Reja: Ozbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi togrisida”gi qonuni, fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari.
Fuqaro muhofazasini boshqarish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari.
Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari
Fuqaro muhofazasini moliyaviy taminlash. Fuqaro muhofazasi obektlari va mol-mulki.
2000 yilning 26 may kuni Ozbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi togrisida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi (FM) sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Qonun 5 ta bolim, 23 moddadan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qollaniladi:
fuqaro muhofazasi harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Ozbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida otkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
fuqaro muhofazasi xizmati fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini taminlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bolinmalar majmui;
himoya inshootlari aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirgin vositalaridan muhofaza qilishga maxsus moljallangan muhandislik inshootlari majmui;
fuqaro muhofazasi kuchlari qutqaruv va boshqa kechiktirib bolmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va obekt tuzilmalari.
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat: aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga orgatish;
obektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
xalq xojaligi obektlarining barqaror ishlashini taminlash yuzasidan tadbirlar kompleksini otkazish;
fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini taminlash;
aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan taminlash tadbirlarini otkazish;
aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini taminlash;
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bolmaydigan ishlarni otkazish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar korgan hududlarda jamoat tartibini yolga qoyish va saqlab turish;
aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ozbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshligidir.
Ozbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish Ozbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga kora fuqaro muhofazasining boshligi bolgan Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga kora mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshligi bolgan rahbarlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshligi oz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish togrisida qarorlar qabul qilish;
fuqaro muhofazasi boyicha direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;
oz tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni otkazishga jalb etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari boyicha direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir.
Aholini va hududlarni zamonaviy qirgin vositalari qollanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari: fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati otkazilishini taminlaydi;
Ozbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yonalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika taminoti tartibini tasdiqlaydi;
tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat korsatishi barqarorligini taminlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va otkazilishiga rahbarlik qiladi;
hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol oynovchi yoki aholi xavfsizligiga tasir korsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga kora fuqaro muhofazasi boyicha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga tasiriga kora fuqaro muhofazasi boyicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga otkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa obektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini toplash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yonalishlarini ishlab chiqadi;
oz vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bolgan qarorlar qabul qiladi;
harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini kozlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari etkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi;
xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish boyicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi;
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini taminlaydi;
shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida orgatilishini tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari: fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;
urush davrida barqaror ishlashni taminlash tadbirlarini amalga oshiradilar;
oz xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga orgatishni amalga oshiradilar;
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar;
xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi oz majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar;
moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar.
Potensial xavfli ishlab chiqarish obektlariga ega bolgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi.
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari:
oz hayoti, sogligi va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda ozlari yoliqishlari mumkin bolgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari togrisida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bolishlari mumkin.
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini taminlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam korsatiladi.
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari:
ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan otishlari;
fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam korsatishni bilishlari;
davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda komaklashishlari;
fuqaro muhofazasi obektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bolishi mumkin.
Ozbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida Ozbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega boladilar va majburiyatlarni bajaradilar.