Shunday qilib, “Keys stadi” yordamida o’qitishda muammolar aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi
Sifatli keys stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish uchun ko’p vaqt talab etiladi. Va shu bilan birga, to’g’ri tuzilgan va o’quv faniga kiritilgan keys stadi fanni o’zlashtirishda ko’zlangan natijalarga erishishga imkoniyat beradi.Ishchan keys stadilar tuzishning quyidagi ketma-ketligiga rioya qilish tavsiya etiladi.Keysni o’rganish maqsad va vazifalarni ishlab chiqish – mazkur bosqichda o’qituvchi o’qitiladigan fan bo’yicha o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim va malakalarga o’z e’tiborini qaratadi. Oldin o’rganilgan material bilan qo’yilgan maqsadning so’zsiz muvofiqligiko’zda tutilgan bo’lishi zarur. Keys-stadilarni tuzish va qo’llashning asosiy tamoyillari yetarli darajada umumiydir.Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash – keysning materiali muammoni ochib berishi lozim va mazkur muammo keys oldiga oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos bo’lishi kerak. Keyslar haqiqiy vaziyatlarning aniq tafsilotini namoyish etishlari yoki muallifning ijod natijalaridan bir oz qo’shilgan bo’lishi mumkin. Keyslar uchun ma’lumotlar va materiallar sifatida yuqorida ko’rsatilganidek, gazeta maqolalari, tashkilotlarning hujjatlari, u yoki bu sohadagi tashkilotning faoliyati bo’yicha xususiy kuzatuvlar, mutaxassislarni fikri, iste’molchilarning fikri, statistika qo’mitasi ma’lumotlari, diagramma, fotohujjatlar, multimediya materiallari, slaydlar va hakazolar xizmat qilishi mumkin. Materiallarni birlamchi qayta ishlash. Ushbu bosqichda olingan ko’p sonli axborotlardan keys stadi axborotlardan keys-stadi maqsadlarga mos keluvchi, foydali tanlab olinadi. Keys-stadida qo’llaniladigan integrallashgan tahlil ko’p shakllarga ega bo’lishi mumkin. U asosan qo’shimcha ma’lumotlarni tarmoq hisobotlari, texnik hujjatlar, kompaniyalar hisobotlari, shaxsiy tajribalar va hakazolar kiritish va tahlil etishdan iborat.Keys turini aniqlash. Keys stadi tayyorlash usuli bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin. Yozilishi joyiga ko’ra keys-stadilar “maydoncha” (ya’ni ob’ektda – firma yoki kompaniyada) yoki o’qituvchining ish stolida tayyorlanishi mumkin bo’lsa, keys-stadidafoydalaniladigan manbalar rasmiy (ya’ni nashr etilgan) yoki norasmiy (ya’ni dastlabki manbalardan olingan) ko’rinishiga ega bo’lsa, ko’rsatilgan ikki o’zgaruvchi jamlamasidan to’rt xil keys-stadi hosil bo’ladi: “kutubxona”, “klassik” va “kabinet”. “Kutubxona” keys-stadisi tashqi tomonidan “maydonda”gi tadqiqot natijasida tayyorlangan keys-stadisiga o’xshab ketadi. Ularda korxona faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida (televideniya bilan birga) va davlat boshqaruv organlarida (statistik, nazorat, sud va h.k) chop etilgan axborotlar keng miqyosda foydalaniladi. “Kabinet” keys-stadilar muallifning tadqiqotlari boshqaruv sohasidagi o’qituvchiligi va maslahatchiligida to’plagan boy tajribalariga asoslanadi.Keys maqsadi va vazifasiga muvofiq materialni moslash. Haqiqiy vaziyatlar tafsilotini tayyorlashda, odatda kompaniya, muassasa, tashkilot rahbariyati, uning raqobatchilari olingan axborotdan foydalanishiga to’sqinlik qilish maqsadida ularning manzillari o’zgartirishini, niqoblanishini talab etadi. Ushbu holatlarda tadqiqot ob’ektining uydirma nomlaridan foydalanish mumkin, ular uydirma bo’lmasligi kerak, chunki vaziyatning ko’rinish tafsiloti tubdan o’zgartirib haqiqatdan farq qilishi mumkin.
Keys metodning asosiy vazifasi – bu o’quvchilarga tarkiblashtirilmagan muammolar majmuasini yechishni o’rgatishdan iborat, ushbu turdagi muammolarni muayyan analitik usul yoki yo’l bilan yechib bo’lmasligi aniq. Shuning uchun, o’qituvchi o’quvchi oldiga aniq vazifa qo’yishi lozim: yoki masalani yechish yoki keys-stadini bajarish. Buning uchun berilgan topshiriq bo’yicha o’qituvchi o’quvchining nuqtai nazari bilan o’zinikini solishtiradi, o’quvchi tushunchasiga tuzatish kiritadi.“Sase-studu” uslubidan o’qitishning kasbga yo’naltirilgan texnologiyasi sifatida foydalanish algoritmlash qiyin bo’lgan murakkab jarayon hisoblanadi. Shunday bo’lsada, uni rasman quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
- o’quvchilarni keys matni bilan tanishtirish;
- keysni tahlil qilish
- keysni muhokama qilish, munozara, taqdimot;
- munozara ishtirokchilarini baholash;
- munozarani yakunlash.
O’quvchilarni keys matni bilan tanishtirish va keysning navbatdagi tahlili, ko’pincha, uning muhokamasidan bir necha kun oldin amalga oshiriladi va o’quvchilarning mustaqil ishi kabi joriy etiladi; bunda tayyorgarlikka ajratilgan vaqt keysning turi, uning hajmi va murakkablik darajasiga ko’ra aniqlanadi. Ushbu bosqichda keys bilan umumiy ishlash sxemasini quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: dastlab keysning asosiy muammolarini aniqlash va yechish uchun taqdim etilganlarning qaysi birlari muhimligini tushunish; keysning vaziyatli kontekstiga kirish, uning asosiy ta’sir etadigan (harakatdagi) shaxslari kimligini aniqlash, tahlil uchun zarur dalillar va tushunchalarni ajratish, masalani yechish mobaynida qanday qiyinchiliklar paydo bo’lishini tushunish; keyingi bosqich tadqiqot uslubini tanlashdan iborat.
Uncha katta bo’lmagan keyslarning muhokamalari o’quv jarayoniga kiritilishi va o’quvchilar ular bilan bevosita dars davomida tanishishlari mumkin.
Bunday holda, eng muhimi, keys o’tkazilishi rejalashtirilgan kursning nazariy qismi o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirilgan bo’lishidir.Agar o’quvchilar keyslar bilan dastlabki tanishishda ularning tahliliga tizimli yondashsalar, u holda keyslar ustida ishlash yuqori samara beradi. Keysni yechish mobaynida quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirish mumkin:
1. Keysni tahlil etishda foydalanish uchun nazariy konsepsiya va yondashuvlarni yodga tushirish maqsadida o’quv predmetining mos bo’limlaridan tayanch g’oyalarni yozib chiqish.
2. Keys haqida umumiy tasavvur olish uchun uni tez o’qib chiqish.
3. Keysga qo’yilgan savollarni diqqat bilan o’qib chiqish va savollar tushunarli ekanligiga ishonch hosil qilish.
4. Qo’yilgan savollarga aloqasi bo’lgan barcha omillar yoki muammolarni diqqat bilan belgilangan holda keys matnini qayta o’qib chiqish.
5. Keys bilan ishlaganda, ko’rib chiqilishi zarur bo’lgan g’oya va konsepsiyalar muammolar bilan qanday munosabatda ekanligini o’ylab ko’rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |