Mavzu : Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida


Markaziy Osiyo mutafakkirlari



Download 0,55 Mb.
bet2/3
Sana08.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#437563
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida

Markaziy Osiyo mutafakkirlari
Or-nomus va shaʼn kategoriyalari Markaziy Osiyo mutafakkirlari axloqiy taʼlimotlarida ham uchraydi. Inson qadr-qimmati, or-nomusi va shaʼni At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Xoʻja Axror, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa oʻrta asr Sharq mutafakkirlarining ijodiy merosida alohida oʻrin tutadi. Garbda esa “or-nomus” va “shaʼn” kategoriyasi Uygʻonish davri mutafakkirlari N.Kopernik, Jordano Bruno, Lorenso Valla, Erazm Rotterdamskiy, Galileo Galiley va boshqa mutafakkirlar ijodidan keng oʻrin olgan. Ayniqsa, Oʻrta asrlarda ritsarlik or-nomus va shaʼni, u yoki bu unvonga mansublik (lord, graf va hokazolar) alohida maʼnaviy fazilatlar
boʻlishligini, shaxsiy va oilaviy qadr-qimmatini, or-nomus va shaʼnni cheksiz hurmat qilish va qadrlashni axloqiy qoida va prinsip darajasiga koʻtardi. Or-nomus va shaʼn kategoriyalarining inson hayotida ustivorligi Pushkin, Lermontov, Dantes, Bayron ijodi va hayotida duel – yakkama-yakka olishuv qiyofasida ham boʻladi. Amaliy mashgʻulotda or-nomus va shaʼn haqida gapirganda milliy istiqlol mafkurasida mazkur kategoriyalarga alohida eʼtibor berishini taʼkidlash lozim. Milliy gʻurur, milliy qadr-qimmat aynan shunday asoslardir. Davlatimiz shaʼni va or-nomusi – oʻzbek halqi tarixiy qadrqimmatining hayotimizda qaror topshining maʼnaviy garovidir. Milliy ornomus, shaʼn va qadr-qimmatni himoya qilmasdan turib milliy mustaqillikni mustahkamlash mumkin emas.
Or-nomus va shaʼn har bir kishida shakllangan boʻlishi ijtimoiy ravnaq
va maʼnaviy poklikning garovidir. Shaxsiy or-nomus va shaʼnni kamol
toptirilsa jamiyatimizda jinoyatchilik, buzuqchilik, giyohvandlik kabi
axloqsizliklar kamayadi. Navbatdagi axloqiy kategoriya – vijdon kategoriyasidir. Vijdon ornomus kabi oliy axloqiy fazilatdir. Vijdon oʻz tabiatiga koʻra ijtimoiytarixiy fazilat boʻlib, kishining fuqorolik yetukligi va ijtimoiy masʼuliyati asosida shakllanadi. “Vijdon amri”, “vijdon azobi”, “vijdon ovozi” kabi tushunchalar kishining turli xatti-harakatlari va hulqini ijtimoiy foyda yoki zarar nuqtai-nazaridan baholashni ifodalaydi. Vijdon kishida tugʻma xususiyat boʻlmasdan, uni individual-shaxsiy kamoloti, shaxsiy hayotiy taqdiri asosida shakllanadi. Vijdon shu sababli turli kishilarda turli darajada shakllangan boʻladi.
Vijdon oʻz tabiatiga koʻra ikki tomondan- aqliy va hissiy tomonlardan
iborat boʻladi. Vijdon ijtimoiy aql, ijtimoiy qoidalariga rioya qilish
darajasini ifoda etar ekan, u insonda turlicha his-tuygʻularni uygʻotadi.
Bu tuygʻular gohida qoniqish, taskin topish yoki aksincha uyalish,
qiynalish, azoblanish shaklida namoyon boʻladi. Qadimgi Rimda vijdon ijtimoiy mohiyatini nazarda tutib “vijdon – bu mingta guvohdir”, - deb ham taʼkidlashgan. Vijdon shu maʼnoda kishining ijtimoiy masʼuliyatini individual-shaxsiy ifoda etilishidir. Vijdon aynan shu tomonlari bilan oʻzining normativ tomonlarini yaqqolroq koʻrsatadi. Vijdonlilik – bu ijtiomiy burchni anglash va shunga mos xattiharakatlar qilishdir.
Vijdonlilik – bu masʼuliyat hissining shaxs faoliyatida ustivorligidir. Vijdonlilik – inson qarorlarida, harakat yoʻnalishlarini tanlashida odamiylikning, insonparvarlikning, mehr-oqibatning ustivorligidir. Burch kategoriyasi ham vijdon kategoriyasi kabi kishilarda turli darajada kamol topgan boʻladi. Burch koʻproq shaxsning individual xususiyatlariga bogʻliqdir. U kishida qay darajada masʼuliyat, uyat, or-nomus va shaʼn hissi taraqqiy ekanligi bilan bogʻliqdir. Burch inson taraqqiyotining yuksak ijtimoiy pogʻonalarida tarixan kamol topgandir. Burch – ijtimoiy va shaxsiy maʼnaviy qarzdorlikni, ijtimoiy hayotga individual tarzda mansublik va qaramlikning ifodasidir. Burch asosan ikki koʻrinish yoki pogʻonada namoyon boʻladi. Birinchisi – ijtimoiy-tarixiy burch. U milliy ravnaq, milliy madaniyat, vatan oldidagi masʼuliyat shaklida koʻrinadi. Shaxsiy individual burch – ikkinchisi bir koʻrinish boʻlib, u ota-ona oldidagi burch, qarindosh-urugʻ oldidagi burch, aka-uka, opa-singil oldidagi burch, doʻstlar oldidagi burch, shuningdek shaxsning umr yoʻldoshi oldidagi burch shaklida namoyon boʻladi. Burchning u yoki bu koʻrinishi shaxsning umumiy madaniyati saviyasi, axloqi, vijdonligi va tarbiyasiga bogʻliq. Burchning oliy koʻrinishi – ijtimoiy burchga shaxsiy-individual burch rivoji orqali erishiladi. Burchning kasbkor bilan bogʻliq koʻrinishini ham alohida koʻrsatish maqsadga muvofiqdir. Baxt kategoriyasi ham asosiy axloqiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Baxt haqidagi ilk tushuncha va tasavvurlar ijtimoiy taraqqiyotning birmuncha keyingi davrlarida (quldorlik tuzumi) shakllangan. Baxtni diniy-mistik va dunyoviy tushunishlar mavjud. Diniy tushunishga binoan haqiqiy baxt – bu xudo marhamatiga ega boʻlish, jamiyatga tushish, deb tushunilgan. Baxtni dunyoviy tushunish kishilarning real turmushlarida farovonlikka, osoyishtalikka, saodatga, roʻshnolikga erishishga qaratilgan individual-shaxsiy tasavvurlariga asoslangandir. Baxt tushunchasi abstrakt axloqiy tushuncha boʻlsa-da, u konkret hodisalarda ifoda boʻlishlikni taqozo etadi. Baxt deganda, ayrimlar cheksiz mol-mulkga, moddiy boyliklarga ega boʻlishni tushunishsa, ayrimlar esa bironbir katta lavozimga ega boʻlishni tushunishi mumkin. Baxt tushunchasi shuning uchun shaxsiy-konkretlikni talab qiladi. Yaʼni u yoki bu shaxsning maʼnaviy va madaniy saviyasiga funksional ravishda bogʻliqdir. Shu maʼnoda kim uchundir baxt – bu sihat-salomatlik boʻlsa, kim uchundir baxt – bu sadoqatli doʻstlarga, sevimli kasbga ega boʻlishdir. Insof kategoriyasi metodologik jihatidan falsafiy “meʼyor” kategoriyasi bilan bogʻliqdir. Insof kategoriyasi ijtimoiy baho asosida shakllanib kishini qator maʼnaviy xislatlari – halollik, ezgulik, vijdon, rostgoʻylik, mehr-oqibat, odamgarchilikni oʻzida mujassam etadi. Insof kategoriyasi har qanday axloqiy sistema va madaniyatda boʻlavermaydi. Insof kategoriyasi oʻzbek milliy axloqiga xos boʻlgan kategoriyadir. Uning roli ijtimoiy hayotda benihoyat kattadir. U yoki bu xattiharakatda ijtimoiy koʻlamdan, meʼyordan chetga chiqish-noinsoflik, demak axloqsizlik hisoblanadi. Bu azaliy axloqiy kategoriya milliy istiqlolimiz shabadasi tufayli hayotimizda yana tiklanmoqda. Insof kategoriyasi oʻz mazmuniga va kishilar hayotida bajaradigan vazifalariga koʻra insof, shaʼn, or-nomus bilan uzviy aloqada turadi. Iymon mazkur kategoriyalar asosida inson maʼnaviy dunyoqarashining negizieʼtiqodni shakllantiradi. Iymon kishida hayotiy koʻnikmalar, taassurotlar, tajriba va tarbiya asosida vujudga keladi va eʼtiqod darajasiga koʻtariladi.
Eʼtiqod kishini u yoki bu hodisaga nisbatan boʻlgan hayotiy mavqeini
(pozitsiyasini) ifodalaydi. Iymon sobiq marksacha-lenincha etikada diniymistik kategoriya tarzida baholanar, uning jamiyat hayotidagi roli kamsitilar edi. Natijada iymonsizlik hayotiy normaga aylanib qolgan edi. Xoinlik, sotqinlik, chaqimchilik, adovat, hasad, qabihlik, yolgʻonchilik, beburdlik, yovuzlik va hokazo hodisalar iymonsizlik namunasidir. Bunday maʼnaviy tuban axloqiy xislatlar aksariyat sovet fuqorolari ongida shakllanib qolgan edi. Buning oqibatida Vatanimizning iymonli va insofli, vijdonli va ornomusli oʻgʻil-qizlari quvginga va qatagʻonga duchor boʻlishgan edi. Iymon milliy ong, milliy madaniyat va milliy maʼnaviyatning koʻzgusidir. Mustaqillik mafkurasining oʻzagini boshqa yuksak axloqiy kategoriyalar bilan bir qatorda iymon kategoriyasi ham tashkil etadi. Amaliy mashgʻulotda mazkur kategoriya misolida konkret hayotiy faktlarga sharhlar tavsiya etiladi. Sevgi kategoriyasi inson axloqiy kamolotining eng oliy va ezgu koʻrinishidir. Sevgi oʻz mazmuniga koʻra hissiy va aqliy tomonlarning oʻzaro dialektik birligidan iboratdir. Sevgi haqidagi tasavvur insonning tabiatdan tarixiy ajralib chiqishi va ijtimoiy maxluqot qiyofasiga kirishi bilan bogʻliqdir. Kishilik jamiyati uchun xos boʻlgan yuksak tuygʻu – sevgi ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir. U ikki – biologik va maʼnaviy birlashish ehtiyoji oʻzaro birligining maʼnaviy ifodasidir. Sevgi, sevish va sevilish hissi insonning maʼnaviy quvvatidir. Sevgi ezgulik, muruvvat, saxiylik, jasurlik, botirlik, sadoqat, burch, ishonch va baxt kategoriyalari bilan bogʻliqdir. Sevgi axloqiy-maʼnaviy hodisa sifatida individual-betakror boʻladi. Sevish va seva olish qobiliyati har bir kishida oʻziga xos, qaytarilmas xarakterga ega. Biroq ijtimoiy-maʼnaviy taraqqiyot sevgi haqida oliy andoza - sevgining obrazli qiyofasini yaratadi. Bu “ideal” tushunchasi orqali ifodalanadi. Maʼnaviy taraqqiyot oʻz davrining ideali tarzida Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Romeo va Julyetta, Tohir va Zuhra, Otabek va Kumush obrazlarini keyingi avlodlar uchun yaratdi. Ular chin sevgining namunasi hisoblanadi.
Sevgi” kategoriyasini “ishq” va “muhabbat” kategoriyalaridan farqi

Sevgi” kategoriyasini “ishq” va “muhabbat” kategoriyalaridan farq


qilmoq lozim. “Sevgi ” va “ishq” kategoriyalari mohiyatan bir-biriga yaqin
kategoriyalardir. Biroq ular umumiyroq boʻlgan axloqiy kategoriya “muhabbat” kategoriyasining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Masalan, sevgi, ishq konkret bir shaxsga nisbatan yaqinlikni, ehtiyojni ifodalasa, “muhabbat” kategoriyasi kengroq boʻlgan hodisalarni ham ifoda etadi.
Masalan, “ona Vatanga muhabbat”, “sevimli kasbga nisbatan muhabbat”, “onaga va otaga muhabbat, mehr-oqibat, saxovat, hamdardlik, hamnafaslik, manfaatdorlik, bogʻliqlikkabi tushunchalarni ham oʻz ichiga oladi. Axloqiy kategoriyalar tizimida “halol” va “harom” kategoriyalari alohida oʻrin tutadi. Oʻzbek milliy axloqida mazkur axloqiy kategoriyalar maʼnaviyatimizning ustuni hisoblanadi. Oʻtmish ajdodlarimizning maʼnaviy hayotida mazkur kategoriyalar ustivorlik qilgan. “Halol” va “harom” kategoriyalari diniy – mistik tabiatga ega, musulmon axloqininggina tushunchalari degan aqida uydirma ekanligi bugungi maʼnaviy poklanish, axloqiy uygʻonish davrida tobora sezilib qolmoqda. Umuminsoniy axloq prinsiplari muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va maʼnaviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonunqoidalar hisoblanadi. Umuminsoniy axloq tamoyillari deb insonning maʼnaviy mohiyatiga, burchiga, hayotning mazmuniga va kishilar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning tabiatiga taalluqli boʻlgan umumiy talablarni aks ettiradigan, insonlar faoliyatining umumiy yoʻnalishini koʻrsatib beradigan va muayyan xulq-atvor normalariga asos boʻlib xizmat qiladigan qonun-qoidalarga aytiladi. Umuminsoniy axloq tamoyillariga quyidagilar kiradi: insonparvarlik, oʻzaro yordam, ishonch, hamjihatlik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, odamiylik, qonuniylik va h.k. Insonparvarlik tamoyili – odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularning haq-huquqlarini xurmat qilish, baxt-saodati, har tomonlama kamol topishi hamda ijtimoiy hayotda inson uchun qulay shart-sharoitla yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tuygʻular, qarashlar majmuidir. Insonparvarlik axloqiy tamoyil sifatida kishilarning xulqini birbiriga xurmat va gʻamxoʻrlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti-harakatlarni bildiradi. Insonparvarlik tamoyili oʻzining huquqiy ifodasini «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr), ―Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabr) kabi hujjatlarda topgan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida:
Hamma odamlar oʻz qadrqimmati hamda huquqlarida erkin va teng boʻlib tugʻiladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan. Binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlarcha ruhda munosabatda boʻlishlari kerak (1-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida:
Yashash huquqi har bir
insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir (24-modda). Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etishning maʼnaviy negizlaridan birini insonparvarlik tashkil etadi.
Insonparvarlik – bu oʻzbek xalqi ruxiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zoʻravonlik uning tabiatiga yotdir, - deb yozgan edi I.A.Karimov
Oʻzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura asarida. Insonparvarlik oʻzbek xalqining barcha hayot jabhalariga kirib ketgan boʻlib, uning qonun-qoidalari axloqiy huquqiy munosabatlarni qamrab olgan holda ularni tartibga solib turuvchi, boshqaruvchi vosita hisoblanadi. Hozirgi kunda insonni, uning haq-huquqlarini himoya qilish eng dolzarb masalalardandir. Bu ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralarning faoliyatini tubdan qayta qurishni insoniylashtirishni taqozo etmoqda. Bu ish 2 xil yoʻnalishda olib borilishi kerak:
1) Huquqni muhofaza qilish xodimlarining butun faoliyatini insoniylashtirish,
2) har bir xodimning faoliyatini insoniylashtirish. Insoniylashtirish –
insonparvarlikning amaldagi ifodasidir. Vatanparvarlik tamoyili – «Vatanni sevmoq iymondandir, - degan edilar paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom. Vatanni sevish vatanparvarlikning negizini tashkil etadi. I.A.Karimov: «.... Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik oʻzining qudratli ildizlari bilan oʻz oilasining, avlod-ajdodlarining nomus-origa, chuqur ehtiromiga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va oʻz soʻziga sodiqlikka borib taqaladi. «Vatan tuygʻusi:
Vatan xissi - shu Vatanning egasi boʻlmish xalqni bilishdan, uning qadriga yetishdan, nimalarga qodir boʻlganligini tan olishdan, buyukligini eʼtirof etishdan boshlanadi deyiladi. Vatan tuygʻusi – ajdodlarimizning Vatan deya, uning ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilganliklarini, jabrsitam, zulm-istibdodga uchraganliklarini yod etish, mustaqil, ozod va obod Vatanimizga yuksak eʼtiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli boʻlishdir. Axloq normalari deb bir xildagi ish-amallarga joriy qiladigan umumiy buyruqlar va taqiqlar orqali kishilar xatti-harakatini tartibga soluvchi axloq-odob talablarining shakliga aytiladi. Axloq normalari ikki xil koʻrinishda boʻladi: axloqiy munosabatlarning tarkibiy qismi shaklida mavjud boʻladi, axloqiy ong shakllarida mavjud boʻladi. Axloq normalarining birinchi shakli koʻpchilik kishilarning bir xildagi xatti-harakatlari tufayli kelib chiqqan va keyinchalik barcha uchun bajarilishi shart qoidalar tusini olgan normalardir. Ikkinchi xil koʻrinishdagi axloqiy norma inson ongida oʻz aksini topgan muayyan qoida sifatida namoyon boʻladi (masalan, «oʻldirma, ―oʻgʻirlama va h.k.). Yaʼni buyruq moyillik xususiyati koʻzga tashlanadi.
Demak axloq tamoyillari – umumlashgan axloqiy tushunchalar boʻlsa,
axloqiy normalar ularni muayyanlashtirishga xizmat qiladi, yaʼni axloqiy
tamoyillarga rioya qilish uchun qanday axloqiy xislatlar zarurligini, bunda kishi irodasi qay tarzda namoyon boʻlishi kerakligini koʻrsatadi.
Axloq normalari nafaqat elementar axloqiy ong, balki shu bilan birga,
kishilarni harakatga undovchi motiv hamdir. Ular maʼnaviy va amaliy
xodisalarning sintezi sifatida nima qilish mumkinu, nima mumkin
emasligini, u yoki bu sharoitda qanday harakat qilish okragu, nimadan
oʻzimizning tiyishimiz lozimligini koʻrsatgan holda xulqimizni yoʻlga
soladi, yaʼni mumkin va nomumkinlik meʼyorini belgilab beradi.
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining kasb axloqiy
normalariga quyidagilar kiradi: xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgoʻylik, ochiq koʻngillik va dangallik, saxiylik va muruvatlilik, oʻzaro hurmat, samimiylik, sipolik va h.k.
Xushmuomalalik – oʻzga kishilarga boʻlgan ichki hurmatning tashqi
koʻrinishi. Uning 10 ta belgisi bor: insof, aql, ilm, oliyjanoblik, koʻrkam
feʼl, yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlilik. Xushmuomalalik –koʻngildagi
ardoqli fikrlarni, eng noyob xistuygʻularni, eng ezgu niyatlarni odamlar bilan baham koʻrish, osoyishtalik, vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish demakdir. Odoblilik – yaxshi tarbiy koʻrganlikning namoyon boʻlishi, oʻzini tuta bilish, hukm chiqarishda shoshilmaslik, kishilarning orqasidan gʻiybat
qilmaslik, oʻzgalar fikrini tinglay bilish, shirinsoʻzlik. Halollik – har bir insonning oʻz kuchi bilan mehnat qilishi, shuning evaziga topgan mol-mulki, obroʻsi, jamiyatda tutgan oʻrni, xulqining toʻgʻriligi. Rostgoʻylik xalollikning bir koʻrinishi boʻlib, haqiqatni gapirish, oʻzining
ham, oʻzgalarning ham qadr-qimmatini toʻgʻri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni
yomon deb ochiqchasiga aytishdir. Hayolilik – bu uyalish, xijolat tortish, oʻzini har xil nojoʻya xattiharakatlardan tiya olish demakdir.
Hayo imondandir. Hayoli, odoli boʻlmoq har vaqt xayrli ishlarga sabab boʻladi (xadislardan).
Vafosizda hayo yoʻq, hayosizda vafo yoʻq. Hayosiz inson – imonsizdir,
imonsiz esa inson emasdir (Navoiy).
Insonda doimo turadigan husn va latofat hayo ila iffatdir Hayosiz yuz
jonsiz jasad kabidir(Ibn Sino). Sabr –qanoat – hayot qiyinchiliklarini chidam bilan yengishdir. Kamtarlik – kishining oʻzini tabiiy holda, qanday boʻlsa shundayligicha hamma bilan teng tutishdir.
Kuchli odamlar hamisha oddiydirlar (L.Tolstoy).
Kamtarlikning yetishmasligi, aqlning yetishmasligidandir (A.Pop).



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish