Mavzu : Kar o'quvchilarning axloqiy tarbiyasini tashkil etish shakillari


Eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolalar maktabida o‘quvchiIarni



Download 319,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana01.02.2023
Hajmi319,95 Kb.
#906257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
farangiz kurs ishi (1)

2.2. Eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolalar maktabida o‘quvchiIarni 
ahloqiy tarbiyalashning samarali yo’llari 
Zamonaviy tarbiyaning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. 
Tarbiya maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari tarbiya jarayonlari 
mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib 
hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki 
ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog 


faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik 
kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning 
qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. 
Uzoq yillar mobaynida qayd etilgan pedagogik kategoriyalar jamiyat 
ijtimoiy talabi darajasidagi maqsadlami ro‘yobga chiqarish uchun yetarli bo‘lib 
kelgan. Muayyan davrlarda bir guruh pedagoglar tomonidan barcha davrlarda 
amalga oshirilgan pedagog faoliyatning darajasi qoniqarsiz deya baholaganlar. 
Ular, xususan, pedagogik tushunchalarga berilgan ta’rif va tavsiflaming noaniqligi, 
tarbiya jarayonlarini tavsiflovchi ba’zi kategoriyalaming yetishmasligi, tarbiya 
maqsadi, mazmuni, shakli, uslubi va o‘qitish vositalari o‘rtasida o‘zaro 
uzviylikning mavjud emasligi kabi holatlami doimiy ravishda tanqid qilib 
kelganlar. Ular tomonidan «metodika» tushunchasi yuqori darajadagi 
subyektivlikka ega ekanligi ta’kidlanadi. Haqiqatda esa tarbiya natijalari 
o‘quvchining pedagogik jarayonlaridan muvaffaqiyatli «o‘tganligi» bilan 
belgilanadi. 
Pedagogik jarayonning mohiyati - o‘qituvchi hamda o’quvchining 
birgalikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog o‘quvchiga 
yuzaga kelgan qiyinchliliklami yengishga yordam beradi. Pedagogik 
yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning tavsifi, uning ma’lum 
maqsadga yo‘naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash 
borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalandi. Pedagog axborotlami e’ion 
qilish, ko‘rsatish, eslatish, tushuncha yoki maslahat berish, yo‘naltirish, 
haqqoniylashtirish, kengashish, bartaraf etish, hamdardlik qilish, ilhomlantirish, 
qiziqish va hurmatni izhor qilish, talabchanlikni qo‘llab-quvvatlash kabi 
vo'rinishlarda yordam beradi. 
Zamonaviy tarbiyalash texnologiyalari - majmuaviy integral (butun, uzviy 
bog'liq) tizim boiib, unda tarbiya maqsadlari asosida belgilangan ko‘nikma va 
malakalar o‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, ularda muayyan 
ma’naviy-axloqiy sifatlami tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat 


elementlarining ma’lum tartibga solingan to‘plami sifatida aks etadi. Bu o'rinda 
tarbiya maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va 
ishlab chiqish (nima?), tarbiya jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), tarbiya metod 
va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, o’qituvchilar 
malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo‘l bilan?) 
inobatga olinishi lozim. Keltirilgan mezonlaming majmuaviy tarzda qoilanilishi 
o‘quv jarayonining mohiyati va texnologiyasini belgilab beradi. 
Pedagogik vazifani belgilashda quyidagilarni inobatga olish maqsadga 
muvofiqdir: 
- tarbiya maqsadlarini tahlil etish asosida o‘quv predmeti mazmunini aniqlash; 

o‘quv predmeti axborot tuzilmasini ishlab chiqish va uni o‘quv unsurlari 
tizimi ko‘rinishida ifodalash; 

o‘quvchilaming o‘quv unsurlarini o‘zlashtirilish darajalarini avvaldan 
belgilash; 

o‘quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash (bu ko‘rsatkich o‘quv 
predmetining mazmuni asoslanadigan o‘quv materialini o‘zlashtirganlik 
darajasidan kelib chiqadi); 

moddiy baza hamda tarbiyaning tashkiliy shakllariga qo‘yiladigan 
chegaralami belgilash.
Pedagogik vazifalaming hal etilishini ta’minlovchi o‘qitish 
texnologiyasini loyihalashga qaratilgan o‘qituvchi faoliyati tarbiyaning metod, 
shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
pedagog faoliyati uchta asosiy omil bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot 
almashish jarayonining turi, axborotni uzatish vositalarining tiplari va bilish 
faoliyatini boshqarish. 0‘qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish 
konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkil etish quyidagi mantiqiy ketma-ketligini 
asoslash mumkin. Dastlab o‘quv materiali mazmunining tavsifi, uni o‘rganishdan 
ko‘zlangan maqsad (o‘zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning 
qo‘yilish shartlari tahlil etiladi. So‘ngra, o‘qitishning mos ravishdagi metodlari 
hamda o‘quvchilaming bilish faoliyatini boshqarish tizimi ishlab chiqiladi. Shu 


asosda o‘qitish vositalarining ro‘yxati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan 
metod va tarbiya vositalarining yaxlit tizimi tashkiliy shakllar bilan 
uyg‘unlashtiriladi, ya’ni, muayyan texnologiya ishlab chiqiladi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida tarbiya jarayonini samarali tashkil 
etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish masalalari yetuk 
mutafakkirlar hamda ilg‘or pedagoglarning diqqat-e’tiborlarini jalb etib kelgan. 
Yosh avlod tarbiya tarbiyasini tashkil etishning ushbu jihatlari o‘z davrida Abu Ali 
ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Y.A.Komenskiy, D.K.Ushinskiy, Abdulla Avloniy, 
Hamza Xakimzoda Niyoziy, Abduqodir Shakuriy va boshqalar tomonidan 
o‘rganilgan. Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek, ilm- fan, 
texnika va ishlab chiqarish sohalarida ro‘y berayotgan ilmiy yangiliklaming son va 
sifat jihatidan keskin o‘sib borishi o‘z- o‘zidan o‘quvchilarga ular borasida tezkor 
sur’atda va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Ushbu 
talabning ijobiy ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy 
bilimlami o‘zlashtirishning qulay, maqbul shakli bo‘lgan tarbiya jarayonida 
amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil 
etilishi o‘quv manbalari (o‘quv dasturi, rejasi, darslik, qo‘llanmalar) 
saviyasi,shuningdek, pedagogning bilim darajasi va pedagogik mahoratiga 
bevosita bog‘liqdir. 
Tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologivalami qoilashda o‘quv 
dasturi mazmunining mukammalligi, darslik hamda qo‘llanmalaming zamonaviy 
talablar asosida yaratilganligi, o‘quv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy 
xususiyatlariga ko‘ra yagona maqsadga erishish uchun xizmat qilishi, 
mashg‘ulotlami samarali tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart- 
sharoitlaming mavjudligi, o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy, samimiy 
munosabatlaming qaror topishi kabi masalalar inobatga olinadi. 
Tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalami muvaffaqiyatli qo‘llashning yana 
bir omili - bu muayyan, yaxlit tarbiyaiy jarayonni oldindan loyihalash, o‘quvchilar 
tomonidan o‘zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko‘nikma va malakalar 


darajasini tashxislash hamda tarbiya maqsadining muvaffaqiyatli natijalanishini 
avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir. 
Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot 
institutlari, xalq tarbiyai muassasalari va oliy o‘quv yurtlari oldida o‘quv jarayonini 
loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o‘quv muassasalarida shakli, metod va 
vositalaridan qat’iy nazar tashkil etiladigan tarbiya jarayoni uchun birdek xizmat 
qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir. 
Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo‘lga kiritilgan, ular to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi, 
chunonchi, 
B.P.Bespalko, 
M.V.Klarin, 
V.Slastenin, 
M.O.Ochilov, 
N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali 
xabardor boiishimiz mumkin. 
Quyida biz yuqorida nomlari keltirilgan pedagog olimlaming nazariy 
qarashlariga tayangan holda tarbiya jarayonini loyihalash borasidagi shaxsiy 
mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz. 
Tarbiya maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o‘qituvchi, 
shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini muayyan yo‘nalishga solish, tarbiya 
maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish, tarbiya jarayonida yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, 
mavjud shart- sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi. Ikkinchi 
bosqich natijasi o‘quv predmeti (faoliyat mazmuni)ning mavzusi bo‘yicha yagona, 
umumiy hamda xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifalami qayd etish bilan 
tavsiflanadi. «Tarbiya texnologiyasi» tushunchasi «tarbiya metodikasi» 
tushunchasiga nisbatan kengdir. Tarbiya metodi - o‘quv jarayonining majmuaviy 
vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi 
faoliyati usuli bo‘lsa, tarbiya metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini 
o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi. 
Tarbiya texnologiyasi - tarbiya maqsadiga erishish jarayonining umumiy 
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan tarbiya jarayonini yaxlit tizim asosida, 


bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan 
metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli 
foydalanish hamda tarbiya jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
Eshitishida nuqson bo‘lgan bolalarning axloqiy tarbiyasiga oila, jamiyat muhim 
ta’sir qiladi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning axloqiy tarbiyasida maktab asosiy 
o‘rin egallaydi. 
Ahloqiy tarbiyaning mazmuni va vazifalari eshitishida nuqsoni bo‘lgan 
bolalarning 
maktab-internati 
bolalar axloqiy 
odatlarini 
shakllantirishga 
yo‘naltirilgan bir necha vazifalami hal qiladi. 
Ahloqiy odatlaming ba’zi birlarini eshitishida nuqsoni boigan bolalar tarbiya 
muassasasiga joylashgunga qadar o‘zlashtirib oigan bo‘ladilar. Bular asosan 
gigiyenik malakalardir. Xulq-atvor madaniyati, yashash malakasi madaniyati, 
jamoada ishlash kabi ko‘pgina axloqiy odatlar toiiq shakllanmagan boiadi. 
Surdopedagogning vazifasi axloqiy odatlami aniqlash va ulaming ko‘lamini 
kengaytirishdan iborat. Maktabda mehnat va dam olishni ko‘rib chiquvchi yagona 
kun tartibini o‘rnatish muhim shartlardan biri hisoblanadi. Maktab-intematda 
o‘quvchilaming faoliyati turlichadir: sinfdagi navbatchilik, sanitar majburiyati, 
maktab uchastkasidagi ish, bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish, kun tartibini nazorat 
qilish, ichki tartib-intizomga bo‘ysunish va boshqarish, o‘rtoqlarining harakatlarini 
tekshirish va rejalashtirish malakasini o‘zlashtiradilar. Har kuni turli faoliyatlarda 
ishtirok etish, axloqiy odatlaming shakllanishini ta’minlaydi. 0‘z-o‘ziga xizmat 
ko‘rsatish gigiyenik va mehnat malakalarini takomillashtiradi. Hamkorlikdagi 
mehnat faoliyati murakkab axloqiy odatlar: jamoada o‘zini tutish, jamoa 
munosabatlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Ahloqiy odatlami shakllantirish pedagogik yordam va har kungi 
mashg‘ulotlarni talab etuvchi uzoq davom etuvchi jarayondir. Kar va zaif 
eshituvchilarda rivojlanganlik sharoitida har bir yangi harakat nomlanishi talab 
qilinadi.Ayni paytda axloqiy odatlaming ko‘lami kengayadi, nutq rivojlanadi 
(lug‘at boyiydi, muloqot uchun sharoit yaratiladi) so‘z talab etilayotgan harakatni 


chuqurroq anglash imkoniyatini beradi, “yaxshi”, “yomon” kabi boshlang‘ich 
ahloqiy tushunchalami shakllantiradi. 
Ahloqiy xulq-atvomi tarbiyalash o‘quvchilardan faollikni talab qiluvchi 
jarayondir. Eshitishida nuqsoni boigan bolalarda faollik past, mustaqillik to‘liqsiz. 
Ularning faolligi va mustaqilligini rivojlantirish uchun pedagogning yordami talab 
etiladi. Bunga esa o‘quvchilarga turli topshiriqlar berish orqali erishiladi. 
Tarbiyachining bolalarga qiladigan e’tibori juda katta ahamiyatga ega. 
Xulosa 
Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi 
namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar 
bo‘lib yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat 
insonni ulug‘lash masalalariga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo‘lamiz. 
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki 
ijodi namunalari topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda 
mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o‘zlashtirish muhim hayotiy 
zarur ekanligi ta’kidlanadi. 


Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr 
Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», 
«Minerologiya», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Yusuf Xos 
Hojibning «Qutadg‘u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi 
ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida 
muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi 
xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda chol to‘rt 
o‘g‘liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo‘lsa, o‘sha oila boshlig‘i bo‘lib qoladi», 
degan so‘zlariga o‘g‘illaridan biri zumrad ko‘zli oltin uzugi, ikkinchisi zarbof 
choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamaraini ko‘rsatadi. 
Kenja o‘g‘il esa otasining savoliga «Menda zumrad ko‘zli uzuk ham, zarbof 
chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo‘q. Lekin mehnatkash qo‘lim, botir 
yuragim, aqlli boshim bor», - deydi va otasi uni oila boshlig‘i qilib, uy-ro‘zg‘orini 
meros qoldiradi. 
Ko‘rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli 
qila oladigan narsa q mehnat degan g‘oyani ilgari surgan. 
Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda 
hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Maslan: 
Daryo suvini bahor toshirar,
Inson qadrini mehnat oshirar. 
Oltin o‘tda bilinar,
Odam mehnatda. 
Mehnatda do‘st ortar,
G‘iybatdan dushman. 
kabi maqollar shular jumlasidandir. 


Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini 
ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, 
tabiblar va boshqalar haqida so‘zlab, ularning jamiyat hayotidagi o‘rniga alohida 
to‘xtalib o‘tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va 
chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni 
jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta’riflaydi. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar bu jamiyatda ma’lum 
ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida 
o‘quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta’sir etishdir. 

Download 319,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish