1.2. Axloqiy tarbiya - ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida
Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim? Bunday
masalalami hal etishda awalo mamlakatimizda siyosiy - ijtimoiy sohalarda yuz
berayotgan islohotlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga
to‘g‘ri keladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa,
XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo‘lib kirib keldi. Biroq, fan-texnika
qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish
jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida
shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq
pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga tayanib ish ko‘rish
zarur bo‘ladi. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda
Sharq mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturil amal
ahamiyatiga ega bo‘ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn
Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad
Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek,
Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur
allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. 0‘z o‘tmish madaniy merosini chuqur o‘rganmagan va
e’zozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o‘tgan tarixiy yo‘lni idrok etmagan, milliy
mustaqillik yoiida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor bo‘lmagan
inson o‘zligini hech hachón anglab yetolmaydi. 0‘tmish madaniy merosini
o‘rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari
surilgan ezgu g‘oyalami yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli
hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur. Tarbiya maqsadi va vazifalari.
Tarbiya tarixiy - ijtimoiy tajribaga tayangan holda shaxsni ma’lum maqsad asosida
ijtimoiy hayotga tayyorlovchi faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda
ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha
ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni
ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya maqsadi kelajakda nimaga
erishish, uning uchun qanday sayi -harakatlami amalga oshirish bilan bog‘liq
jarayondir. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat dasturi asosida
tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Maqsadsiz, ma’lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya maqsadi
asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi
metod va usullar aniqlanadi.
Tarbiya
maqsadining
muammosi
pedagogikaning
dolzarb
masalalaridan biri sanaladi. Tarbiya maqsadi umumiy va individual
xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va individual
maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo‘naltiriladi
hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, tarbiya maqsadi - bu
tarbiya orqali hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va
ko‘lamiga ko‘ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. Tarbiya maqsadi
qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘pgina obyektiv sabablar muhim o‘rin
tutadi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi,
falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy
yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati bo‘lib
qolaveradi.Hozirgi paytda 0‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng
iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ulami ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan
kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o‘zlashtirib olishlari
uchun g‘amxo‘rlik qilmoqda. 0‘zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib,
ko‘pgina yoshlaming Turkiya, Xitoy,
Yaponiya, AQSH, Germaniya kabi rivojlangan
xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin
dalilidir.Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasining «Tarbiya to‘g‘risida» Qonunni
hayotga joriy etish, tarbiya-tarbiya, sog‘liqni saqlash hamda umumiy tibbiyot
muammolarini zamon talablari daraj asida olib borish, maktablami milliylashtirish,
o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini test usulida o‘tkazish
borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar o‘z samarasini bermoqda. Jamiyat
ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik,
iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqib at, keksalarga hurmat singari insoniy
fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh avlodga oila,
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy tarbiya tizimida amalga
oshirilayotgan tarbiya-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi. 0‘sib
kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib
shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari -aqliy, ma’naviy-
axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyani
tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ulaming samarali
yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim
vazifalardir. Ahloq - ijtimoiy ong shakllaridan boiib, insonlaming o‘zi, do‘st-
birodarlari, jamoa a’zolari va tabiatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi
xulq-odob qonun-qoidalarining majmuidir. Ana shu xulq-odob qonun -qoidalarini
o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sir
axloqiy tarbiya deb nomlanadi. Ahloqiy tarbiya - jamiyat tomonidan tan olingan
axloqiy meyorlar va xulq - odob qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga
singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat jarayoni, ijtimoiy
tarbiyaning tarkibiy qismi. Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidan
Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va
e’tiqodli boiganligini tasvirlaydi. 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Kattalami hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrihohlik
bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi - kishilar o‘rtasidagi
munosabatlaming meyori hisoblanadi. 0‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-
muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida
hurmat-ehtirom 0‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir». Qur’oni Karim va Hadisi
Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan
milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida o‘z ifodasiga ega bo‘lgan.
Sharq mutafakkirlari Muhammad al - Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali
Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al - Farg‘oniy, Imom Ismoil al -Buxoriy,
Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay
Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoy va Zahiriddin
Muhammad Bobur va boshqalaming axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham
o‘z ifodasini topgan.
Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, unda ota-ona, o‘qituvchi,
jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ulaming ishida izchillik va
davomiylik bo‘lishiga rioya etish, talabalaming tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya
usullari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiya
ishida tarbiyani oshiradigan barcha bo‘g‘inlaming (oila va maktab, o‘quvchilar va
shlar tashkilotlari, maktabdan tashari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish
korxonalarining, keng jamoatchilikning) hamjihat va bamaslahat ish ko‘rishni
ko‘zda tutadi.Chunki tarbiyaviy ta’sirdagi tizimlilik faqat yoshlami emas, balki
aholining barcha qatlamini tarbiya tizimiga jalb qilishdagi rang-barang shakl va
usullari ijtmioiy-iqtisodiy ham pedagogik jihatdan, nafaqat tub aholi, balki
respublikadagi
istiqomat
qilayotgan
boshqa
millatlar
va
elatlaming
etnopedogogikasi pozitsiyasi jihatidan ham ta’minlanishi kerak. Ahloqiy tarbiya -
o‘quvchilarda axloqiy xulq-atvomi to‘g‘ri yo‘naltirish va tizimli shakllantirish
jarayonidir. Bu jarayon tarbiyachi va tarbiyalanuvchining ma’naviy muloqotida
yuzaga keladi. SH.Amonashvili va I.Ivanova kabi tashabbuskor pedagoglaming
fikricha, shaxs shakllanishi uchun sharoit yaratib beriladi.Eshitishida nuqsoni
boigan bolalar maktabda mustaqil mehnat hayotiga kirishishi uchun tayyorgarlik
ko‘radilar. Ulaming jamiyatga ijtimoiy moslashishi ko‘p jihatdan axloqiy
rivojlanish darajasiga bog‘liq. Ba’zi olimlar eshitish nuqsonining ideologik
tushunchasiga tayanib, kar va zaif eshituvchilarning ahloqiy rivojlanishi
imkoniyatlarini inkor etishgan, ularni to‘liqsiz deb qabul qilishgan. Kar va zaif
eshituvchilardagi jahldorlik, qo‘rqoqlikni mazkur pedagoglar ulardagi tug‘ma sifat
deb hisoblaydilar. Ushbu fikrlarga V.I.Fleri, G.A.Gursov, N.M.Lagovskiy kabi
surdopedagoglar qarshi chiqqanlar. V.I. Fieri ba’zi bir kar va zaif eshituvchi
bolalarda axloqiy rivojlanishida nuqsonlar mavjud, lekin ular toiiqsiz tarbiya va
tarbiya natijasida yuzaga keladi, deb hisoblangan. F.I.Fleri shunday deb yozgan
edi: “Axloqiy sifatlar nuqtai nazardan kar va zaif eshituvchi odam boshqa
odamlardan yaxshi ham, yomon ham emas.” Ahloqiy tarbiyaning asosiy omili
faoliyat hisoblanadi (mehnat, o‘yin, o‘quv -jamoat) va har qanday faoliyat turida
yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |