Psixoanalitik yo’nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik
jihatlarini tahlil qilish bilan shug’ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy
rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik
mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo’lgan turli xil ehtiyojlar
yotadi, degan g’oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ).
Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o’rganish
uchun yo’nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar. Ularning
qarashlariga ko’ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul
qilishga yo’naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman,
O'Xar). Bu g’oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan
kasbning e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga
da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |