3. Inflyatsiya riskini kamaytirishning xorij tajribalari.
Inflyatsiya ayniksa utish boskichida turgan iktisodiyotga juda ogir ta`sir kursatadi.Buning sababi bozor iktisodiyoti yulida goyat muxim kadam bulgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan.Bunday narxlarni erkinlashtirishning kanday natijalarga olib kelishini oldindanok aytib berish mumkin:xamisha takchil bulib kelgan tovarlarning narxlari oshib ketadi. Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki xukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o‘zining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutgan. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.
Unga ko‘ra, istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexa- nizmlarini rivojlantirish zarur.
Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Iqisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishning yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o‘z navbatidi YAIMning o‘sishini ta’minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida ulkan natijalar ko‘zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash;
mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;
xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o‘sishini ta’minlash;
narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida bank kreditlarini aynan iq tisodiyotning real sektoriga jalb etilishini ta’minlash;
aholining iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;
moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish;
aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish.
2019 yilning mart oyida oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o’sishi borasidagi etakchilik meva-sabzavot hamda sut mahsulotlari guruhiga tegishlidir (narxlar mos ravishda 4,5% va 1,5 %ga qimmatlashgan). Tuxum narxlari esa ketma-ket ikki oy davomida arzonlashgan (fevralda 0,2 %, mart oyida 1,2 %).
Yil boshiga nisbatan umumiy hisobida meva-sabzavot mahsulotlari uch oy davomida 17,7 %ga, jumladan, mevalar 21,9 %, sabzavotlar 20,5 % va kartoshka 1,3 %ga qimmatlashgan.
2018 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning ko’tarilish borasidagi keyingi etakchi o’rinlarni sut mahsulotlari (8,1%) ovqatlanish band etgan (8,0 %).
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldinti inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig`imlar assoida yig`ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo`lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to`lovga qobiliyatli talab o`rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog`liq siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:
1) Pul islohotlarini amalga oshirish;
2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi. Deval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo`yishdan iborat. Deval`vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:
1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;
2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z
mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgan paytda suzib yuruvchi almashuv kursi markaziy bankka, mamlakatning xo`jalik sub`ektlariga ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlar natijasida favqulodda yuzaga keladigan o`zgarishlarga moslashish imkonini berishi mumkin. Bundan tashqari, suzib yuruvchi almashuv kurslari mamlakatga xorijiy kapitallarni oqib kelishini kuchaytirish mumkin, buning natijasida esa milliy valyutaning almashuv kursi ko`tariladi, va bu holat, uning kursini ma`lum darajada foydalan almashuv, kursidan orqali nishon sifatida foydalanmaslik (kursning o`zgarishiga befarq munosabatda bo`lish) inflyatsiya jarayonlarinii kuchayib ketishiga olib kelishi ham mumkin.
inflyatsiya bilan kurashish kerak, chunki u ko'plab odamlarni qashshoqlik chegarasidan pastga tushiradi. Hayot kundan-kunga qiyinlashmoqda, shuning uchun inflyatsiyani qanday to'xtatish va mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni normallashtirishni tezda hal qilish kerak. Lekin jiddiy inflyatsiya bilan kurashish usullari v Ushbu holatda faqat davlat tomonidan ishlatilishi mumkin, chunki bunday vaziyatda aholi hech narsaga ta'sir qila olmaydi.
Hukumat qilish kerak bo'lgan birinchi narsa - bu tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabni kamaytirishdir. Narxlar darajasining ko'tarilishi bilan ko'pchilikning moddiy ahvoli keskin yomonlashayotganiga va talabning pasayishiga qaramay, aholining hashamatli tovarlarni sotib olishga qodir va inflyatsiyadan aziyat chekmaydigan qatlamlari mavjud. Aynan shu odamlarga hukumat cheklovlari yoki soliqlarning oshishi ta'sir qilishi kerak.
Shuningdek, byudjet taqchilligini kamaytirish kerak. Eng oson yo'li - chop etish mashinasini ishga tushirish. Ammo bu inflyatsiyadan qutqarmaydi - aksincha, vaziyatni yanada og'irlashtiradi. Shuning uchun xarajatlarni kamaytirishning boshqa usullaridan foydalanish kerak. Masalan:
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega: bu imtiyozli soliqqa tortish, subsidiyalar berish va boshqalar bo'lishi mumkin.Bunday chora-tadbirlar tovar massasining ko'payishiga va import qilinadigan tovarlarning ichki bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi kerak. Ammo mamlakatning ishlab chiqarish sohasi talabni qondira olmasa, mahsulot taqchilligidan qutulish uchun import tovarlarni jalb qilish kerak.
Iqtisodiyotning tuzilishi.
Iqtisodiyotimizning bozor munosabatlariga o‘tishi pul qiymatini keskin oshirdi. Valyuta iqtisodiyoti muammolari milliy iqtisodiyotni qayta qurishning amaliy chora-tadbirlarida ham, nazariy tadqiqotlarda ham asosiy muammolarga aylanadi. Shu bois iqtisodiy matbuot sahifalarida bu masalalar qizg‘in muhokama qilinayotganiga qaramay, ularning dolzarbligi pasaymayapti. Inflyatsiya jarayonlarini tahlil qilishning yuqori narxi, ko'p sonli operatsion omillar to'g'ri pul-kredit siyosatini ishlab chiqishni qiyinlashtiradi.
Mamlakatimiz tajribasidan ko‘rinib turibdiki, boshqa mamlakatlar qatori bozor munosabatlariga o‘tish narxlarning tez o‘sishi va inflyatsiya omillari ta’sirining kuchayishi bilan kechmoqda. Bozor munosabatlariga o'tishning o'zi inflyatsiyaning chuqurlashishiga sabab bo'ladimi yoki bu munosabatlarda ilgari to'plangan inflyatsion salohiyat o'zining real ifodasini oladimi, buni to'g'ri baholash juda muhimdir.
Shubhasiz, bozor munosabatlari sharoitida inflyatsiyani sun’iy ravishda jilovlash imkoniyatlari keskin qisqaradi. Shu bilan birga, bozorga o‘tish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda nomuvofiqlik, ayrim qadamlarning puxta o‘ylanmaganligi mavjud qiyinchiliklarni yanada kuchaytirib, inflyatsiya jarayonlarini kuchaytirmoqda.
Ko'pgina mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatdiki, uzoq muddatli operatsiya
markaziy rejalashtirish, qoida tariqasida, buzilishga olib keladi
moddiy va pul oqimlarining balansi.
Tovar aylanmasini ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori nima bilan belgilanadi? Avvalo, ma'lum bir davrda sotilishi kerak bo'lgan tovarlar narxlari yig'indisidan, aytaylik, bir yil. Qanchalik ko'p tovarlar bo'lsa, shuncha ko'p kerak bo'ladi pul birliklari ularni amalga oshirish uchun.
Muomaladagi pul birliklari sonining tovar baholari yig'indisidan oshib ketishi va bu pullarning tovar bilan ta'minlanmagan ko'rinishi inflyatsiyani anglatadi. Bu tovarlar narxining oshishiga olib keladi (aniq yoki yashirin). Shuning uchun narxlar indeksi inflyatsiyaning mavjudligi yoki yo'qligi va uning chuqurligining asosiy va eng aniq ko'rsatkichlaridan biridir. Inflyatsiya turli omillar ta'sirida yuzaga kelishi mumkin. Bu ortiqcha miqdordagi pul birliklarini ozod qilish va samarali talabning o'sishidan tovar ishlab chiqarishning orqada qolishi va bozorga talab bo'lmagan tovarlarning kirib kelishidir.
Inflyatsiya - moliyaviy kanallarning qog'oz pullar bilan to'lib ketishi, bu ularning qadrsizlanishiga olib keladi.
Inflyatsiya - bu pul hodisasi, lekin u pulning qadrsizlanishi bilan cheklanmaydi. U iqtisodiy hayotning barcha sohalariga kirib boradi va bu sohalarni yo'q qila boshlaydi. Bundan davlat, ishlab chiqarish zarar ko'radi, moliya bozori lekin eng ko'p odamlar azoblanadi. Inflyatsiya davrida: 1. Pulning oltinga nisbatan qadrsizlanishi; 2. Tovarga nisbatan pulning qadrsizlanishi; 3. Pulning chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanishi.
Inflyatsiya sabablarini tushuntirishlar turlicha. Ba'zi iqtisodchilar (J.M.Keyns va uning izdoshlari) buni to'liq bandlik holatida, ya'ni talab tomondan talabning haddan tashqari ko'p bo'lishi bilan izohladilar. Boshqalar - neoklassiklar sababni ishlab chiqarish xarajatlari yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o'sishida, ya'ni taklif tomonida qidirdilar. Ko'rinib turibdiki, bu baholar biryoqlama va haqiqatni ikkita qarama-qarshilik sintezidan izlash, ya'ni inflyatsiyani talab va taklif tomonida tushuntirish kerak. Talab va taklif o'rtasidagi nomutanosiblik, daromadning iste'mol xarajatlaridan oshib ketishi davlat byudjeti taqchilligi (davlat xarajatlari daromaddan oshib ketishi) natijasida yuzaga kelishi mumkin; ortiqcha investitsiyalar (investitsiyalar hajmi iqtisodiyot imkoniyatlaridan oshib ketadi); ishlab chiqarishning o'sishi va mehnat unumdorligining oshishi bilan solishtirganda ish haqining sezilarli darajada o'sishi; davlatning o'zboshimchalik bilan o'rnatilishi. talab miqdori va tarkibida buzilishlarni keltirib chiqaradigan narxlar; boshqa omillar.
Mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligining keskin keskinlashuvi 1980-yillarning ikkinchi yarmida yuz berdi. 1985-1989 yillarda davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi tafovut 18 dan 120 milliard rublgacha yoki mamlakat milliy daromadining 3,5 dan 19 foizigacha o'sdi. Defitsitning ortishi pul muomalasiga katta zarar yetkazdi va inflyatsiyani kuchaytirdi.
Bundan tashqari, inflyatsiyaning tabiatiga nisbatan biroz boshqacha qarash mavjud, bu mutlaqo tabiiydir, chunki inflyatsiya o'ta murakkab, qarama-qarshi, etarlicha o'rganilmagan jarayondir. Ayrim iqtisodchilarning fikricha, inflyatsiya deganda iqtisodiyotdagi narxlarning umumiy darajasining oshishi tushunilishi kerak. Bu nuqtai nazarga qarshi bahs yuritib, L.Geyne shuni esdan chiqarmaslik kerakligini yozgan edi: nafaqat tovarlarning narxlari, balki ularning qiymatining narxlari ham o'zgaradi, ya'ni. puldan. Inflyatsiya - bu ob'ektlar hajmining oshishi emas, balki biz foydalanadigan o'lchagich uzunligining kamayishi. U tabiiy ayirboshlash sharoitida (pul yo'qligida) biz hech qanday tarzda inflyatsiyaga duch kelmasligimizga e'tibor qaratadi, barcha narxlarning bir vaqtning o'zida o'sishi mantiqan mumkin emas edi.
* Tashqi sabablar
Inflyatsiyaning sabablari ham ichki, ham tashqi bo'lishi mumkin. Tashqi sabablarga, xususan, tashqi savdodan tushumlarning qisqarishi, salbiy tashqi savdo va to'lov balansi kiradi. Eksportimizning muhim mahsuloti bo‘lgan yoqilg‘i va rangli metallarning jahon bozorida narxining pasayishi, shuningdek, g‘alla bozorida g‘alla importining sezilarli darajada noqulay sharoitlarda yuzaga kelishi mamlakatimizda inflyatsiya jarayonini yanada kuchaytirdi.
* Ichki sabablar
Keling, ularni Rossiya misolida ko'rib chiqaylik.
Birinchidan, qoida tariqasida, inflyatsiya jarayonlarining manbalaridan biri milliy iqtisodiyot tuzilmasining deformatsiyasi bo'lib, u og'ir sanoat tarmoqlari va ayniqsa, harbiy sohaning aniq gipertrofiyalangan rivojlanishi bilan iste'mol sektori tarmoqlarida sezilarli kechikishda namoyon bo'ladi. muhandislik.
Ikkinchidan, inflyatsiyani yengib chiqa olmaslik iqtisodiy mexanizmning kamchiliklaridan kelib chiqadi. Markazlashgan iqtisodiyotda deyarli hech qanday fikr-mulohazalar mavjud emas edi, pul va tovar taklifi o'rtasidagi nisbatni tartibga solishga qodir bo'lgan samarali iqtisodiy dastaklar mavjud emas edi; ma'muriy cheklovlarga kelsak, ular etarli darajada samarali "ishlamadi". Moliyaviy rejalashtirish tizimida Moliya vazirligi emas, uning uchun “ishlagan” Davlat banki emas, Davlat plan komiteti hal qiluvchi rol o‘ynadi, rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni moliyaviy va pul mablag‘lari bilan hech qanday cheklovlarsiz qo‘llab-quvvatladi.
Inflyatsiyaning bir necha turlari mavjud. Avvalo, narxlarning o'sish sur'ati (birinchi mezon) nuqtai nazaridan ajralib turadiganlar, ya'ni. e. miqdoriy jihatdan. Shu munosabat bilan inflyatsiyaning uch turi mavjud:
Yuqorida ta’kidlanganidek, inflyatsiya talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasidir. Muvozanat birinchi navbatda talab tomonida buzilishi mumkin. Bunday holda talab inflyatsiyasi yuzaga keladi. Talab inflyatsiyasi, agar Evropa Ittifoqi va yalpi talab doimiy yalpi taklifda o'ssa yoki yalpi talabning o'sishi taklifning kengayishidan oshsa, mumkin. Iqtisodiyot ishlab chiqarishi mumkin bo'lganidan ko'proq pul sarflashga harakat qilishi mumkin; u ishlab chiqarish imkoniyatlarining egri chizig'idan tashqarida biron bir nuqtaga moyil bo'lishi mumkin. Ishlab chiqarish sektori ushbu ortiqcha talabni real ishlab chiqarishni ko'paytirish orqali javob bera olmaydi, chunki barcha mavjud resurslar allaqachon to'liq ishlatilgan. Shuning uchun bu ortiqcha talab doimiy real ishlab chiqarish hajmiga narxlarning oshishiga olib keladi va talabning inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasining mohiyati ba'zan bitta ibora bilan izohlanadi: "Ko'p pul juda kam tovarlar uchun ovdir".
Biroq, bir tomondan, yalpi talab va ishlab chiqarish, bandlik va narx darajalari o'rtasidagi munosabatlar, bu sharhda nazarda tutilganidan ko'ra murakkabroqdir. 1-rasm ushbu murakkabliklarni tushuntirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |