Mavzu : Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha


О‘sib kelayotgan yoshlarni



Download 55,55 Kb.
bet5/5
Sana12.04.2022
Hajmi55,55 Kb.
#547080
1   2   3   4   5
Bog'liq
akramov temur

3. О‘sib kelayotgan yoshlarni o‘ziga xos bo‘lgan dunyoqarashi bor- ligini ajratib ham ko‘rsatish zarur. Bu dunyoqarash ulami atrof - muhitga, tabiatdagi va jamiyatdagi hodisalarga qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bu esa kasb tanlovchining olayotgan bilimlaridan, malaka- laridan, psixofiziologik imkoniyatlaridan, psixologik xususiyatlari, individual - psixologik tomonlaridan kelib chiqadi. 0‘z imkoni- yatlarini to‘g‘ri baholay olgan insongina to‘g‘ri yo‘lni tanlay oladi. Bu yoshlardagi tirishqoqlik, uddaburonlik, bilimga chanqoqlik, ku- zatuvchanlik, o‘zini sinab ko‘rishga intilishi kabilarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Yoshlarda o‘ziga xos ravishda ayrim kasblarga qiziqishlar shu kasb bilan bog‘liq ayrim psixologik xususiyatlarda ko‘zga tashla­nadi. Masalan, hozirda qaysi boladan so‘rasang ko‘proq men tadbir- kor bo‘laman, o‘zimni ishimni yo‘lga qo‘yaman deb javob beradi. Tadbirkor bu savdo sotiq, ishni tashkil etish, o‘zini mehnati bilan kapital ishlash hisoblanadi. Lekin bolalarda ko‘proq mashinaga ega bo‘lish, puldor bo‘lish, hamma narsani bemalol sotib olish kabi to- monlar ko‘zga tashlanadi. Buning ko‘zga tashlanmas qiyinchilikla- rini ular ko‘ra olmaydilar. Shunday o‘ziga xos boigan tomonlar esa ularni qiziqtirib boradi. Yoshlarni shunday tomonlarga qiziqib borishi ular orasida tadbirkor bo‘lishga havas uyg‘otadi. Xuddi shuningdek, tikuvchilik kasbi yoki paxtani qayta ishlash, dizayner bo‘lish kabi to­monlar ham yoshlarni qiziqishlaridan kelib chiqadi. Har bir kasb­ni o‘ziga xos bo‘Igan psixologik tomonlari borki, bu yoshlarni doim o‘ziga tortib turadi. Qiziqishini anglay olgan bolagina o‘zi uchun kasbni to‘g‘ri tanlay oladi.
Yoshlardagi havas, qiziqish ularni shu kasbni egallashga intiltirib turadi. Zukko yoshlar shu kasbga tegishli bo‘lgan bilimlami eng awalo kuzatishlar, so‘rab bilishlar, kitoblardan o‘qish orqali, hozirda esa in­ternet orqali bilishga harakat qiladilar. 0‘zlari qiziqqan kasblari haqida ko‘plab ma’lumotlar to‘playdilar. Yoshlarni biror bir narsani yaratuv- chanlik qiziqishi injenerlik yoki uning biror bir yo‘nalishiga etaklaydi. Hozirda dunyoda ko‘plab yangiliklar yaratilmoqdaki yoshlar va ular- ning diqqatlari doimo qiziqishlaridan kelib chiqqan holda shu obyekt- larga qaratilmoqda. Har bir sohaning o‘ziga xos bo‘lgan qiziqarli to­monlari mavjuddir. Pedagog ham bolalarga yetkazib berishi kerak bo igan bilimlami sifatli, qiziqarli, yetib boradigan qilib darslami o‘tkazishga va o‘sib kelayotgan yoshlar o‘rtasidan yaxshi kadrlar yaratishni orzu qiladi. Pedagog tarbiyalagan bolalar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda jamiyatga ko‘plab yangiliklar kiritishi mumkin boiadi. Pedagog esa shunday kadr yaratib bera olganidan faxrlanadi. Demak, ko'rinib turibdiki, yoshlarni kasbga yetaklovchi ehtiyojlar- dan biri uning qiziqishlari hisoblanadi. Bu esa insonni biror bir narsaga yetilib kelgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bolalar o‘sib borgan sari ma’lum bir taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadilar. Pedagogik sotsiologiyada aytilganidek bola tarbiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan omillar uni o‘ylashga, o‘z manfaatlari yoiida mehnat qilishga majburlaydi. Yetilib kelayotgan yoshlardagi o‘zgarish ularda ijtimoiy jarayonlarga va bu jarayonlardagi o‘z o‘mini bilishga chorlaydi. Katta boiayotgan, aql - farosatga ega farzand kelajagi haqida bosh qotiradi, hayol suradi, kela- jagini rejalashtiradi. Bular esa unda ko‘plab ehtiyojlami paydo qiladi. Bolalik davridan o‘smirlik va o‘spirinlik davrlariga o‘tib borayotgan farzandda psixologik va eng asosiysi anatomik - fiziologik o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Endi yoshlar o‘zidagi tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy ehtiyojlar tizimini seza boradi. Bu qator ehtiyojlardan biri yoshlami kasb orqali o‘zini ta’minlash ehtiyoji hisoblanadi. Bu ehtiyoj yoshlami kasb tanlashga, o‘z hayotini go‘zal qilib yashashga majbur- laydi. Aks holda ularda jamiyatga zid bo‘lgan jarayonlar paydo bo‘ladi.
Yoshlami kasb egallashi nafaqat ulaming ehtiyoji balki jamiyat- ning ham ehtiyoji hisoblanadi. Shuning uchun jamiyat o‘z ishlab chiqamvchilarini yaratishi zarur jarayonga aylanadi. Jamiyat ishlab chiqarish orqali yashaydi va hayot kechiradi. Jamiyat ehtiyojlari har doim o‘sib boradi. Uni qondirishning yagona yo‘li kasb egalarini tarbiyalash, ulaming qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yangidan * yangi kasblami yaratish hisoblanadi. Shuning uchun ham boshqa rivojlangan davlatlarda ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘ladi va jamiyat ehtiyojlarini qondirishga intiladi.
Jamiyatdagi ko‘plab ehtiyojlar shu kasbga kerak bo‘lgan kadrlami yaratishni talab qiladi. Bu esa yoshlarda, ulaming qiziqishlarida va maqsadlarida o‘z aksini topadi. Jamiyatda yaratuvchanlikka xos bo‘lgan mehnat qadrlanadi. Jamiyat uchun yaratilayotgan mahsu- lotlar va ulami tashkil etish ko‘plab kasblami paydo qiladi. Demak, ko‘rinib turibdiki, inson va jamiyat ehtiyojlari uzviy ravishda bog‘liq jarayonlar ekan.
Kasb psixologiyasida kasblarga xos psixologik xususiyatlar va shax- sning psixologik xususiyatlari o‘rtasida munosabatlami o‘rganuvchi yo‘nalish ham mavjuddir. Haqiqatdan shaxsdan kasb talab qiladi- gan psixologik xususiyatlar mavjudki, insonda bu xususiyatlar bo‘lmasa u bu kasbda o‘z yutug‘iga ega bo‘la olmaydi. Tadqiqotchi- lar bu xususiyatlami aniqlash uchun maxsus testlar o‘tkazib insonni shu kasbga layoqatini tahlil qiladilar. Kasblar o‘zidagi faoliyatlami bajarish uchun insondan ma’lum bir psixologik xususiyatlami egasi boiishlarini talab qiladilar. Deylik xotirani yaxshi boiishini, diqqa- tni yaxshi boiishini, hayol jarayonlardagi Qonunlarni o‘zlashtirgan boiishini, sezgirlikni yaxshi rivojlanganligi, ayrim faoliyatlarda sabr - toqat, tartiblilik, intizom, ijodiy yondosha olish, har xil ho- latlardan chiqib keta olish, halollik, mehnatsevarlik, boshqalarni hurmat qilish va ularni haq - huquqlarini yaxshi bilish, bilimlilik darajasini yuksakligi, rahbarlik qilish uchun kerak bo igan xususiyat­lami bilish, tijorat uchun kerak bo igan psixologik xususiyatlarga ega boiish kabi ko‘plab tomonlar bujarayonlar uchun kerak boiadi.
Jamityatda insonni qiziqtirgan ko‘plab kasblar borki ular bir- biri- dan juda farqlanib turadi va insondan kasbga loyiq bo igan psixologik xususiyatlami talab qiladi. Deylik pedagog uchun didaktik usul juda mos tushsa, aktiyor uchun xotiraning, hayolning va boshqa psixik jarayonlaming o‘mi boshqacha hisoblanadi. To‘qimachilik va yengil sanoatda ishlayotgan ishchi, injener, dizayner uchun o‘ziga xos psix­ologik xususiyatlar kerak boiadi. Ya’ni dizayner uchun estetik did, ha­yol, tafakkumi egiluvchanligi, diqqat va juda nozik holdagi ranglami ajrata olish kabi ко‘plab xususiyatlar zarur boiadi. Bular uchun ham kasb psixologiyasi o‘zigaxosbo‘lagan inson psixi- kasini qirralarini shu kasbga xos tomonlarini va shaxsda ulami rivo- jlantirish masalalarini ham o‘rganib boradi.
Yoshlaming qiziqishi, maqsad va manfaatlari o‘z dunyoqarashla- riga kerak bo igan kasbni tanlashga, bu kasbga xos bo igan psixologik tomonlami bilishga intiltirib turadi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Kasb psixologiyasi Abdurahmonova
2.Kasbiy psixologiya o’quv qo’llanma Jo’rayeva S , Yunusxodjayev Z (16-25- betlar)
3.Kasbiy psixologiya ma’ruza matni Shukurova O’ (44-49-betlar)
4.www.ziyonet.com
5.www.google.ru
Download 55,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish