Mavzu : Bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish. Reja



Download 16,04 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi16,04 Kb.
#634760
Bog'liq
Bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish


Mavzu :Bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish.


Reja:
1. Bir yoshu 6 oylikdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, ta’limiy faoliyatlarni tashkil etish va o'tkazish uslubiyoti. 2. Nutq kamchiliklariga qarab tog`ri tovush talaffuzini tarbiyalash uchun o`yin, mashq, mashg`ulotlarini o`tkazish.
Bir yoshu 6 oylikdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug'at to'plami keskin ortadi, so'zlar tarkibi takomillashadi. Ular awal tovush birikmalarini, so'zlarni, so'ngra oddiy jumlalarni, uncha katta bo'lmagan she'rlarni osonlik bilan takrorlaydilar. Agar 2 yoshli bola o'z nutqida 2 — 3 so'zdan iborat jumlalarni ishlatgan bo'lsa, 3 yoshida ular o'z nutqlarida 3 — 5 va undan ortiq murakkab so'zlarni ishlata boshlaydilar. Bu davrda nutqning tovush tomoni: ovoz va artikulatsiya apparatlari, tovush talaffuzi, eshituv idroki jadal rivojlanadi. Bolalarda yaxshi, aniq, to'g'ri, ma'noli nutqning shakllanishi uchun ilk yoshdan boshlab nutqning tovush madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etish kerak. Bu bosqichdagi asosiy vazifa — doimiy ravishda eshituv idrokini rivojlantirishdan, artikulatsiya apparati a'zolarini mustahkamlash va rivojlantirishdan iboratdir. Bu maqsadga erishish uchun ma'lum bir guruhdagi tovushlar olinib, ular bolalar bilan birgalikda tovushlarga taqlid qilish asosida talaffuz qilishga o'rgatiladi. Bular, asosan, oddiy tovushlar guruhidir: unli (a, i, o, u, e, 01), lablangan (p, b, m), til orqa (k, g, x), labtish (v, /), til oldi (/, d, «).
Turli ish shakllariga tovushga taqlid qilishni kiritish tovushlarni turli birikmalarda to'g'ri talaffuz etilishini aniqlash va mustahkamlashga yordam beribgina qolmay, balki ravshan gapirishga (yaxshi diksiya), ya'ni tovush va so'zlarni aniq, to'g'ri talaffuz etishga ham ta'sir etadi. Bir xildagi tovushga taqlid qilish bir necha marta talaffuz etish, nutqda nafas olish va chiqarish, tovushlarni va tovush birikmalarini har xil balandlikda talaffuz etish, ovoz apparatining rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Ikki yoshgacha bo'lgan bolalarda nutqni eshitish malakasining rivojlanishiga yordam beruvchi quyidagi tovushlarga taqlid qilish taklif etiladi: parovozning gudogi (uuu), sigirning ma'rashi .(mu), kuchukning akillashi (vovvov), o'rdakning g'ag'illashi (g'ag'a) va hokazolar. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarning tovushga taqlid qilishi murakkablashadi, masalan: kukuku, g'oqg'oq, g'ingg'ing, miyovmiyov, vaqvaq va boshqalar. Birinchi kichik guruhda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ta’limiy faoliyatlari oyda birikki marta o'tkaziladi. Bundan tashqari, 2—3 ta’limiy faoliyat nutq o'stirish ta’limiy faoliyatining bir qismi sifatida rejalashtiriladi. Ular 2 — 3 daqiqadan 4 — 5 daqiqagacha davom etadi. Qo'yilgan vazifalarga qarab, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ta’limiy faoliyati 2 — 3 qismdan iborat bo'lishi mumkin.
Masalan: 1 qism — a, u tovushlarining to'g'ri talaffuz etilishini mustahkamlash. Maqsad: a, u tovushlarining to'g'ri talaffuzini mustahkamlash, ularni yetarlicha baland ovozda talaf­fuz etishga o'rgatish.
2 qism: eshituv diqqatini rivojlantirish uchun ,,Nima jaranglayotganini top" mashqi.
Maqsad: bolalarni eshitish orqali turli buyumlarni ularning jarangidan farqlashga o'rgatish.
Ta’limiy faoliyat uchun kerakli narsalar: to'siq, childirma, qo'ng'iroq, shiqildoq, bolg'acha, o'yinchoq archalar, qo'g'irchoq.
Ta’limiy faoliyatning borishi. Tarbiyachi bolalarga doktor Voyjonimni ko'rsatadi va ularga doktor tomoqlarini qanday ko'rganini eslashni aytadi (bolalar og'izlarini katta ochib, ,,aaaa" deb talaffuz etadilar). Hamma bolalarning jo'r bo'lib aytgan javobi va yakkamayakka javoblaridan so'ng tarbiyachi bolalarga parovoz suratini yoki o'yinchog'ini ko'rsatadi va u qanday ovoz chiqarishini esga olishlarini aytadi. Bolalar baland ovozda, bir oz cho'zibroq ,,u" tovushini talaffuz etadilar. So'ngra tarbiyachi bolalarga shunday hikoya qiladi: ,,Kishilar o'rmonda, bog'da sayr qilib yurishganda, yo'qolib qolmasliklari (adashib ketmasliklari) uchun birbirlariga teztez: Au! Au! deb qichqirishadi". Tarbiyachi stol ustiga o'yinchoq archalarni qo'yib chiqadi va ularning oralarida qo'g'irchoq Lobarni yurgizib, ,,U adashib qolmasin, kelinglar: Au! Au!" deb qichqiramiz, deb aytadi. Bolalar Lobarni jo'r bo'lib va yakkamayakka holda chaqiradilar. Tarbiyachi bolalar yetarlicha baland ovozda a va u tovushlarini birgalikda, cho'zibroq (aaauuu) talaffuz etishlarini kuzatib boradi.
Ta’limiy faoliyatning ikkinchi qismida quyidagi buyumlarni tayyorlaydi: to'siq, childirma, qo'ng'iroq, shiqildoq o'yinchog'i, bolg'acha. Bu buyumlarni navbat bilan bolalarga ko'rsatadi, ularning nomini aytadi, qanday ovoz chiqarishini tinglashni taklif etadi. Bolalar hamma buyumlarning nomlarini, qanday ovoz chiqarishini yaxshilab o'zlashtirib olganlaridan so'ng, buyumlarni to'siq orqasiga yashiradi va turli harakatlarni bajarib, nimaning ovozini eshitayotganliklarini topishlarini ulardan so'raydi. Ta’limiy faoliyatdan so'ng qo'ng'iroq, childirma, shiqildoq, bolg'acha stol ustida qoldiriladi, bolalar ularni o'ynaydilar.
Shunday qilib, ta’limiy faoliyatlarda va ta’limiy faoliyatdan tashqari vaqtlarda uzluksiz tarzda turli tovushlarga taqlid qilishdan foydalanish jarayonida nutqning tovush tomonini shakllantirishga erishamiz. Ishning bu bosqichida (1 yoshu 6 oylikdan 3 yoshgacha) bolalar yoshiga mos ravishda tovushga taqlid qiluvchi o'yinlar, hazilmutoyibalar, ashulalar, hikoyalar, she'rlar ta’limiy faoliyat tarkibiga kiritiladi. Ushbu guruhlarda dasturda ko'rsatilgan tovushlar guruhi ustida ishlash bo'yicha ta’limiy faoliyatlar ,,Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni to'g'ri talaffuzga o'rgatish" nomli qo'llanmada to'liq o'z aksini topgan.
Download 16,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish