2 G‘arb sotsiologiyasida stratifikatsiya nazariyasi. G‘arb sotsiologiyasida an’anaviy ravishda jamiyatning sotsial strukturasini stratifikatsiya nazariyasi (strata- qatlam) nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadilar.
Ularning fikricha, stratifikatsiya – jamiyatning shunday tuzilishiki, bunda bir individlar, sotsial guruh boshqasiga qaraganda ko‘proq mol-mulkka ega, boshqalari esa umuman hech narsaga ega bo‘lmasliga mumkin. Sotsiologlarning fikricha, bu holatni hal qilishning umuman iloji yo‘q. U bir biriga mutlaqo qarama – qarshi bo‘gan ikkita haqiqatga tayanadi.
Bir tomondan jamiyatning stratifikatsiyasi salbiy oqibatlarga olib keladi, u sotsial ziddiyatlardan inqiloblargacha olib kelishi mumkin. Stratifikatsion tizim tubidagi odamlar jismoniy ham ma’naviy jihatdan huquqlari cheklangan bo‘ladi. Lyumpen jamiyat, ishsiz, och odamga bo‘lgan sotsial shafqat tushunchasini tasavvur qilish mumkin.
Boshqa tomondan, stratifikatsiya odamlarni, sotsial guruhlarni tadbirkorlik, jamiyatning taraqqiyotiga undaydi.
Umuman olib qaraganda, G‘arb sotsiologiyasida stratifikatsiya nazariyasi asoschisi M. Veber hisoblanadi. U sotsial holat faqat mol – mulkning holati bilan belgilanmaydi, deb hisoblaydi. Kambag‘allashib qolgan bo‘lsada katta siysiy ta’sirga ega aristokratlar, generallar bor. YOki masalan, Germaniyaning katta tadbirkorlari katta mol – mulkka ega bo‘lib turib, millati nemis bo‘lmaganligi uchun hech qanday ijtimoiy siyosiy mavqega ega emaslar. M.Veberning fikricha, Marksning tabaqalanishga nisbatan yondashuvi juda sodda, shuning uchun stratifikatsiyani uch yo‘nalishda aniqlash lozim: mulk, nufuz, hokimiyat, chunki aynan ular istalgan odamning yoki “sotsial” guruhning mavqeini belgilab beradi. Ularga qarab uch guruhni ajratamiz: quyi, o‘rta va yuqori. Sotsial struktura moddiy holatga qarab kengayib boradi. Jamiyat stratifikatsiyasining moddiy holat bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, sotsial ierarxiyaning yuqorisi va quyisida joylashgan 10% aholining moddiy ko‘rsatkichi sanaladi. Ularning munosabati ziddiyatlarning aniq darajasini, jamiyatning ziddiyatlilik darajasini ko‘rsatishi mumkin. Bu ikki sotsial guruh orasida o‘rta sinf ham bo‘lishi lozim: ularga o‘rta va kichik tadbirkorlar, malakali ishchilar, intelligensiya davlat mansabdorlari, bank xizmatchilari. O‘rta qatlamdagilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning sotsial holati shuncha yaxshi bo‘ladi, jamiyat barqaror rivojlanadi, u shunchalik sotsial ziddiyatlardan himoyalangan bo‘ladi.
M.Veber mulkka egalikka unchalik ahamiyat bermagan. Mol – mulkka egalik qilmay ham odam yohud jamiyat ma’lum bir mavqega, hokimiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tashkilotlardagi yuqori malakali menejer. Insonning nufuzi ham sotsial strukturada uning o‘rnini aniqlab beradi. Masalan, sportchi, aktyor, modelning nufuzini iqtisodiy foydaga almashtirish mumkin. Siyosiy hokimiyat ham iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘lmaydi.
Real jamiyatda turli variantlar mavjud bo‘lishi mumkin. Odam boy bo‘lishi, biroq ma’lum bir mavqega, oliy ma’lumot, siyosiy ta’sirga ega bo‘lmasligi mumkin. G‘arb sotsiologiyasida bunday holat “nomuvofiqlik statusi” deb yuritiladi. Nomuvofiqlik maqomini his qiluvchi odamlar norozilik, hafsalasizlik kayfiyatida, ekstremizmga moyil bo‘ladilar. Agar insonning bir holatda martabasi ulug‘ bo‘lsayu, boshqa holatda martabasi yuqori bo‘lmasa, u o‘z martabasini ko‘z – ko‘z qilishga urinadi va odamlar unga baho berayotganlarida avvalo uning quyi martabasinigina ko‘radilar. Ziddiyatlarning asosi ham mana shunda.
Masalan, universitet professorlari ularni saviyasi darajasiga, ilmiy yutuqlariga qarab baholanishlarini hohlaydilar. Biroq universitetdan tashqaridagilarning ko‘pchiligi ularning talablarni rad etadilar, sababini esa ularning siyosiy ta’siri, boyligi va hokimiyatining yo‘qligi bilan izohlaydilar. “Vulgar boyvachcha” iborasi ko‘pgina boylarning nomuvofiqlik maqomini ko‘rsatib turadi.
Zamonaviy stratifikatsion ta’limotlarning asosiy tamoyili bo‘lib, T.Parsons, L.Uorner, B.Barber va ushbu yo‘nalishning boshqa namoyondalarining funksionalizm nazariyalari sanaladi. Ular sotsial tengsizlikni “jamiyatni saqlab qolishi uchun zarur holat, ularning qismlari o‘zaro aloqador va muvozanatda” deb bilganlar.
T.Parsons istalgan jamiyatda stratifikatsiyaning maqsadi ma’naviy baho, qadriyatlar tizimi deb qaragan, ularni atamalarda ifodalasak, turli sotsial birliklarga baho berish imkoniga ega bo‘lamiz.
K.Devis va G.Murning ta’limotlarida sotsial stratifikatsiya nazariyasi funksional zaruriyat va har bir jamiyatdagi stratifikatsiya nazariyasining universal mavjudligi kabilarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ular uchun stratifikatsiya moddiy boyliklar va sotsial mavqenining noteng taqsimlanganligidir.
Amerikalik sotsiolog Elton Jonson o‘zining stratifikatsion tadqiqotlarida individlarning sotsial mavqeini uchta asosiy belgi bo‘yicha aniqlaydi: mashg‘ulot turi, ma’lumoti, va insonning irqiy – etnik guruhi.
Ma’lumoti oliy, o‘rta va quyi. YUqori mavqega o‘z vaqtida shunchaki universitetni tamomlaganlar emas, obro‘li universitetlarni tamomlaganlar kiritilganlar.
Irqiy – etnik guruh. AQSHga xos hususiyatlardan kelib chiqib, u kelib chiqishiga ko‘ra irlandlar guruhini, ikkinchisiga italyanlar guruhini (oq tanlilar orasida), uchinchisiga oq va sariq irq vakillarini kiritgan.
Uch guruh bo‘yicha individual mavqelarni birlashtirib, konkret odamlarning muvofiqlik maqomini aniqlash mumkin. CHiqindi tashuvchi yoki taksi haydovchisi, oliy ma’lumotli oq amerikalik – bu bitta mavqe. Qora tanli, ma’lumotsiz shahar meri – bu ikkinchi maqom. Stratifikatsion tizimda alohida shaxs yoki guruhning ijtimoiy mavqeini bashorat qilish odamning xulqini, uning konkret voqealaga reaksiyasini, ijtimoiy ziddiyatlarga munosabatini va boshqa ko‘plab masalalarni prognozlashtirish imkonini beradi.
Stratifikatsiya nazariyasi – bu hayotdagi xilma xillikni tushuntirishga asosdir. Nega puli bor odamlar metsenatga aylanadi? Nega universitet professorlari ishlab chiqarishga ketib qolishadi? Nega Rossiyada aralash oilada tug‘ilganlar o‘zlarini rus, O‘zbekistonda tug‘ilganlar esa o‘zbek deb yozdirishadi? Nega shaharliklar viloyatliklarga past nazar bilan qarashadi?
SHunday qilib, ijtimoiy – sinfiy struktura tahlili zamonaviy sotsiologik nazariyaning muhim qismi, shuningdek, ijtimoiy amaliyot uchun nazariy asos sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |