Mavzu : Elektronlar difraksiyasi
Reja:
1. Difraksiyaning paydo bo’lishi
2. Rentgen nurlari difraksiyasi
3. Elektronografiya
Difraksiyaning paydo bo’lishi
Dastlab, 1912-yili Laue rentgen nurlar difraksiyasini kuzatgan edi. Umuman rentgen nuilar difraksiyasini Laue, Bregg, Debay usullaridan foydalanib kuzatish mumkin. Shuning uchun moddiy zarralarga mos de-Broyl to'lqini hosil qilgan difraksiyani kuzatish mumkinligini tajribada aniqlash zarur edi.
Bunday tajribalardan biri Devisson va Jermerlar tomonidan 1927-yili o'tkazildi. 1923-yili Devisson va Kensmanlar o‘tkazgan tajribada elektronlaming kristallarda interferensiyalanishi aniqlangan edi. Devisson va Jermer dastlab xuddi Laue tajribasiga 0‘xshash, so'ngra Bregg usulidan foydalanib tajribalar o'tkazdilar. Bu tajribalarda elektronlar oqimi metall sirtidan qaytishida bir necha maksimumlar hosil qilishi, ya’ni elektronlar difraksiyasi hodisasini namoyon qilishi aniqlangan. Tajriba quyidagicha bo‘lgan. Havosi so'rib olingan idish ichida elektronlar hosil qiluvchi katod joylashgan bo'lib, S1 va S2 tirqishlarga ega bo'lgan anod vazifasini bajaruvchi to'siqlar ingichka elektronlar oqimini hosil qilib beradi (1-rasm).
1-rasm. Elektronlar oqimini tashkil etish.
Elektronlar oqimi M kristallga tushib, undan qaytgach, D datchikka tushadi va yerga ulangan galvanometr yordamida qayd etiladi. Tajriba elektron to'lqin tabiatli bo'lib, elektronlaming kristalldan qaytishida interferensiya manzarasini hosil qilishi rentgen nurlaming interferensiya hodisasiga o'xshashdir, degan fikrga asoslangan.
Elektronlar difraksiyasi— elektronlarning kristallarda yoki suyuqlik va gaz molekulalarida elastik sochilishidir. Bunda elektronlarning birlamchi dastasidan maʼlum burchaklarga ogʻdirilgan qoʻshimcha dastalar hosil boʻladi. Bunday dastalarning boshlangʻich yoʻnalishdan ogʻish burchaklari va intensivligi sochuvchi moddaning strukturasiga bogʻliq. 1927-yilda Amerikalik fiziklar K.Devisson va L.Jermer kristall plastinkada sochilayotgan elektronlarning difraksiyalanishini tajribada kuzatib,kashf etilganlar. Bu bilan Lui de Broylning zarralarning toʻlqin xossalari haqidagi gipotezasi eksperimental tasdiqlandi. Elektronlar difraksiyasi elementar zarralar,xususan,elektronlar oqimi ham yorugʻlik kabi toʻlqin tabiatga ega ekanligini isbotlaydi. Elektronlar difraksiyasi elektronogramma jism tuzilishini oʻrganishda qulay usul hisoblanadi. Plastinkaning yupqa sirt qatlamida roʻy beradigan oksidlanish, kristallanish, toblanish jarayonlari, polimerlarning tuzilishi va boshqalar shu usul bilan aniqlanadi. Neytronlar difraksiyasi yordamida qattiq jismlarning kristall tuzilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, jismlarning magnit xususiyatlarini oʻrganishi mumkin. Monoxromatik neytronlar olishda, neytronlar spektrografiyasida va jism tuzilishini oʻrganishda neytronlar difraksiyasi tatbiq qilinadi.
Difraksiya (lotincha: diffractus — singan degan ma'noni anglatadi) Toʻlqinlarning harakat yoʻnalishida uchragan toʻsiqlarni aylanib o'tishi difraksiyadir. Har qanday toʻlqin harakatiga tegishli, toʻlqin uzunligi toʻsiq oʻlchamiga teng yoki undan katta boʻlsa, difraksiya hodisasi roʻy beradi. Tovush, yorugʻlik nuri, rentgen nurlari, elektronlar, neytronlar tarqalganda difraksiya hodisasi kuzatiladi. Yorugʻlik difraksiyasi, Zarralar difraksiyasi, Radio-toʻlqinlar difraksiyasi, Toʻlqinlar difraksiyasi, Elektronlar difraksiyasi, Rentgen nurlar difraksiyalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |