Mavzu : Inflyatsiya riski va uning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish yo’llari. Reja: Kirish. Asosiy qism. Inflyatsiya riski tushunchasi, mazmuni va mohiyati. Inflyatsiya riskining iqtisodiyotga ta’siri va uni baholash


Inflyatsiya riskining iqtisodiyotga ta’siri va uni baholash



Download 1,43 Mb.
bet3/9
Sana16.03.2022
Hajmi1,43 Mb.
#496709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moliya kurs ishi

2. Inflyatsiya riskining iqtisodiyotga ta’siri va uni baholash.
Inflyatsiya iqtisodiy ko'rsatkichdir. Umumiy narx darajasi iste'mol tovarlarini belgilangan iste'mol to'plami asosida, ularni iste'mol qilish tuzilishini hisobga olgan holda hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichlarga o'rta va uzoq muddatli tovarlar va ularning xizmatlari kiradi.
Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun ikkita ko'rsatkich qo'llaniladi:

  • Inflyatsiya indeksi,

  • Inflyatsiya darajasi.

Inflyatsiya indeksi yoki narxlarning o'sish sur'ati (IP) hisobot davridagi (P1) tovarlarga iste'mol narxlarining qiymatini mos yozuvlar davridagi (P0) tovarlarga iste'mol narxlarining qiymatiga bo'linib hisoblab chiqiladi. Hisoblash quyidagi formula bo'yicha amalga oshiriladi:
Inflyatsiya indekslari narx darajasi o'zgargan qiymatni belgilaydi (necha marta). Agar indikator birdan ortiq bo'lsa, unda narxlar ko'tariladi va agar indeks birga teng bo'lsa, unda umumiy narx darajasi unchalik harakatchan emas va bir xil darajada qoladi. Agar indeks birdan kam bo'lsa, unda umumiy narx darajasi pasayadi.
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:
PKt

IPTs = ------------ x 100 %
PKb

Bu erda: IPTs – iste`mol narxlarining indeksi;
PKt - iste`mol savatining joriy narxi;
Pkb - iste`mol savatining bazis narxi.
Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so`m bo`lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan.
585 so`m
1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 %
500 so`m
Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko`rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma`lum bir davr mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o`lchash uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o`rganish va uni oqilona boshqarish bo`yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan biri bo`lib Angliyalik taniqli iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag`batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat:
1. mamlakat aholisining ish bilan ta`minlanganligi darajasi ishlab chiqarish xajmi bilan aniqlanadi;
2. umumiy talab taklifga to`g`ri kelmaydi, chunki ma`lum pul mablag`lari jamg`arishga sarflanadi;
3. ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan aniqlanadi;
4. investitsiyalar va jamg`armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda jamg`arma aktlari mustaqil faoliyat ko`rsatadi.
Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo`shimcha pul emissiyasi aholining to`lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarni ko`payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan xaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko`paytiradilar va muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan to`ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya «tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan. O`tgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel` mukofatining laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»11ning boshlig`i Milton Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
  1. «Pullar ahamiyatga egadir», ya`ni kredit – pul sohasidagi o`zgarishlar mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi;




2) Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo`jalik holatidan qat`iy nazar pul massasining barqaror o`sishini ta`minlab turishi lozim.
M. Fridmenning asosiy g`oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat ig`tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat byudjetining holati, ishsizlik darajasi va boshqa makroekonomik ko`rsatqichlardan qat`iy nazar davlatning pul siyosatidagi asosiy vazifasi o`rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g`oya Dj. Keyns g`oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini o`sishidagi cheklovlar va talabni oldinga surgan bo`lsa, M. Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy o`sishini oldinga surgan. Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlaydilar:
- tadbirkorlikning to`g`ridan-to`g`ri rag`batlantirish (foydaga investitsiya qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish);
- davlat xarajatlarini qisqartirish;
- investitsiyaga yo`naltirilgan jamg`armalarning o`sishini rag`batlantirish (mamlakat aholisining jamg`armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog`ozlarga joylashtirish).
O`z mohiyatiga asosan monetaristik siyosat qat`iy siyosat bo`lib, uni amalga oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarqlikni talab etadi. Shuni ta`kidlash lozimki, Dj. Keyns va M. Fridmen yaratgan nazariyalari inflyatsiya bilan oqilona kurash olib borishda mutloq to`liq javob bermaydi. Har ikkala nazariya o`zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham egadir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdagi inflyatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosi hal etishlikni, ularning o`zaro bog`liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflyatsiya va ishsizlik haqiqatda ular o`rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha aniq olingan mamlakatda aholi o`rtasida ishsizlik darajasi past darajada bo`ladi. O`z vaqtida uning aksi inflyatsiya darajasi yuqori bo`lgan holatda, ishsizlik darajasi past bo`ladi. Biz buni quyidagi grafikda ko`rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, inflyatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Odatda inflyatsiyani ikki xilga talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga ajratiladi. Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish