kirishida ham 1 bo‘lishi kerak.
Javob: Ikkala kirishida 1 bo‘lishi kerak.
3-misol. Quyidagi sxemada barcha YOKI elementlarini VA hamda EMAS elementlaridan foydalanib almashtiring.
Yechish. YOKI elementini
sxema bilan almashtirish mumkin. Bu sxemani yuqoridagi YOKI elementining o‘rniga qo‘yamiz. Natijada
hosil bo‘ladi. Bu erda ketma-ket kelgan ikkita EMAS elementini sxemadan chiqarib tashlash mumkin. Demak, natija
ko‘rinishida bo‘ladi.
Qo’shimcha mashqlar.
Berilgan mantiqiy sxemaning natijasini aniqlang.
Quyidagi mantiqiy sxema chiqishida qanday qiymat hosil boladi?
1
0
1
0
Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?
?
?
Berilgan mantiqiy sxemaning chiqishida 1 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?
?
?
1
Berilgan mantqiy sxemadagi VA elementini YOKI hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.
Quyidagi mantiqiy sxemada YOKI elementini VA hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.
Qo’shimcha misollar.
1. (BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
2. BD mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
3. (BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
4. (BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
5. A(BD) mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
6. ABD mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
7. ABD mantiqiy ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |