Mavzu : Eng qadimgi Sharq adabiyotida vatanparvarlik g‘oyalari



Download 1,81 Mb.
bet1/6
Sana04.11.2022
Hajmi1,81 Mb.
#860216
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil talim1-mavzu Jahon adabiyoti 213-guruh marimova m

Mavzu :Eng qadimgi Sharq adabiyotida vatanparvarlik g‘oyalari.

213-guruh talabasi Marimova Muxlisa

Reja:



  • Sharq — insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy o’chog`i.


  • Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo`nalishlari.


  •  Antik dunyo va Yunoniston falsafasi.


  •  Qadimgi zamon falsafasini o`rganishning ahamiyati. 


Sharq — insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy o’chog`i.

Jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G’arb madaniyati tarixini o`rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga oqib ketish G`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog`liq jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm G`oyalari ta’siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o`ziga xosligi, unga mansub bo`lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha holis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o`zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga o`lkan ta’sir ko`rsatganini doimo esda tutish darkor. 

Sharq — insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy o’chog`i.

Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko`pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo`lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o`ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo`lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo`lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o`ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo`lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o`ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi buylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. 


Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish