3.SSSRning tashki siyosati
Stalin xukmronlik kilgan yillar Sovet davlatining xorijiy mamlakatlar bilan xalkaro munosabatlari tarixidagi eng ogir davr buldi. Stalin ma’muriyati xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-madaniy alokalarni tuxtatish, xalkaro iktisodiy makonni keskin toraytirish yulini tutdi.
yilda sobik ittifok xomiyligida Uzaro Iktisodiy YOrdam Kengashi (UIYOK) tashkil topdi. Uning tarkibiga SSSR, CHexoslovakiya, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya keyinchalik GDR va Albaniya kushilgan.
Stalin vafotidan keyin, ya’ni 1953 yil aprelda SSSR “tinch-totuv yashash” doktrinasini e’lon kildi. U sotsialistik mamlakatlardan tashkari, Garb mamlakatlari bilan diplomatik, iktisodiy va madaniy-ilmiy munosabatlarni yulga kuyishni nazarda tutardi. Shunga qaramay, ikkita siyosiy tizimning bir- biriga keskin qarshi turishi saklanib qoldi. 1949 yil 4 aprelda AQSh boshchiligida NATO xarbiy-siyosiy blogi tuzildi. Bunga karshi SSSR tashabbusi bilan 1955 yil 14 mayda xarbiy-siyosiy ittifok - Varshava SHartnomasi6 Tashkiloti tuzildi. Bu ikki xarbiy-siyosiy blok dunyoni ikki kutbga bulib yubordi. Xalkaro alokalar kuprok shu ikkala blokning kizikishlaridan kelib chikib amalga oshirildi.
yil 1 noyabrda VMP (Vengriya mexnatkashlar partiyasi) Imre Nad Varshava Shartnomasidan chekkanligini va sovet qo’shinlarini zudlik bilan mamlakat xududidan olib chikib ketilishini talab kildi. Vengriyadagi vokealar kontrrevolyusion tuntarish deb baxolanib, Budapesht sovet kushinlari tomonidan shturm kilindi (4-11 noyabr). Janglar natijasida 200 ming kishi Vengriyadan kochib ketdi, 3 mingga yakin kishi xalok buldi. Sovet talofati 2170 kishi, shundan 669 kishi xalok buldi. YAnosh Kadar “kontrrevolyusiya” bostirilgach, Vengriyaga raxbarlikni uz kuliga oldi7.
Sovet Ittifoki Vetnam-AKSH urushida SHimoliy Vetnamga keng kulamli yordam kursatdi. U erga xarbiy maslaxatchilari, samolyotlar, xarbiy kurol-yaroglar, yangi turdagi “MIG-21” kiruvchi samolyotlari yuborildi, 6,3 mingdan ortik generallar va zobitlar katnashdi. 1965-1971 yillarda SSSR Vetnamga yordam maksadida 1,6 mlrd dollar ajratdi, umuman, 1953-1991 yillarda Sovet davlati Vetnamga 15,7 mlrd dollar kiymatida maxsulot yubordi8.
yillarning boshida SSSR-Xitoy munosabatlari yomonlashdi. 1964 yilda Xitoy SSSR xududidan 1,5 mln km2 joyni talab kildi. 1967 yilda Sovet Ittifokining Pekindagi elchixonasiga xujum uyushtirildi. CHegarada to’qnashuvlar yuz berdi. Ularning eng yirigi 1969 yilda Damansk orolida ruy berdi. Xitoylarga karshi SSSR kushinlari reaktiv artilleriya kulladi.
Arab-Isroil urushlaridan keyin Sovet Ittifoki Suriya va Misrning saloxiyatini tiklash uchun katta yordam berdi. 1967 yilda Sovet davlati Misrga 210 ta kiruvchi samolyot etkazib berdi. Isroilning Misrga xavodan kilgan xujumi vaktida 20 mingga yakin sovet xarbiylari xam katnashdi. 1969-70-yillardagi urushda isroil samolyotlarining yarmidan kupini yukotdi va Misrga xavodan xujum kilishni tuxtatdi. SSSR 1965 yildan 1972 yilgacha, ya’ni xamkorlik alokalari uzilguncha kadar Misrga 3,2 mlrd dollar mikdorida yordam kursatdi9.
1968 yilda CHexoslovakiya KPga Aleksandr Dubchek raxbar etib saylandi. U isloxotlar tarafdori edi. Mamlakatda buyruqbozlik tizimidan voz kechib, demokratik o’zgarishlar qo’llab-quvvatlandi. SSSR xukumati buni Garb maxsus xizmati yordamida kontrrevolyusion kuchlar uyushtirmokda, deb baxoladi. 1968 yil 20 avgustda 500 ming kishilik armiya, 5000 tank va BTR (asosiy kismini sovet armiyasi, kolganlarini Polsha, Vengriya, GDR va Bolgariya armiyasi tashkil kilardi)dan iborat Varshava SHartnomasi kushinlari CHexoslovakiyaga kiritildi. CHexoslovakiya armiyasi karshilik kursatmadi. CHexlardan 94 kishi xalok bo’ldi, 345 fukaro yaralandi. “Praga baxori” deb nomlangan bu vokeadan sung, SSSR sotsializmni “ximoya kilish” uning burchi ekanligi xakida Bayonot berdi. Garb davlatlari, Varshava SHartnomasiga kura, Sovet Ittifokining uz ittifokdoshlari ichki ishlariga aralashish xukukini “Brejnev doktrinasi” deb atashdi.
1975 yilda SSSR Angoladagi sotsializm tarafdorlarini kullab-kuvvatladi. 1975 yilning yanvarida bu erda fukarolar urushi boshlanib ketdi. Janglarda 10 mingdan ortik sovet xarbiylari ishtirok etdilar. Angolaga xarbiy texnika va kurol-yarog etkazib berildi.
1977 yilda Xdbashistonda xukumat boshligi Mengistu Xayle Mariam sotsializmning tarafdori sifatida Somaliga karshi xarbiy xarakatlar uchun katta yordam oldi. Bu erda 11 mingdan ortik sovet xarbiylari faoliyat olib bordi.
1979 yil dekabrida SSSR kushinlari Afgonistonga kiritildi. Urush salkam 10 yil davom etdi (1979 yil 25 dekabr - 1989 yil 15 fevral). Urush mobaynida SSSR tomonidan 14 mingdan ortik xarbiy xalok buldi, 10 minglab askarlar vataniga nogiron bulib kaytdi.
“Sovuk urush”ning dastlabki yillarida AKSH yadro kuroli monopoliyasiga ega edi, SSSR esa boshka turdagi kurollanish buyicha ustunlikka ega edi. Deyarli bir vaktning uzida ikkala davlatda xam vodorod bombalari yaratildi ular yadro kuroliga nisbatan 1000 baravar kuchli edi. 1960 yillarda AKSHda 4000 dan ortik, Sovet Ittifokida 500 ga yakin yadro kuroli mavjud edi. 20 yildan keyin bu rakamlar 15 ming va 10 ming bilan almashdi. YAdro arsenalining kupaytirilishi xar ikki davlat uchun katta xavf tugdirardi.
Karib inkirozidan keyin, SSSR va AKSH davlatlari yadro xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ikki tomonlama bitimga keldilar. Xususan, 1963 yilda AKSH, Buyuk Britaniya va SSSR o’rtasida suv, atmosfera va yerda yadro sinovlarini utkazmaslik tugrisida SHartnoma imzolandi. 1972 yilda (SKCH-1) va 1979 yilda (SKCH-2) tugrisida SHartnomalar imzolandi.
yil 11-12 oktyabrda Reykyavik (Islandiya)da M.S.Gorbachev R.Reygan bilan ommaviy kirgin kurollarini kiskartishi buyicha uchrashdi.
yil 8 dekabrda Gorbachevning AKSHga tashrifi davomida urta va kiska masofalarga uchuvchi ballistik va qanotli raketalarni 3 yil davomida yo’qotish to’g’risida shartnoma imzolandi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar
1.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.2004.T.7
2.KichkilovH.Fayzullayev M.Eng yangi tarix (1945 – 2010 yillar ).T.,,Yangi nashr ”.2011.
3.Xolliyev A.Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi (maruzalar to’plami).T.2014.
4.Tarix shohidligi va saboqlari (chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O’zbekiston milliy boyliklarining o’zlashtrlishi ).T.Sharq.2001.
5.Internet ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |