Qimirlashning 3 xil darajasi bor:
1 –vestibo’lyar–oral yunalishda.
2 –vestibo’lyar-oral va yon tomonlama.
3- tish o’qi bo’yicha (vertikal yo’nalishda).
Qo’shimcha tekshirish usullariga elektrodontodiagnostika kiradi (EOD).
Bolalar yoshida EODtishlar rivojlanish davrlariga bog’liq holda o’zgarib turadi.
EOD -tish pulpasi va uni o’rab turuvchi to’qimalar holati haqida to’liq ma’lumot beradi.
Pulpani normal va patologik holatdagi elektr sezuvchanligi aniqlangan . Sog’lom tishlar
2-6 mkA tok kuchi sezuvchanligiga ega. Elektr qo’zg’aluvchanligining 20-40 mkA gacha
pasayishi pulpada patologik jarayon borligini bildiradi. 60mkA gacha pasayishi toj
pulpasi nekrozlanganini ko’rsatadi. Agar ildiz pulpasi ham nekrozlansa, u holda tish 100
mkA va undan yuqori tok kuchini sezadi. Periodontdagi yaqqol morfologik
o’zgarishlarda tish 200mkA dan yuqori bo’lgan tok kuchini sezadi.
-Stomatologiyada ko’pincha og’iz ichi yaqin fokusli kontakt rentgenografiyadan
foydalaniladi. Rengenografiya vrachga ildiz kanallarini davolashda (rentgen tasviri
bo’yicha ularning yo’nalishi,to’lish darajasi, o’tuvchanligi) tish atrofi to’kimalari holatini
bilishda, suyak to’kimasi va strukturalarida patologik jarayonlarni aniqlashda katta
yordam beradi. Usulning mohiyati shuki rentgen nurlari tekshiriluvchi qism zichligiga
bog’liq ravishda to’qimalarda kam yoki ko’p darajada tutib qolinadi. Tish emali zich
soya beradi, dentin va tsement esa kamroq zich soya beradi.
- Termodiagnostika – tishni temperatura ta’surotlariga reaktsiyasini aniqlashga
imkon beradi. Bu eng eski fizik usul hisoblanadi. Pulpa holatini aniqlash uchun ko’p
ishlatiladi Tasir etuvchilar sifatida efir, ko’prok sovuq va issiq suv ishlatiladi. CHunki
suv eng kuchli ta’sirlovchi hisoblanadi.
- Laborator diagnostika umumiy klinik va murakkab bioximik va morfologik
usullarni yoritishga imkon beradi. Stomatologiyada keng mikroskopik serologik
tekshirish usuli dorilarga allergik sinama va umumiy klinik (qon taxlili) va boshqa
tekshirish usullari qo’llaniladi.
- Stomatologik amaliyotda palpatsiya EOD perkussiya taxminiy tashxis qo’yish
maqsadida ishlatiladi.
- Karioz bo’shliqni chukurligini zond yordamida aniqlanadi- Qo’shimcha
tekshirish usullariga stomatologiya amaliyotida allergik immunologik tekshirishlar
kiradi.
- Tishni rengologik surati orkali tish qattiq to’qimasi holati va tish atrof to’qimasi
holati haqida so’z yuritish mumkin.
Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kasallikni keltirib chikaruvchi sabablar va
rivojlanishiga olib keluvchi sharoitlarni bartaraf kilish,
Do'stlaringiz bilan baham: