Har bir tashkilot qandaydir mahsulot ishlab chiqaradi . Baxtga qarshi har bir korxona ham bir xil maxsulot ishlab chiqarmaydi, masalan mashina, telefon vahokozo. Bunung sababi AQSh iqtisodiyoti orqali tushuniladi ya’ni AQSh iqtisodiyotida yaratuvchilik va xizmat koʻrsatish savdosi kiradi. AQShda 77 foyiz biznes servis korsatish hisoblanadi. Yevropa ittifoqida esa bu korsatkich 73 % ga teng. Ammo rivojlanmagan davlatlarda servis korsatish kam darajada rivojlangan, masalan, Niagarada 33 % iqtisodni tashkil qiladi. Laosda esa 37% va Malayziyada 38% iqtisodiyotni tashkil etadi.
Ishlab chiqarishda kimning fikri muhum? Balki kompaniyalar boshqaruvchilari kimki kerekli balki resurslar bilan taminlovchi yoki happasidan soʻng narx va sifatni belgilovchilardir? Balki ular ishlab chiqaruvchilardir kimki mahsulut yoki xizmatlarni yekazib beruvchi?Balki ular distributerlardir kimki qachon va qayerda mahsulotlar istemolchilarga kerak boʻlishini belgilovchilardir? Umuman olganda ularning hech biri emas! Narxlar zanjirida faqatgina istemolchilar eng katta kuchga egadur. Faqatgina iste’molchilargina mahsulotning bahosini va yaratishni belgilovchilar hisoblanadi. Bu borada menejerlar istemolchilarga toliq boʻysunishlari shartdur.
Mehnat qismlari tashkilot hisoblanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ikki kishidan ortiq ishchilar boʻlgan guruh boʻlishi shart.
Guruhning kamida bitta foydali maqsadi boʻlishi kerak.
Maqsadga erishish uchun birgalikda va qattiyat bilan ishlaydigan guruh a’zolari boʻlishi kerak.
Tashkilot elementlari
Shuningdek, tashkilot – odamlar guruhi, ularning faoliyat ma’lum umumiy maqsadga erishilishiga qaratilgan boʻlishi kerak.
Tashkilotning hayotiy tsikl kombinatsiyasiga bonoan, tashkilot faoliyati bir necha bosqichlardan oʻtadi ya’ni, vujudga kelishidan, yuksalishidan boshlab to oʻz faoliyatini toʻxtatganga yoki tubdan modernizatsiya qilingunga.
faza – tashkilotning vujudga kelishi. Bu faza maqsad tanlash, boshqaruv usuli bilan xarakterlanadilar; asosiy vazifasi – bozorga chiqish, mehnat tashkili – daromadni maksimal qiymatga oshirish bilan bogʻliq.
faza – yoshlik va balogʻat. Oʻziga xos xususiyatlar: bosh maqsad – vaqtinchalik daromad va tez oʻsish; qat’iy rahbarlik tufayli sogʻ qolish; asosiy vazifa – bozor qismini mustahkamlash va oʻziga qaratish; mehnat tashkili – daromadni rejalashtirish, xizmatlarni va maoshni koʻpaytirish.
faza – etilganlik. Bosh maqsad – tizimli, balansli oʻsish va individual imidj (obroʻ) shakllanishi; vakolatlar boʻlinishi natijasida rahbariyat samaradorligiga erishadi (markazlashmagan boshqaruv) asosiy vazifa – har xil yoʻnalishlar boʻyicha oʻsish. Bozorni bosib olish, turli qiziqishlarni hisobga olish; mehnat tashkili - boʻlinishi va kooperatsiya; individual natija uchun mukofot.
faza – tashkilotning eskirishi. Bu yuksalishni oily pogʻonasi. Bosh maqsad – erishilgan natijalarni saqlab qolish, boshqaruvda harakatlar koordinatsiyasi orqali samaradorlikka erishiladi. Asosiy vazifa – stabillikni ta’minlash,mehnatni erkin rejimini tashkillashtirish, daromadni koʻpaytirish.
faza – tashkilotni qayta tiklanishi. Barcha funksiyalarni qayta tiklash maqsad qilib olingan; uning oʻsishiga jamoa orqali erishiladi; asosiy vazifa – yosharish; kollektiv bilan ishlash.