reja:
Etika
ISLOM MADANIYATIDA ESTETIK QARASHIAR'
3 ALISHER NAYOIY VA UNING IZDOSHLARINING ESTETIK QARASHLARI
Estetika (qadimgi yunoncha: αἴσθησις; nemischa: Ästhetik - "his", "tuygʻu") olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fandir. Estetika sanʼat, madaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi. Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga kiradi. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi.
Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.
Estetikaning tadqiqot obʼyektlari ichida sanʼat alohida oʻrinni egallaydi, u qadimdan to hozirgi kungacha eng koʻp tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi. Estetikaning bu borada sanʼatshunoslik fanlaridan farqi shundaki, u oʻz obʼyektiga falsafiynazariy jihatdan yondashadi. Estetika sanʼatni — sanʼatkor, sanʼat asari, sanʼat asarini idrok etuvchi shaxsdan iborat yaxlit tizimda olib oʻrganadi, barcha sanʼat turlari uchun zarur boʻlgan umumiy qonunqoidalarni ishlab chiqadi. Mas, adabiyotshunoslikdatch qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroshlikka nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Estetikadagi kompozitsiya yoki uslub nazariyasi esa meʼmorlikdan tortib badiiy suratkashlikkacha boʻlgan hamma sanʼat turlariga taalluklidir. Ayni paytda Estetika sanʼatning tabiati, uning ijodiyligi va boshqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy oqimlar va yoʻnalishlarning, ijodiy uslublarning mohiyatini oʻrganadi.
Estetika falsafiy ilm sifatida koʻplab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir. Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning oʻzaro yaqinligi, avvalo, inson xatti-harakatining koʻp hollarda ham axloqiylik, ham nafosat uygʻunligidan iborat ekanligida; 2dan, Estetikaning asosiy tadqiqot obʼyekti boʻlmish sanʼat mohiyatan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashning badiiy inʼikosi sifatida doimo dolzarb axloqiy muammolarni koʻtarib chiqadi; 3dan, Estetikaning baʼzi tushunchalari etika uchun ham birdek xizmat qiladi; 4dan, Estetika oʻrganadigan xulqiy goʻzallik sohasi axloq bilan bevosita bogʻliq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga juda oʻxshash ekan degan taassurot tugʻilmasligi kerak. Estetika har bir obʼyektga aniq, muayyan yondashuvni talab qiladi, etika esa hamma uchun umumiy boʻlgan qonunqoidalarni, hikmatlarni ishlab chiqadi. Estetikaning psixologiya bilan aloqasi ham juda muhim: har ikkala fan ruhiy holatlarni oʻrganadi. Har ikkala fan uchun umumiy boʻlgan sanʼat psixologiyasi va badiiy ijod psixologiyasi degan maxsus yoʻnalishlar mavjud. Estetika va sotsiologiyaning oʻzaro munosabatlarida sanʼatni hamkorlikda oʻrganish masalalari muhim. Sanʼat asari alohida inson shaxsiga eʼtibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tuzilma sifatida badiiy tadqiq etadi, ayni paytda sotsiologik tadqiqotlar uchun oʻziga xos material boʻlib xizmat qiladi; sotsiologiya jamiyat bilan sanʼatning oʻzaro aloqalarini, sanʼatning ijtimoiy vazifalarini; sanʼatkorning jamiyatdagi oʻrni, mavqei, kitobxon va tomoshabinlarning ijtimoiydemografik holatlarini; shaxs ijtimoiylashuvida sanʼatlar va sanʼat asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur muammolarni oʻrganish uchun Estetika va sanʼat sotsiologiyasi sohasi mavjud. Estetikaning dinshunoslik bilan aloqasi ham katta ahamiyatga ega; din va sanʼat doimo bir-birini toʻldirib keladi, koʻp hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti boʻlib xizmat qiladi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi oʻlaroq, sanʼat asarining oʻziga xos koʻrinishi — diniybadiiy asar vujudga keldi. Mas, Shohizinda meʼmoriy majmui, Kyoln jomesi, Rembrandtning "Muqaddas oila" asari, "Abu Muslim jangnomasi" qissasi va boshqalar Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik fani bilan hamkorlik qiladi. Estetikaning pedagogika bilan bogʻliqligi estetik tarbiya masalalariga borib taqaladi; ped. ham estetik tarbiya bilan shugʻullanadi. Lekin u alohidaalohida, mustaqil qismlarga boʻlingan holda, turli yosh va sohalar uchunmaxsus belgilangan tarbiya tarzida olib boriladi. Mas, maktabgacha tarbiya, oʻquvchilar tarbiyasi, jismoniy tarbiya va h.k. Estetika esa nafosat tarbiyasining umumiy qonunqoidalarini ishlab chiqadi — inson tugʻilganidan boshlab, to oʻlimigacha oʻtadigan umr bosqichlari uchun taalluqli boʻlgan tarbiya falsafasi sifatida ish koʻradi. Estetikaning semiotika (belgilar va belgilar tizimlari haqidagi fan) bilan aloqadorligi keyingi paytlarda yanada teranroq tadqiq etilmoqda. Maʼlumki, har bir sanʼat asarining mazmunmohiyati muayyan belgilar vositasida namoyon boʻladi, yaʼni bilish va baholash natijalari boʻlmish semiotik hamda pragmatik axborotni oʻzida mujassam qilgan sanʼat asari oʻsha axborotni yetkazib berishga ham moʻljallangan; u sanʼat turiga qarab turlicha belgilar — harflar, chiziqlar, notalar va h.k. orqali amalga oshiriladi. Sanʼatning semiotik belgilar bilan bogʻliq ana shu tomonlarini — kommunikativvositachilik jihatlarini semiotika oʻrganadi; bu borada alohida tuzilmasemiotik deb nomlangan nazariy yondashuv ham mavjud. Shuningdek, Estetika barcha sanʼatshunoslik fanlari hamda tabiat Estetikasi nuqtai nazaridan ekologiya, axborot nazariyasi jihatidan kibernetika bilan aloqadorlikda ish koʻradi.
Estetika tarixining ibtidosi Somir (Shumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5—6 ming yil avval ilk yozuv — mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda "goʻzallik", "sanʼat", "musiqa" singari soʻzlarda aks etgan.dastlabki estetik tushunchalarni uchratish mumkin. qadimiy Misrda miloddan 4—4,5 ming yil avval sanʼatning barcha asosiy turlari, sal keyinroq esa professional teatr vujudga keldi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestosh ilgari surilgan estetik gʻoyalar keyinchalik Hindistonda, undan soʻng Yunonistonda Estetika rivojiga taʼsir koʻrsatdi. qadimiy Sharkdagi estetik gʻoyalar dastlab foydalilik (nima foydali boʻlsa — oʻsha goʻzal), keyinroq axloqiylik (nima ezgu boʻlsa — oʻsha goʻzal) tamoyillari asosida shakllandi. Yunon mumtoz Estetikasi namoyandalari, ayniqsa, Aristotel goʻzallikning foydalilikdan va ezgulikdan alohida holda mavjud boʻlishi mumkinligini aytib oʻtdi; bu jihatdan uning "Poetika" ("Sheʼriyat sanʼati") asari eʼtiborga molik. Oʻrta asrlarda musulmon sharqi tasavvuf Estetikasi bu gʻoyalarni takomiliga yetkazib, yangi bosqichga koʻtardi; Uygʻonish davri va Yangi davr Estetikasi taraqqiyoti uchun nazariy asos boʻlib xizmat qildi. Estetika Byork, D.Yum, I.Kant va boshqalar merosida buni yaqqol koʻrish mumkin. Mas, Kantning goʻzallik haqidagi mashhur 4 tamoyilidan 3 tasi sharq faylasuflari nazariyalari asosiga qurilgan. Mazkur 3 tamoyil — goʻzallikning begʻaraz manfaatsiz munosabatga asoslanganligi; uning zaruratga aylangan muhabbatning obʼyekti ekanligi (Gʻazoliy); goʻzallikni oddiy mantiqiy yondashuv orqali bilishimiz mumkin emasligi (Forobiy) Kantni, goʻzallik biz uchun oʻzini maqsad shaklida emas, maqsadga muvofiqlik shaklida namoyon etadi degan 4tamoyilni yaratishga olib keldi. Kantdan soʻng nemis ratsional Estetikasida Shiller, Shelling, Gegel nazariyalarining Estetika taraqqiyoti uchun ahamiyati katta boʻldi. Shopengauer, Nitsshe, Diltey singari noratsional yoʻnalishdagi faylasuflarning estetik qarashlarida ham oʻziga xos yangi gʻoyalar ilgari surildi, mas, Shopengauer Estetikaga yangi — "qiziqarlilik" kategoriyasini kiritdi, Nitsshe esa sanʼatni ikki — apolloncha va dionisiycha turga ajratib oʻrganishni taklif etdi. Eng yangi davr Estetikasida, Z.Freyd, ayniqsa, K.Yung taʼlimotida sanʼat asari va sanʼatkorning oʻzaro munosabatlarini ruhiy tiplar asosida oʻrganilishi olgʻa tashlangan yangi qadam boʻldi. Shuningdek, J.P.Sartr, A.Kamyu, G.Marsel, X. Ortega i Gaset va boshqalar mutafakkirlar industrial jamiyatda goʻzallik va sanʼatning takdiri masalalari bilan qiziqdilar. Hozirgi Estetikaning miqyosiylashuv jarayonida texnika, tabiat va turmush Estetikasiga ham jiddiy eʼtibor berilmoqda; xulqiy goʻzallik muammosi yanada muhim oʻrin egallay boshladi.
Oʻzbek milliy Estetikasi taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift (Za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingach, milliymintaqaviy Estetika Qurʼoni karim oyatlari va Hadisi sharifdagi "Alloh goʻzal va U goʻzallikni sevadi" degan tamoyil asosida rivojlandi. Bunda mashshoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan yonmayon tasavvuf Estetikasida kubroviylik (Najmiddin Kubro). joʻmardlik (Pahlavon Mahmud), naqshbandiya (Alisher Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining goʻzallik, sanʼat va sanʼatkor borasidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻzbek Estetikasi tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida oʻringa ega; Navoiyning "Mahbub ul-qulub", "Majolis unnafois", "Mezon ulavzon" asarlari, 15—16-asrlarda qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar oʻzbek Estetikasi rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. XonlikLar va chorizm mustamlakasi davrida esa oʻzbek Estetikasi koʻproq tazkiralarda (Fazliy) va sheʼriy shakllarda (Furqat) oʻz ifodasini topdi. Oʻzbek milliy Estetikasidagi yuksalish 19-asr oxirlari — 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda maʼrifatchijadid mutafakkirlar yangicha estetik gʻoyalarni oʻrtaga tashladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr sanʼatiga asos soldilar. Anbar Otinning "Qarolar falsafasi" (1910), Fitratning "Oila" (1914), keyinroq "Adabiyot qoidalari" (1926) risolalari yuzaga keldi, Choʻlponning badiiy adabiyot, teatr sanʼatiga bagʻishlangan turqum maqolalari eʼlon qilindi. Lekin shoʻrolar hukmronligi davridagi totalitarizm barcha falsafiy fanlar qatori Estetikani ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqchamalikka, mahdudlikka, soxtalikka mahkum qildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Estetikaga alohida eʼtibor berila boshlandi, estetik madaniyat (M.Nurmatov, M.Abdullayev), estetik qadriyatlar (T.Mahmudov) borasida yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi. Hozirgi vaqtda Estetika nazariyasi va tarixiga doir jiddiy izlanishlar olib borilmoqda (T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, EstetikaUmarov, A.Sher, B. Husanov). Oʻzbekiston milliy un~tida Estetika yoʻnalishi boʻyicha magistratura faoliyat koʻrsatmoqda, shu yoʻnalishda aspirantura va doktorantura mavjud. Mamlakatimizda fuqarolarning estetik tarbiyasiga taalluqti turli tadbirlar, ularning estetik didini yuksaltirishga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy ishlar muntazam olib boriladi.
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel
o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida,
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning
tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot
uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy
xattiharakatlar yig‘indisidir»
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan
bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston
xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa,
o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi
, « 0 ‘qi» edi. Shundan boshlab musulmonlar Ollohning muqaddas so'zlarini o‘qishga, u yaratgan olam go‘zalliklarini anglashga kirishib ketdilar va bu jarayon hozir ham faol davom etmoqda. Islom, eng awalo, ilm-ma’rifatni uIugMaydi. Muhammad (s.a.v) hadislarida: «Alloh Taolo sizlarga lslomni din qilib ixtiyor etdi. Uni husn-u xulq va saxovat bilan 1 e'zozlang. Zero, u faqat mazkur ikki xislat bilangina komil bo‘ladi», deb uning estetik jihatlarini ta'kidlagan ediiar. Our'oni Karim va hadisi shariflar Islom madaniyati va estetikasining manbaidir. Qur'oni Karim ming yildan beri tafsir qilib kelinayotgan bo‘lsa-da, hali uning sir-sinoati, go'zalliklari mohiyati to‘la ochib berilgan emas. Xususan, «Olloh go'zal va u go‘zalIikni sevadi», deyiiadi Q ur'oni Karimda. Demak, Islomning estetik nuqtai nazari go‘za!likka oshno bo'lmoqdir. Olloh go‘zal ekan, u yaratgan Odam ham, u bunyod etgan Olam ham, o‘z bandalariga hadya etgan noz-ne’matlar ham go'zaldir. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy «AI-adab al-mufrad» («Odoh durdonalari») asarida inson xulqi go'zalligi haqida bunday hadislarni keltirgan: Rasululloh: «Yaxshilik — axloqning chiroyli bolishi, gunoh esa ko'nglingda g‘ashlik paydo boladigan (nojo‘ya) ishni qilishdadir. Uni odamlar bilib qolishini xohlamaydigan bo'lsang, mana shu ishni qilmog'ing gunohdir», dedilar. Yana bir hadisda ko'ngil shodligi, yaxshilik va yomonlik haqida, boylik bilan maqtanmaslik xususida bunday deyiladi: «Rasululloh: «Boylik yomonliklardan saqlanadigan odamlar uchun zararsizdir. Mana shunday kishilar uchun tani sog'lik boylikdan ham yaxshiroqdir va ko‘ngil shodligi (Allohga shukrona aytiladigan ne'matlardan biri) dir» (98- bet). «Odob durdonalari»da axloqiy go‘zallik haqida yana bunday hadislarni o‘qiymiz: Rasululloh: «Sizlarning yaxshilaringiz — axloqi yoqimli bo‘lganlaringizdir», — der edilar. Shu asarda yana ko‘ngil sahiyligi haqida hunday deyiladi: «Boylik — molning ko'pligi emas, balki nafs (ruh)ning boyligidir». Shuningdek. Qur'oni Karimda yana: «Tangri sizlarning tashqi ko'rinishlaringiz yoki mol-u dunyolaringizga emas, balki didlaringizga, ishlaringizga qarab baho beradi», deb ta'kidlanadi. Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, al-Buxoriy, atTermiziy, Ibn Bojja, Abul-A'lo al-Maarriy, Ibn Tufayl, Abu Homid G'azzoliy, Aziziddin Nasafiy, Nizomul-Mulk, Moturidiy, Burxoniddin Marg'inoniy, Burxoniddin Rabg'o'ziy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy va boshqalarning asarlarida estetik tafakkurning bebaho durdonalari jamlangan.
Estetika taraqqiyoti Amir Temur nomi bilan ham chambarchas bog‘liq. Amir Temur (1336—1405) nafaqat ulug‘ sarkarda, atoqli davlat arbobi, balki dinshunos, nozikta'b qonunshunos sifatida dunyo ahliga tanilgan. Temur va temuriylar davrida mo‘g‘ul bosqini tufayli butunlay vayron etilgan Samarqand shahri qayta qurildi. Shahar tevaragi Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza atalmish oltita AlIlir Temur inshootlari. darvozali qal‘a devori bilan o‘rab chiqilgan. Ko‘rkam va muhtasham binolardan tashqari turlituman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko'targan. Ispan elchisi Klavixoning yozishicha, Amir Temur hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Aksincha, sohibqiron farmoni bilan Damashqning mohir to'quvchilari, Halabning mashhur paxta yigiruvchilari, Anqaraning movut to'quvchi korxonalari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari Samarqandga ko‘chirib olib kelingan. U Samarqand atrofida o‘z farzandlariga atab ko‘shklar, go'zal bog‘lar qurdirdi. Mohir me'mor, tajribali sohibkorlar aql-zakovati, mehnati, mahorati bilan barpo etilgan Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Chinor, Bog‘i Baland, Bog‘i Shamol kabi chorbogiarva ulardagi go‘zal ko'shklar o'sha davr sayilgoh-bo‘stonchilik, hog'dorchilik san'atining namunalaridir. Qisqa fursatda Samarqand o‘z miqyosi, go‘zalligi bilan o‘sha davrdagi barcha shaharlardan o ‘zib ketdi. Temuriy shahzodalar Shohruh, Ulug'bek, Boysunqur, Husayn Boyqaro ham Samarqandni go'zal va farovon etishda ota-bobolari izidan bordilar. Amir Temur o‘z nevaralarining tarbiyasi va ma'lumot olishiga katta ahamiyat berdi. 0 ‘z zamonasining orif kishilari ularga fan asoslaridan, she'riyat, musiqa, xattotlik, san'at, arab, fors, turk tillaridan chuqur ta'lim berdilar. Tarix, adabiyot, san'atga qiziqish ruhida tarbiyalangan temuriy shahzodalar bir-birlari bilan ma'naviy aloqada bo'ldilar. Bu aloqalar XV asr estetikasining rivojiga katta hissa qo‘shdi.
XV asr falsafiy, adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bogMiq. Buyuk shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy o'zidan keyingi avlodlarga ulkan adabiy-badiiy xazina, go'zallik bilan nurafshon bir meros qoldirdiki, bu meros hali to‘la o'rganilgan emas. Navoiy falsafiy, adabiy-estetik qarashlari markazida komil inson tarbiyasi, uning olam go‘zalliklari orasidagi hayot tarzi qanday bo'lishi kerak, degan masala turadi. Alisher Navoiy ijodi — badiiy, tarixiy, ilmiy-falsafiy asarlarining har bir satrida so‘z — dur-javohiiga aylangan va go‘zallik bilan zarhallanibjilolantirilgan. Navoiy go'zallikni, nafis san'atni yuksak qadrlab, nafis san'at inson ma'naviy olami, kamoli uchun kalit ekanini ta'kidlaydi. Alisher Navoiy nigohida bahor chamanlari, husn-u jamol gulshani, mangu yashilligini yo'qotmagan savr-u shamshodlar va aksincha, xazon fasli, ravza ashjori (jannat daraxtlari)ning ishq va hijron gulxanlarida kuyib-yonishi, lola qonin to'kuvchi charx, gulzorsiz qolgan bulbullar — barchasi ruhlar olamidadir: Navbahor ayyomi bo Imish, men diyor-u yorsiz, Bulbul o ‘lg‘ondek xazon fasli gul-u gulzorsiz. Goh sarv uzra, gahiguluzra bulbulnag'masoz, Vahki, rnenmen gung-u lol, ul sarvi gulruxsorsiz. Baytlar davomida shoir aytadi: jannatda dildorsiz, ya'ni ishqsiz, yonishsiz (faqat yeb-ichish va mol-mulk dardida) bir dam tursam, jannat daraxtlari go‘zal ko'rinm aydi, ular nazarimda o‘tinday, daraxtlarning gullari esa olovdek jonimni kuydiradi. Uning yozgan g'azallaridan birining mazmuni bunday: bizga yana bir shifo dorisi berilgan bo‘lib, uni san'at deb ataydilar, go‘zallik yaratuvchi san'atkorlar chizgan rasmlar mo'jizakordir. Ular inson ruhiga mayin ta'sir qilish qudratiga ega.
Xulosa:
Estetika falsafiy ilm sifatida koʻplab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir. Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning oʻzaro yaqinligi, avvalo, inson xatti-harakatining koʻp hollarda ham axloqiylik, ham nafosat uygʻunligidan iborat ekanligida; 2dan, Estetikaning asosiy tadqiqot obʼyekti boʻlmish sanʼat mohiyatan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashning badiiy inʼikosi sifatida doimo dolzarb axloqiy muammolarni koʻtarib chiqadi; 3dan, Estetikaning baʼzi tushunchalari etika uchun ham birdek xizmat qiladi; 4dan, Estetika oʻrganadigan xulqiy goʻzallik sohasi axloq bilan bevosita bogʻliq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga juda oʻxshash ekan degan taassurot tugʻilmasligi kerak. Estetika har bir obʼyektga aniq, muayyan yondashuvni talab qiladi, etika esa hamma uchun umumiy boʻlgan qonunqoidalarni, hikmatlarni ishlab chiqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Erkin UMAROV, Raxim KARIMOV, Muxarram MIRSAIDOVA, Gavxar OYXO‘JAYEVA ESTETIKA ASOSLARI .1.:.'..... ......... . ........... . .. »•.. -------- -JU r+ m jL .-------- Kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv qo 'Uanma Oltinchi nashri M uharrir Shoyim Bo‘tayev B adiiy muharrir Uyg'un Solihov Texnik muharrir Yelena Totochko Kichik muharrir Gulbayra Yeraliyeva Musahhih Umida Rajahova Lilsenziya raqami Nt 163. 09.11.2009. Bosishga 2013-yil 7-noyabrda ruxsat etildi. Bichimi 60*90'/^ Ofsei qog'ozi. Tayms T A D garniiurasi Shartli bosma tabog'i 13,0. Nashriabog'i. 12,8. Shartnoma Ns 62— 2013. Adadi 3849 nusxada. Buyurtma No 454 0 ‘zbekiston Matbuot va axborol agentligining Cho'lpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi. 100129, Toshkent. Navoiy ko'chasi. 30. Telefon: (371) 244-10-45. Faks (371) 244-58-55
Do'stlaringiz bilan baham: |