Mavzu : Amaliy landshaftshunoslik Landshaft planirovkasi Reja



Download 27,95 Kb.
bet1/5
Sana28.04.2022
Hajmi27,95 Kb.
#588756
  1   2   3   4   5
Bog'liq
hayotjon landshaftshunoslik



Mavzu : Amaliy landshaftshunoslik. . Landshaft planirovkasi
Reja:

  1. Amaliy landshaftshunoslikning mazmuni va mohiyati.

  2. Landshaftlarni baholash.

  3. Landshaftlar taraqqiyotini bashorat qilish Landshaftlarni qishloq xo’jaligi nuqtai nazardan planirovka qilish.

  4. Landshaftlarni qurilish nuqtai nazardan planirovka qilish.

Amaliy landshaftshunoslikning tub mohiyati xalq xo‘jaligining turli xil amaliy masalalarini hal etishda landshaft haqidagi ta’limotning nazariy tamoyillari va usullaridan foydalanish va tatbiq etishdan iboratdir. Landshaftshunoslikning amaliy jihatlaridan biri, asosan, xalq xo‘jaligining u yoki bu tarmog‘i talablaridan kelib chiqqan holda landshaftlarni ta’riflovchi turli ma’lumotlar bilan ta’minlab turishdir. Bunday ma’lumotlarga, masalan, landshaft xaritalari, tabiiy geografik rayonlashtirish natijalari, landshaftlarning batafsil ta’rifi va h.k. kiradi. Landshaftlarga taalluqli ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq qilishning yana bir turi landshaftlarni xalq xo‘jaligining ma’lum tarmoqlari maqsadlarida baholash bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida, yo‘l qurilishi, shahar qurilishi, sog‘liqni saqlash yoki rekreatsiya maqsadlarida qilingan ishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.


Ammo landshaftshunoslik fanining maqsadi tabiiy muhitni faqat o‘rganibgina yoki baholabgina qolmasdan, balki tabiiy muhitni yaxshilash, samaradorligini oshirish, tabiiy resurslardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishdir. Bundagi dastlabki qadamlardan biri xalq xo‘jaligining yoki uning ayrim tarmoqlarining yirik va muhim dasturlarini ishlab chiqishda, turli inshootlar qurilishlari loyihaoldi izlanishlarida landshaftshunoslarning faol ishtiroki bo‘lishi kerak.
Amaliy landshaftshunoslik bo‘yicha qilinadigan izlanishlar mantiqan olganda umumilmiy landshaft xaritalariga asoslangan holda olib borilishi shart. Bunday xaritalar odatda yagona dastur va metodika bo‘yicha tuzilib, zalvorli (fundamental) tadqiqotlar ma’lumotlariga va natijalariga tayangan, ya’ni geotizimlarning obyektiv umumilmiy tahliliga tayangan bo‘ladi. Chunki ilmiy-nazariy landshaftshunoslikda ham tadqiqot obyekti bir, ya’ni turli ko‘lamdagi geotizimlar hisoblanadi.
Ilmiy-nazariy landshaft tadqiqotlaridan amaliy landshaft izlanishlariga o‘tishda geotizimlarning ko‘lamini, izlanishlarning qaysi ko‘lamda olib borilishini aniqlab olish ahamiyatlidir. Chunki izlanishlarning maqsadiga, maydonning katta-kichikligiga bog‘liq holda uning bevosita izlanish obyekti ham, masshtabi ham turlicha bo‘lishi mumkin.
Amaliy landshaftshunoslik uchun zarur ma’lumotlarning yana biri − bu umumilmiy landshaft xaritasida aks ettirilgan har bir landshaft (kompleks)ni har tomonlama yoritib bera oladigan ta’rifdir. Bunday ta’rifdan oldimizda turgan vazifa va maqsaddan kelib chiqqan holda turli ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Masalan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida bir turdagi ma’lumotlar kerak bo‘lsa, shaharsozlik nuqtayi nazaridan esa boshqa turdagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi. Bunday ma’lumotlarni to‘g‘ri va oqilona ajratib ola bilish ishning natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Boshqacharoq qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ham joyning iqlimi, tog‘ jinslari, relyefi, tuprog‘i, suv rejimi kabilarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Ammo qishloq xo‘jaligi maqsadlarida iqlim yoki tuproqning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tahlil qilinsa, shaharsozlik bilan shug‘ullanuvchi muhandis uchun esa boshqa xususiyatlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarga taalluqli ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq qilish jarayonida landshaftlarni ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda guruhlarga birlashtirish, ya’ni landshaft turlarini aniqlash zaruriyati tug‘iladi. Ularni xalq xo‘jaligining u yoki bu tarmog‘ini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, inson tomonidan amalga oshiriladigan tadbir (inshoot qurilishi, melioratsiya, agrotexnika va h.k.) larga qanday reaksiya berishiga qarab ayrim guruhlarga birlashtirish landshaftlarni amaliy jihatdan baholashni osonlashtiradi. Yana bir narsani ta’kidlab qo‘ymoq kerakki, zalvorli ilmiy-nazariy landshaft tadqiqotlarning natijalari joylarni amaliy jihatdan baholashda zarur asos bo‘lish bilan bir qatorda, har doim ham ma’lum maqsad uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni beravermaydi. Bunday holda qo‘shimcha tarzda tadqiqotlar, dalada o‘rganish ishlari o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
A.G.Isachenko (1991) tabiiy muhitni muvofiqlashtirish maqsadlarida bajariladigan landshaft tadqiqotlarini ikki qismdan iborat, deb ko‘rsatadi:
1. Tadqiqotlarning zalvorli qismi geotizimlarning strukturasi va hayotiy faoliyatiga bo‘ladigan inson ta’sirini har tomonlama tahlil qilish sanaladi.
2. Amaliy qismi esa geotizimlarni muhofaza qilish, yaxshilash va oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy masalalarni yechishda zalvorli tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarni qo‘llay bilishdir.
Amaliy landshaftshunoslikning tadqiqot ishlari haqiqatdan ham bosqichma-bosqich bajarilishi kerak. Birinchi bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy ishlar landshaftlarni aniqlash, xaritaga tushirish, ularni tavsifini tuzishdan iborat bo‘lsa, keyingi bosqichda landshaftlar baholanadi. Bunda har bir landshaft inson hayoti va salomatligi nuqtayi nazaridan yoki yangi yerlarni o‘zlashtirish, turli sanoat va xo‘jalik qurilishlari, rekreatsiya kabi u yoki bu maqsadlarda baholanishi va tahlil qilinishi lozim bo‘ladi. Hozirgi kungacha bajarilgan amaliy landshaft tadqiqotlarining ko‘pchiligi ana shu baholash ishlariga bag‘ishlangandir. Ammo amaliy landshaftshunoslik faqat baholash bilan cheklanib qolmay, o‘z oldida turgan maqsad va vazifadan kelib chiqqan holda turli xil tavsiyanomalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishi kerak. Landshaftshunos bunday ishlarni amalga oshirishda kerakli mutaxassislar bilan hamkorlik qilishi lozim.
Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog‘ini rivojlantirish maqsadlarida tavsiyanomalar ishlab chiqishda albatta landshaftlarning tabiiy rivojlanishi davomida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar va insonning xo‘jalikdagi faoliyati natijasida yuz beradigan o‘zgarishlar inobatga olinishi kerak. Bunday o‘zgarishlarning bo‘lish yoki bo‘lmasligini oldindan ko‘ra bilish (bashoratlash) amaliy landshaftshunoslikning muhim masalalaridan biridir.

Download 27,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish