Mavzu : davlat byudjeti. Soliqlar reja : I. Kirish II. Asosiy qism



Download 399,96 Kb.
bet4/6
Sana26.10.2022
Hajmi399,96 Kb.
#856755
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DAVLAT BYUDJETI. SOLIQLAR

2019 yil yanvar, nima o‘zgaradi?

Xo‘p, endi yangi farmon bilan bu tizimda nima o‘zgardi yoki eski holicha qoldi? Bu borada sizga bir qator yaxshi yangiliklar bor. Eng avvalo, kelgusi yildan boshlab, yuqoridagi barcha shkalalar orqali daromad solig‘ini hisoblash tartibi bekor bo‘ladi. Barcha fuqarolar uchun daromad solig‘ining yagona soliq stavkasini 12 foiz miqdori joriy etiladi.


Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, dunyo taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40 foizgachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga o‘tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog‘i ortib, uning darajasi o‘rtacha 18 foizdan 30-50 foiz gacha yetib bordi.


Ana shunday vaqtda O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq stavkasi miqdori 12 foizga tushirildi.


Endi eng kam ish haqi oladiganlar yutqazadigan bo‘libdi-ku, deya shoshganlar e’tiboriga yana bir ma’lumotni keltirib o‘tamiz. Agar siz avvallari 920 ming olgan bo‘lsangiz, buning uchun 7,5 foiz soliq to‘laganman desangiz, qattiq yanglishgan bo‘lasiz. Axir, buning ustiga pensiya jamg‘armasi uchun yana 8 foiz, jami 15,5 foiz soliq to‘layotgan edingiz. Yangi yildan esa 12 foiz to‘laysiz, tamom.


Yana bir gap. Ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolindi. O‘zbekiston Qahramoni, urush qatnashchisi, yolg‘iz ona, 1,2 guruh nogironi va nogiron farzand parvarishlayotgan onalar shular sirasidandir.




Yigirma mingdan to‘rt ming so‘m to‘laysiz

Endi soliqlar borasidagi yangiliklarni yuridik shaxslar misolida tahlil qilib ko‘ramiz. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ularni soliqqa tortishning ikki turi mavjud. Biri soddalashtirilgan usulda soliq to‘lovchilar bo‘lsa, ikkinchisi umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar. Mazkur toifadagi to‘lovchilar o‘rtasida soliq yuki borasida nomutanosiblik mavjud edi. Bu nima degani? Soddalashtirilgan soliq tizimida yagona soliq to‘lovi qo‘llaniladi va u o‘z nomi bilan yagona.


Bunday soliqni kim to‘laydi? Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar kiradi. Bunda xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqqan holda aniqlanishi belgilangan. Eng kamida 5 kishi, eng ko‘p 200 nafargacha ishchisi bo‘lgan kichik korxona undan foydalanadi. Agar shundan ortiq bo‘lsa, u umumbelgilangan soliqlarni, ya’ni foyda, qo‘shilgan qiymat, mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘lovchisi hisoblanadi.


Shu o‘rinda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, keyingi yillarda uning hisobidan byudjet daromadlarining 30 foizidan ko‘prog‘ini tashkil topmoqda. Bu soliq bizning mamlakatimizda 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan bo‘lsa-da xorijda o‘tgan asrning 50-yillaridanoq ma’lum bo‘lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, QQS realizatsiya qilingan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bu soliq yordamida barcha mahsulot aylanmasi emas, balki qiymatning o‘sgan qismi soliqqa tortiladi. Qo‘shilgan qiymat deyilganda, korxona ishchi-xodimlariga to‘lanadigan mehnat haqi (ajratma tariqasida hisoblangan summalar bilan birgalikda) va yalpi foydaning yig‘indisi tushuniladi.


Oddiy tilda tushuntiradigan bo‘lsak, siz sartarosh bo‘lib, tirnoqlarni bo‘yab, soch kesib xizmat haqiga 20 ming so‘m oldingiz. Uning 20 foizini ya’ni 20 ming so‘mdan 4 ming so‘mni qo‘shilgan qiymat solig‘i sifatida to‘lashingiz shart. Bu qanday hisoblanadi. Axir, kun kunga o‘xshamaydi, mijozlar ko‘paysa, 200 ming aksi bo‘lsa, 100 ming so‘m olish mumkin. Aslida bu o‘xshatishimiz noto‘g‘ri ekanini aytib, sizlarga tushunarli bo‘lishi uchun sartaroshni misol qilib keltirdim. Vaholanki, qo‘shimcha qiymat solig‘i yirik soliq to‘lovchilardan undiriladi. Ular kimlar? O‘zbekneftgaz MXK, O‘zbekiston havo yo‘llari, O‘zbekiston temir yo‘llari “O‘zdonmahsulot”, “Paxtasanoat” kabi katta imkoniyat va qudratga ega bunday soliq to‘lovchilar yurtimizdagi yuridik shaxslarning bor-yo‘g‘i 2 foizini tashkil etadi. Kelgusida esa ana shunday korxonalar sonini ko‘paytirish vazifasi turibdi. Shu bois ham soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish jarayoni boshlandi. Bu qanday amalga oshiriladi?





Download 399,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish