O'tkir obstruktiv bronxit va bronxial o'pka kiyosiy tashxisoti.
Simptomlar O'B Stenozlanuv
chi laringit
Yuqori nafas
yo'llari
obstruktsiya
si, tug'ma
stridor
Ovqat
aspiratsiyasi
sindromi
Ko'krak
qafasi
ichi
xosilasi
boshlanishi o'tkir o'tkir Bosqich bilan Bosqich bilan Bosqich
bilan,
asta sekin
25
Xansirash eksperator inspirator inspirator ekspirator Ekspirator
Tana xolati
o'zgarganda
nafas olish
o'zgarmayd
i
o'zgarmaydi Vertikal
xolatda
yaxshilanadi
o'zgarmaydi Xar
xil
xolatlarda
o'zgarishi
mumkin
Yutish
buzilishi
y°'q y°'q Qiynalish
bo'lishi
mumkin
Yutishda
chayqalish,
ovqat
burundan
chiqishi
Ba'zida
qiyinlashadi
Diagnostikada
xal qiluvchi
usul
bronxiolitlar
da
LOR vrach
ko'kuvi
LOR vrach
ko'ruvi
Reflyuks
disfagiyaga
sinamalar
Ko'krak
qafasi
rentgeno
grammasi va
boshqa
tekshiruvlar
Davolash.
Bronxial obstruktsiyali bemorlarga namlangan xavo zarur (atrof muxitni
namlash, batareyaga nam choyshab kuyish). Giperventelyatsiya va tana xarorratini
ko'tarilishiga bog'lik xolda namlikni yo'qotilgan bemorlar qo'shimcha suyuklik
kuyishga muxtojdirlar. Kunlik zarur suyuklik mikdori patologik yo'qotish
dotatsiyasi bilan yoshiga mos kunlik fiziologik suyuqlikni talabiga mos keladi:
a) nafas yo'llari orqali yo'qotiladigan namlik (10 ml/kgt vazni/ kunlik xar bir 10-
15 nafas olish daqiqasida yoshini meyoridan yuqori bo'lishi).
b) tana xaroratini yuqoriligiga (10 ml/kg vazn/ kunda xar 10S meyoridan 370Sdan
yuqori).
Og'iz orqali regidratatsiya eritmalari - choy, mors, glyukoza - tuzli eritmaregidron,
glyukosalon ishlatiladi. Vena ichiga suyukliklar yaqqol suvsizlanish
belgilari, zaxarlanish yoki og'iz orqali eritmalarni to'lik yuborishni iloji bo'lmagan
bemor bolalarga yuboriladi. Infuziya mikdori yoshiga mos kunlik fiziologik talabni
30-50 % dan oshmasligi kerak. Pastmolekulyar eritmalar, glyukozali infuzat,
tarkibiga-vitamin S qo'shilgan polidez, riboflavin, piridoksin ishlatiladi.
Obstruktiv bronxitli bola o'zini oddiy mikdordagi emishidan bitta kam
ovkat kabul kilishi kerak. Axvoli yaxshilana borgach bolani yoshiga mos fiziologik
ovkatlanishga o'tkaziladi.
Obstruktiv bronxitni davolashda adekvat oksigenatsiya katta axamiyatga
ega. Bunda nafas olayotgan xavo tarkibidagi kislorodni oshirish, bronx o'pka
o'tkazuvchanligini yaxshilash va to'qimani kislorodga extiyojini kamaytirish yo'li
orqali erishiladi. Gipoksiya belgilarida (bezovtalik, ko'karish, xansirashni olib
borishda) katetr, yoki DKP-1 palatasi orkali beriladigan nam kislorod yordam
beradi. Uncha og'ir bo'lmagan obstruktsiya shakllarida xonani shamollatish,
xavoni namlash, bemorga maksimal tinchlikni tashkil etish, ko'p muolajalarni rad
etish etarlidir.
Bronx o'tkazuvchanligini yaxshilash uchun spazmga qarshi davolar
ishlatiladi. Ko'pincha S. V.Rachinskiy bo'yicha obstruktsiyani bartaraf etish usuli
ishlatiladi.
Avval eufillin 4-5 mg/kg (1 martalik miqdor) miqdorda ichishga,
obstruktsiyani og'ir shakllarida vena ichiga yuboriladi. Eufillin mikdori
yuborilgach 15-30 min. davomida nafas sonini qayta sanash va ko'krak qafasini
tortilish darajasini baxolash kerak. Davo samaradorligini nafas sonini bir
daqiqasida 10-15 taga kamayganligi bo'yicha va ko'krak qafasi torayishiga moyil
joylarni kamayganligi orqali baxo berish mumkin. Ba'zan bunday samara o'tkinchi
bo'lishi mumkin, obstuktsiya darajasini xar soatda baxolash lozim. Musbat
samarada eufillini 10-12 mg/kg kunlik mikdorida berishni davom ettirish kerak.
Eufillin samara bermaganda alupent (2-12 oyli bolalarga 0,05% - 0,2 ml va
2-4 yoshli bolalarga 0,4 ml dan) yuboriladi. Alupent ta'siri xuddi shu yuqorida
keltirilgan mezonlar bo'yicha baxolanadi. Samara kuzatilmaganda dorini qayta
yuborishni talab etmaydi.
Samaradorlik bo'lmasa va bola xolati yomonlashganda 1 martalik miqdori 2-
3 mg/kg dan prednizolon yuboriladi. Spazmolitiklarni ishlatishga qaraganda
steroidlarni qo'llash yaxshi samara beradi. Vena ichiga va mushak orasiga
yuborish tezroq yaxshi natija beradi. Ko'pincha prednizolonni 1-2 mikdorda qabul
qilish etarli xisoblanib, undan so'ng xolati turg'un yaxshilanishi yuzaga keladi va
keyinchalik dorini kabul kilish ta'siri yo'qoladi. Gormonal dorilarni qisqa muddatli
(3-5 kun) davosini olib tashlashdan oldin miqdorini sekin pasaytirish zarur emas.
Kupgina bemorlarga bunday taktikani kullashda 2 chi kundan bola xolati
yaxshilanadi, keyinchalik bolalar yaxshi samara bergan spazmolitik davo doridan
fakat eufillin bilan davolanadi.
Obstruktiv bronxitda spazmolitik davoga qo'shimcha sifatida quyidagi fizik
davo usullari ishlatiladi:
• Ko'krak qafasini drenaj xolatda tebratishli (vibratsion) silash. Bu muolaja
balg'am ko'chishini yaxshilashga va ko'p bolalarda bronxospazm yaqqolligini
pasaytirishga yordam beradi.
• Ko'p bolalarda silash postdural drenaj yordamida obstruktsiyani
spazmolitiklarni qo'llashsiz bartaraf kilish mumkin.
O'pka obstruktsiyasini echilishiga erishilmagan xolatlarda zaxiradagi dorimoddalarni
ishlatish mumkin. Ularga simpatomimetik qatoridagi dorilar kirib,
tanlab ta'sir etuvchi bronx devorlari p2 - adrenoretseptorlariga bronx yorig'ini
kengaytiradi va shu bilan birga bronx obstruktsiyasini kamaytiradi. Bu dorilar tent
ostida miqdorini purkash usulida tavsiya etish mumkin, masalan 0,5% li
Do'stlaringiz bilan baham: |