Mavzu : Chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi hisobi va nazorati



Download 28,27 Kb.
Sana25.10.2022
Hajmi28,27 Kb.
#856161
Bog'liq
Tug-vJgMllL4HeDHfVf-oTdRwrB6Qjmz


Mavzu : Chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi hisobi va nazorati
Bajaruvchi : Yo’ldoshboyev Sardorjon
Guruh : BIA - 83
Reja:
1 . Chiqim kassa operatsiyalari tushunchasi mohiyati va mazmuni ta’rifi
2 . Bankdagi hujjatlar aylanishi va bankda hujjatlar aylanishiga ahamiyati
3 . Bankdagi kassa operatsiyalarga hujjatlar aylanishiga doir talablar va bank nazorati
4 . Bank ichki nazorati hujjatlar aylanishi uzviy bog’liqligi va yakuniy xulosasi

Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kas-salaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pen-siya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin. Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib, bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo‘-yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ish haqi olish bo‘yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar. Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib bo-rish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblanadi. Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o‘tilgan maqsad-larga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit bo‘yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza ras-miylashtirilgan sana ko‘rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgal-terining imzosi hamda muhr qo‘yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko‘rsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos bo‘ladi. sh haqi yoki unga tenglashirilgan to‘lovlarni olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi, eng avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan so‘nggina chekning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini, ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko‘radi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o‘tkazib, so‘ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korresponden-siya hisobvarag‘i nomeri ko‘rsatiladi. Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to‘g‘ri kelsa, chekdagi pasport ma’lumotlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko‘rsatilgan summani mijozga sanab beradi. Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to‘g‘ri kelsa, chekdagi pasport ma’lumotlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko‘rsatilgan summani mijozga sanab beradi.

Ilgari barcha tijorat banklari va ularning filiallari aylanma kassala-riga limit o‘rnatilar edi. Limitdan ortiqcha naqd pullar Markaziy bankka yoki uning hududiy bosh boshqarmalariga topshirilishi shart edi. Hozirgi kunda tijorat banklari ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari uchun naqd pul zaxirasi tashkil etiladi. Banklar limitdan ortiqcha naqd pullarini aylanma kassadan olib, naqd pul zaxirasiga o‘tkazishlari mumkin. Aylanma kassada o‘rnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar summasi 10102 – «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag‘iga kirim qilinganda bir vaqtning o‘zida quyidagi ikkita buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:



Banklar har kuni ish boshlashdan avval o‘z mijozlaridan yozma ravishda tushgan kassa buyurtmanomalaridan kelib chiqib, 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘idagi mablag‘ yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydi. Agar aylanma kassada naqd pul mablag‘lari shu kun uchun kelib tushgan naqd pul buyurtmanomalarini to‘lash uchun yetarli bo‘lsa, kassadagi naqd pul hisobidan tegishli operatsiyalar bajariladi. Lekin kassadagi naqd pullar har doim ham chiqim kassa operatsiyalarini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi. Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mab-lag‘lari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgi-langan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablag‘lari solingan inkassa-torlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiri-ladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim ro‘y-xatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga, ikkinchi nusxasi esa bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro‘y-xati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi. ankning qayta sanash kassasida inkassatorlar tomonidan olib ke-lingan naqd pullar tegishli tartibda qayta sanaladi. Qayta sanash vaqtida naqd pullarning to‘g‘ri, ortiqcha yoki kam ekanligi aniqlanadi. Qayta sa-nash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tar-tibda sanab bo‘lgandan keyin, naqd pul mablag‘lari bank aylanma kassa-siga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi. Bank binosida va bank binosidan tashqarida joylashgan shoxobcha yoki minibank hisobvarag‘iga kirim qilingan madad puli hamda kun davomida mijozlardan kirim qilingan naqd pullar miqdorida xarajat qilishga ruxsat etiladi, amaliyot kuni yakunlanganda qoldiq summa to‘laligiga 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali biriktirilishi lozim. Tijorat banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bankning buxgalteriya apparati hisob-kitob-pul hujjatlarini rasmiylashtirish, nazorat qilish hamda bank operastiyalarini qayd etish bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z ichiga oladi. Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo’limlar soni amalga oshiriladigan operastiyalar hajmiga va ularning ayatomatlashtirilganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Ma’lum bir operastiyalarni boshlab bergan buxgalteriyaning boshqa xodimlari imzolarini, zarur bo’lgan hollarda tegishli nazoratchi xodimlarning ulardan kelayotgan hujjatlardagi imzolarini oldindan belgilangan namunalarga solishtirish, shuningdek ularda shaxsiy hisobvaraqlarning raqamlari qonuniy ravishda o’zgartirilganligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.. Buxgalteriyaning boshqa xodimlaridan kelib tushgan hujjatlarning shakllari bajarilayotgan operastiyalar turiga mos kelishini, xususan mazkur operastiyalarni hisobvaraqlar krediti bo’yicha rasmiylashtirish qoidalarida ko’zda tutilmagan buxgalteriya yozuvlari uchun ma’lumotnomalar tegishli hujjatlarning (ya’ni to’lov talabnomalari, to’lov topshiriqnomalari, kirim-chiqim orderlari va shu kabilar) nusxalari o’rniga berilmayotganini tekshirish muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Bank mijozlari bilan hisob kitob oprastiyalarni amalga oshiradigan buxgalteriya xodimi ma’sul ijrochi deb ataladi. Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operastiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o’rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda bitta xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno bo’ladi. Yuqoridagi fikrlar bilan bilan bankda kassa operatsiyalarni amalga oshirishda bank ichki nazorati muhim omil sanaladi. Sababi bankda kreditor va omonotchilari shaxsiy manfaatlari himoya qilib qo’yilgan. Ya’ni o’z aksiyadorlari va omonotchilari oldida majburiyatga ega hisoblanadi.
Download 28,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish