Trimeperidin (promedol) sintetik modda bo‘lib, nisbatan og’riq qoldirish xususiyatiga ko‘ra morfinga yaqimlashib qoladi, nafasni susaytirishi, spazmogen ta’sirga ega, qaramlik kam hollarda kuzatiladi. Shuning uchun promedol bolalar amaliyotida keng qo‘llanadi, qatto bu modda «bolalar analgetigi» deb ham ataladi.
Promedol og‘riqni qoldirish uchun akusherlik amaliyotida ham qo‘llanadi, chunki nafasni unchalik susaytirmaydi, bachadon bo‘ynini bo‘shashtiradi. Shu tufayli bachadonning to‘la ochilishi va tug’ruq yengil kechishiga yordam beradi.
Promedolning nojo‘ya ta’sirla-ri kam, ko‘igil aynashi, bosh aylanishi mumkin. Bu moddaga kamroq bo‘lsa ham o‘rganish, qaramlik paydo bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |