Mavzu : Bilimlarni tashkillashtirish ma’lum darajada tanlangan usul(modeli)ga bog`liq emas


Ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish



Download 1,5 Mb.
bet2/3
Sana19.02.2022
Hajmi1,5 Mb.
#459540
1   2   3
Bog'liq
Bilimlarni tashkillashtirish Mohinur Tursunboyeva

Ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish.


ETning ishchi xotirasi (IX) ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan [1-3]. Ishchi xotirada ma’lumotlar bir xil bo`lishi yoki tiplari bo`yicha darajalarga bo`linishi mumkin. Agar ma’lumotlar ajratilgan bo`lsa, ishchi xotiraning har bir darajasida o`sha tilga mos ma’lumotlar saqlanadi. Darajalarga ajratish ETning strukturasini murakkablashtiradi, lekin tizimning samaradorligini ta’minlaydi. Masalan, rejalar darajasini agendlar darajasi (bajarishga tayyorlangan qoidalarning tartiblangan ro`yxati) va predmet sohasidagi ma’lumotlar darajasi (yechimlar darajasi)ga ajratish mumkin.
Zamonaviy ETlarning IXda ma’lumotlar alohida (izolyatsiyalangan) yoki bog`langan holda qaraladi [1-3]. Birinchi holda IX oddiy elementlar to`plamidan iborat, ikkinchi holda – (IX ning turli darajada) bittadan yoki bir nechta murakkab elementlar (masalan, obyektlar)dan iborat bo`ladi. Bu holda murakkab element bir to`plamga jamlangan oddiy elementlar to`plamiga mos keladi. Nazariy jihatdan bu yondoshuv to`liqlilikni ta’minlaydi, lekin murakkab predmet sohalarda alohida elementlardan foydalanish samaradorlikni yo`qotishga olib keladi.
Oddiy holatda IXning ma’lumotlari o`zgarmas va (yoki) o`zgaruvchilar bo`lib hisoblanadi. Bunda o`zgaruvchilar biror obyektning xarakteristikasidek, o`zgarmaslar ET harakateristikalarining mos qiymati bo`lishi mumkin. Agar IXda joriy muammoli holatni tasvirlovchi turli obyektlarni bir vaqtda tahlil qilish talab etilsa, unda ta’kidlash lozimki, qaralayotgan xarakteristikalar qaysi obyektga tegishli ekanligi aniqlanishi kerak. Ushbu masalani yechish usullaridan biri xarakteristikalarning qaysi obyektga qarashli ekanligini aniq ko`rsatish hisoblanadi.

Bilimlar bazasida bilimlarni tashkillashtirish.


Bilimlarni namoyish etish nuqtai nazaridan tizimning intellektuallilik ko`rsatkichi uning kerakli vaqtda muhim (muhimli) bilimlardan foydalanish qobiliyati hisoblanadi. Muhim bilimlarni aniqlash vositasiga ega bo`lmagan tizimlar «kombinatorli portlash» muammosiga duch kelishadi. Shuni tasdiqlash mumkinki, bu muammo ET larning qo`llanilish chegarasini cheklovchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Bilimlardan foydalanishga imkoniyat yaratish muammosida ushbu uchta holatni ko`rsatish mumkin: bilimlar va ma’lumotlarning bog`liqligi, bilimlardan foydalanishga imkoniyat yaratish mexanizmi va bir-biri bilan taqqoslash usuli [1-4].
Bilimlarning bog`liqligi(agregatsiya) muhim bilimlar yechimini izlashni tezlatishga imkon beruvchi asosiy usullardan hisoblanadi. Ko`pchilik mutaxassislar shu xulosaga kelishdiki, bilimlarni predmet sohasining juda muhim obyektlari(to`plami) atrofida tashkillashtirish lozim. Biror obyektni xarakterlovchi barcha bilimlar bir - biri bilan bog`lanadi va alohida obyekt uchun namoyish etiladi. Bilimlarni shunday tashkillashtirganda, agar tizimga biror obyektlar to`plami haqida ma’lumot kerak bo`lsa, unda u ushbu to`plamni tasvirlovchi muhim obyektni izlaydi, keyin ET obyekt ichidan berilgan to`plamga oid ma’lumotni qidiradi. Obyektlarda elementlar orasidagi bog`lanishlarni ikki tipga ajratish maqsadga muvofiq: tashqi va ichki. Ichki aloqalar elementlarni yagona obyektga jamlaydi va obyektning strukturasini ifodalashga mo`ljallangan. Tashqi aloqalar ekspertiza sohasidagi obyektlar orasida mavjud bo`lgan o`zaro bog`liqlikni aks ettiradi. Ko`pchilik kuzatuvchilar tashqi aloqalarni mantiqiy va assotsiativ tiplarga ajratadilar. Mantiqiy aloqalar bilim elementlari orasidagi semantik munosabatlarni aks ettiradi. Assotsiativ aloqalar muhim bilimlarni izlash jarayonini tezlashtiruvchi o`zaro aloqalarni ta’minlash uchun mo`ljallangan [1-3].

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish