MICROSOFT EXCEL USKUNALAR PANELI
1. “Стандартная” uskunalar paneli.
Создать – yangi xujjat yaratish.
Открыть – diskdagi mavjud fayllarni yuklash.
Сохранить – xujjatni diskga yozish (saqlash).
Сообщение – joriy kitobni elektron pochta orqali uzatish.
Печать – xujjatni printerga chop etish uchun uzatish.
Предварительный просмотр – chop etishdan avval xujjatning kogozdagi aksini ekranda kurish.
Орфография – Yacheykalarga yozilgan matnlarni orfografik xatoga tekshirish.
Вырезать – belgilangan maydondagi axborotni ma'lumotlar buferiga joylashtiradi (qirqib olish).
Копировать – belgilangan maydondagi axborot nusxasini ma'lumotlar buferiga ko'chiradi.
Вставить – ma'lumotlar buferida joylashgan axborotni qo'yish.
Формат по образцу – tanlangan yacheyka formatini boshqa yacheykaga ko'chiradi.
Отменить- bajarilgan amallarni ketma-ket bekor qiladi.
Вернуть (Повторить) – bekor qilingan amallarni qayta tiklaydi (Oxirgi amalni takrorlaydi).
Гиперссылка – tanlangan matnga giperboglanish o'rnatadi. Bunda boglanadigan fayl ko'rsatilishi kerak.
Автосумма – yacheykalardagi sonlar yig'indisini xisoblaydi.
Вставка функции – yacheykaga formula yozishda arifmetik, trigonometrik, iqtisodiy va boshqa funksiyalarni yozishda ko'llaniladi.
Сортировка по возрастанию – tanlangan ustun bo'yicha o'sish tartibida saralash.
Сортировка по убыванию - tanlangan ustun bo'yicha kamayish tartibida saralash.
Мастер диаграмм diagrammalar qurish uchun diagrammalar ustasini ishga tushiradi. Bu tugmani ishga tushirishdan avval diagrammada ishtirok etadigan parametrlar joylashgan yacheykalar belgilab ko'rsatiladi.
Рисование– risovaniye uskunalar panelini ko'rsatadi yoki yashiradi.
Maсштаб – varaq masshtabini 10% dan 400% gacha o'zgartirish imkonini beradi.
Справка по Microsoft Excel – yordamchini (yordam programmasini) ishga tushiradi.
“ФОРМАТИРОВАНИЯ” USKUNALAR PANELI.
Шрифт – tanlangan yacheyka shrift turini o'zgartirish.
Размер шрифта – shrift o'lchamini o'zgartirish. Shrift o'lchami Excelda 1 dan 409 gacha punkt oralig'ida bo'lishi kerak.
Полужирный – shriftni qalin holga o'tkazadi yoki avvalgi holatiga qaytaradi.
Курсив – qo'l yozma ko'rinishga o'tkazish yoki 750ga egish.
Подчеркнутый– shrift tagiga chizish.
По левому краю – matnni yacheyka chap qismiga tekislaydi.
По центру – matnni markazlashtiradi.
По правому краю - matnni yacheyka o'ng qismiga tekislaydi
Eslatma: Yacheykalarga matn kiritilganda avtomatik tarzda chap qismga, sonli ma'lumotlar kiritilganda o'ng qismga tekislanadi.
Объединить и поместить в центре– belgilangan yacheykalarni birlashtiradi va unda joylashgan ma'lumotni markazlashtiradi.
Денежный формат - Pul formati. Son yoniga pul turi qo'shiladi.
Процентный формат- Foiz formati. (ko'rsatilgan son 100 ga ko'paytiriladi va foiz belgisi ko'rsatiladi).
Формат с разделителями – sonni kasr ko'rinishga o'tkazadi.
Увеличить разрядность– son kasr qismi aniqliligini oshirish.
Уменшить разрядность – son kasr qismi aniqliligini kamaytirish.
Увеличить отступ – matn chap qismidan qoldiriladigan joyni oshirish.
Уменшить отступ – matn chap qismidan qoldiriladigan joyni kamaytirish.
Границы – yacheykalarga chegera chizig'ini o'rnatish yoki o'chirish.
Цвет заливки – yacheyka fon rangini o'zgartiradi.
Цвет шрифта – shrift rangini o'zgartiradi.
“ДИАГРАММЫ” USKUNALAR PANELI.
Элементы диаграммы – dagrammani tashkil etuvchi elementlar. Ularni shu maydondan tanlab formatlash mumkin.
Формат – tanlangan digramma elementi formatini o'zgartirish.
Тип диаграммы – Diagramma turini tanlash joyi.
Легенда – diagrammada ishtirok etgan parametrlar haqida ma'lumot ko'rsatadi yoki yashiradi.
Таблица данных – diagrammada berilgan jadval qo'shib ko'rsatiladi.
По строкам – ma'lumotlar jadval satrlari bo'yicha olinadi.
По столбцам – ma'lumotlar jadval ustunlari bo'yicha olinadi.
Текст сверху вниз – matn tepadan pastga yoziladi.
Teкст снизу вверх – matn pastdan tepaga yoziladi.
3.3. Formulalar bilan ishlash
Jadvallar asosiy va hosila ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin. Elektron jadvallarning afzalligi shundaki, ular hosila ma'lumotlarning avtomatik ravishda hisoblashlarni tashkil qilishga imkon beradi. Bu maqsadda jadvallarning katakchalarida formulalar qo'llaniladi.
Agar katakchadagi ma'lumot « = » belgisidan boshlansa, unda Excel programmasi uni formula deb qabul qiladi. Demak, katakchaga formulani kiritishni boshlash uchun, « = » tugmasini bosish kerak. Ammo formulalar satridagi Изменить формулу tugmasida bosish bilan formula kiritilishi bajarilsa, ancha qulayliklar yaratiladi. Bu holda formulalar satrining tagida Formulalar palitrasi ochiladi va unda formulaning hisoblangan qiymati ko'rsatiladi.
Formula deb, sonlarning va sonlar kiritilgan katakchalarning matematik amallarning belgilari yordamida birlashtirilgan ketma ketligiga aytiladi.
Formulada katakchaga murojaat qilish uchun uning nomini ko'rsatish kerak bo'ladi. Buni klaviaturadan kiritib yoki formula kiritish davomida kerakli katakchada bosish bilan bajarish mumkin.
Kiritish tugatilgach, jadvalda formula ko'rsatilmaydi. Uning o'rniga katakchada formulaning hisoblangan qiymati ko'rsatiladi. Agar formulali katakcha joriy qilinsa, unda formulani formulalar satrida ko'rsa bo'ladi.
Excel programma bilan ishlashda hamma hisoblashlarni, murakkab bo'lmaganlarini ham, faqat formulalardan foydalanib bajarilishi kerak. Hisoblanmasdan kiritilgan hosila qiymatlar ishlash davomida o'zgartirilsa xatolarga olib keladi.
Excel programmada bajarish mumkin bo'lgan hisoblashlar faqat oddiy arifmetik amallar bilan chegaralanmay, ko'plab standart funksiyalardan foydalangan xolda murakkab hisoblashlarni xam bajarishga imkon beradi.
Agar formulaning kiritilishi Изменить формулу yoki «=» tugmasida bosish bilan boshlansa, unda formulalar satrida yacheyka nomi (Имя) maydoni standart funksiyalarning ochiladigan ro'yxati bilan almashinadi. Bu ro'yxat oxirgi ishlatilgan 10 ta funksiyalardan va Другие функции punktidan iborat. Shu punktning yordamida Мастер функции oynasini ochish mumkin. (Rasmga qarang).
B u muloqat oynasi Excel programmasidagi har qanday standart funksiyani tanlashga imkon beradi. Категория ro'yxatida kerakli funksiya tegishli bo'lgan toifasi (guruh) tanlanadi. Функция ro'yxatida esa – konkret funksiya tanlanadi. Kerakli funksiya tanlangandan keyin uning nomi formulalar satriga kiritiladi va funksiyaning argumentlarini kiritishga imkon beradi
Palitraning quyi qismida argumentlarini kiritish uchun mo'ljallangan maydonchalar joylashadi, pastki qismida esa qo'shimcha axborotlar ko'rsatiladi. Bu axborotlar funksiyaning vazifasi (qo'llanilishi) va argumentga tegishli bo'lgan ma'lumotlardan iborat. Agar argument qalinlashgan shriftda ko'rsatilgan bo'lsa, demak u albatta kiritilishi kerak bo'ladi, agarda oddiy shriftda ko'rsatilgan bo'lsa, bu argument kiritilishi shart emas.
Funksiyaning argumetlari sonli ko’rinishida (klaviatura yordamida) yoki kerakli katakchalari ko'rsatilishi bilan kiritiladi. Ba'zi funksiyalar argument (parametr) sifatida katakchalarning diapazonini qabul qilish mumkin. O’z ichiga funksiyalarni olgan formulalardagi katakchalarning adreslari (nomlari) oddiy formulalarga o'xshash qo'llaniladi.
MICROSOFT EXCEL JADVAL PROSESSORIDA
.DIAGRAMMALAR BILAN ISHLASH
Jadvaldagi ma'lumotlarni ko'rgazmaliroq qilish uchun ko'p hollarda grafiklar va diagrammalardan foydalaniladi. Excel programmadagi vositalar, elektron jadvaldagi ma'lumotlar asosida diagrammalarni yaratishga imkon beradi.
Diagrammalar va grafiklarni yaratish uchun, ma'lumotlar bazasi ko'rinishidagi elektron jadvallardan foydalanish qulayroq. Diagrammani qurishdan avval shu diagrammada ko'rsatiladigan ma'lumotlarning diapazonini tanlash kerak bo'ladi. Agar bu diapazonga sarlovhali katakchalar kiritilsa, unda shu sarlavhalar diagrammada tushuntiruvchi yozuvlar sifatida ko'rsatiladi. Ma'lumotlar diapazoni tanlangandan keyin, Стандартная uskunalar panelidagi Мастер диаграмм tugmasi yoki menyu satridan Вставка-Диаграмма buyrug'i ishga tushiriladi.
Master diagramm diagrammani yaratishga tayyorlaydi va bir necha bosqichda ishlaydi. Bir bosqichdan keyingisiga o'tish uchun Далее buyruq tugmasidan foydalaniladi. Diagramma ustasining birinchi bosqichida diagrammaning turi tanlanadi. Excel programmasi o'nlab turli ko'rinishdagi diagrammalarni yaratishga imkon beradi. (rasmga qarang).
Agar diagramma ma'lumotlar bazasi ko'rinishidagi axborotlar asosida yaratilayotgan bo'lsa, unda keyingi bosqichda ishlatiladigan barcha axborotlar kerakli katakchalarga avtomatik ravishda kiritiladi. Bundan keyin diagrammaning turli qismlarining bezatilish parametrlari tanlanadi.
Оxirgi bosqichida tayyor diagrammani joylashtirish uchun ish varaq (joriy varaq yoki alohida diagramma varag'i) tanlanadi. Готово tugmasi bosilgandan keyin diagramma yaratiladi.
Yaratilgan diagrammani formula sifatida ham qurish mumkin. Agar diagrammani qurishda ishlatilgan ma'lumotlarga o'zgartirishlar kiritilsa, diagramma ham o'zgaradi. Tayyor diagramma, tanlash va o'zgartirish mumkin bo'lgan, qator elementlardan iborat. Tanlangan element markerlar yordamida belgilanadi.
Markerda sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, kontekst menyuda Формат punkti tanlanadi va ochilgan Формат muloqat oynasi yordamida diagramma elementining mazmunini va bezatilishini o'zgartirish mumkin bo'ladi.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi etarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning etishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali aloqadolikning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi, deb ko’rsatib o’tilgan edi. Shuning bilan bir qatorda, axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish orqali ilmiy- tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, komp`yuterlashtirish va komp`yuter tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo’yilgan.
Bunda o’quvchi birinchi navbatda kompyuter texnikasidan foydalanishni o’rganadi, ikkinchidan MS Excel dasturidan foydalanish ko’nikmasi hosil qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Akademik litseylar uchun "Informatika" fanidan o’quv dasturi
Kasb –hunar kollejlari uchun "Informatika" fanidan o’quv dastur
Kasb – hunar kollejlari uchun "Axborot texnologiyalari" fanidan
o’quv dasturi
Yuldashev U. Y.,oqiyev R. R., Zokirova F. M., "Informatika"
Abduqodirov A. A., Hayitov A., Shodiyev R. "Axborot
texnologiyalari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Do'stlaringiz bilan baham: |