Sodda mushohada va uning asosiy turlari:
Sodda mushohada mantiqda assertorik mushohada, deb nomlanadi. Sodda mushohadada bir sub’ekt (S) va bir predikat (R) bo‘ladi.
Masalan: Baliqlar (S) jabra bilan nafas oladi (R).
Sodda mushohada, unda nimaning tasdiqlanishi yoki inkor etilishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: A) atributiv mushohada; b) munosabatga doir mushohada; v) mavjudlikka doir mushohada.
U Atributiv mushohada. Unda predmetda biron-bir belgining mavjudligi tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Masalan: Ondatra-mo‘ynali hayvon. S-R dir
Ondatra-yirtqich hayvon emas. S-R emasdir.
Shuningdek atributiv mushohada yakkaning umumiyga, turning jinsga mansubligini ifodalaydi.
Masalan: O‘zbekiston («S»)-mustaqil davlat (R). Mazkur mushohada terminlari (S va R) orasidagi munosabatni grafik usulda Eyler doirasi yordamida ifodalash mumkin :
Р
S
Berilgan misolda “S” (O‘zbekiston) “R” (mustaqil davlat) ning hajmiga kiradi.
Ayrim o‘rinlarda “S” “R” ning hajmidan chiqarilishi mumkin. Masalan: Tergovchining hech biri (“S”) ovoz bermaslik huquqiga ega emas (“R”).
Bunday atributiv mushohada quyidagi grafik usulda ifodalanadi:
Р
S
b). Munosabatga doir mushohada.
Munosabatga doir mushohada predmet va hodisalar o‘rtasidagi mavjud aloqa va munosabatlarni ifodalaydi. Bunday mushohadalarda tenglik, katta yoki kichiklik, qarindoshlik, fazo, vaqt, sabab va oqibat munosabatlari aks etishi mumkin. Masalan: Alkogolizm (S) — ko‘p jinoyatlarning (R) bosh sababchisi. Termiz (S) Toshkentdan janubda joylashgan (R).
v). Mavjudlikka doir mushohada.
Mavjudlikka doir mushohada mantiqda ekzistensial mushohada, deb yuritiladi. Unda predmet, hodisaning mavjudlik yoki mavjud emaslik faktining o‘zi ifodalanadi. Masalan: Tafakkur (S). tilsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas (R). Formulasi: S-R emasdir.
Sodda mushohadalarning ko‘rsatilgan turkumlari (atributiv, munosabatga doir, mavjudlikka doir)dan tashqari ajratib ko‘rsatilgan va tashqariga chiqarilgan turkumlari ham uchraydi.
Ajratib ko‘rsatilgan mushohadalarda belgining muayyan predmetgagina taalluqli ekanligi ifodalanadi. Bunday mushohadalar yakka, juz’iy, umumiy bo‘lishi mumkin. Masalan: Yolg‘iz Munisgina (S) bu hodisaning guvohi bo‘ldi (R). Mantiqiy shakli: Yolg‘iz S gina — Rdir.
Tashqariga chiqarilganlik ifodalangan mushohada: Vasilani hisobga olmaganda, barcha qizlar bu fikrni ma’qullashdi.Mantiqiy shakli S — R dir
Ajratib ko‘rsatilgan va tashqariga chiqarilgan mushohadalar ular mazmunidagi yashiringan fikrning murakkabligidan dalolat beradi.
Ayrim ilmiy qarashlar, davlat qonunlari, jinoyat-protsessual kodeks moddalari ajratib ko‘rsatilgan va chiqarilgan mushohadalarga misol bo‘la oladi.
Mushohadalar mazmunlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) tasdiq mushohada; b) inkor mushohada.
Mushohadadagi tasdiq ma’nosi «-dir», «bo‘ladi» kabi bog‘lovchilar, inkor ma’nosi «emasdir», «bo‘lmaydi» kabi bog‘lovchilar yordamida ifodalanadi. Masalan: O‘zbekiston (S) — mustaqil davlat (R) — tasdiq mushohada; S-Rdir formulasi bilan ifodalanadi. Olma daraxti (S) — ignabargli emas (R emas) — inkor mushohada; formulasi: S-R emasdir.
Predmet, predmetlar turkumi haqidagi tasdiq yoki inkor ma’nosidagi fikr alohida predmetga, turkumga, butun sinfga taalluqli bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra mushohadalar: a) yakka; b) juz’iy; v) umumiy turlarga bo‘linadi.
Alohida predmet, hodisa haqidagi tasdiq yoki inkor ma’nosini ifodalagan mushohada, yakka mushohada deb yuritiladi. Masalan: Abdulla Oripov (S) — O‘zbekiston qahramoni (P). Formulasi: S-R dir. Orol dengizi (S) — daryo emas (R emas) . Formulasi: S-R emasdir.
Belgi, xususiyatning biror sinf, hodisalarning qismi, bo‘lagiga taalluqli ekanligi haqidagi fikr shakli juz’iy mushohada, deb yuritiladi. Juz’iy mushohada tasdiq yoki inkor shakllarida ifodalanadi. Masalan: Ayrim talabalar (S) ilmiy anjumanga qatnashdilar (R). Formulasi: Ba’zi S-R dir. Ayrim daraxtlar (S) mevali daraxtlar turkumiga kirmaydi (R emas). Formulasi: Ba’zi S-R emas.
Juz’iy mushohadagi juz’iylik ikki shaklda ifodalanishi mumkmn.
a) Noaniq juz’iy. Bunda sub’ekt (S) ni ifodalagan tushunchaning chegarasi noaniqligicha qolaveradi. Masalan: Ayrim shaharlar (S) — millioner shaharlar hisoblanadi (R). Formulasi: Ayrim S-Rdir.
Biron-bir belgi, xususiyat, munosabatning turkumga, umumga xosligi tasdiqlangan yoki inkor etilgan mushohada umumiy mushohada deb yuritiladi. Umumiy mushohadalar inkor va tasdiq shaklida qo‘llaniladi. Masalan: Xamma kapalaklar (S) — hasharotlar (R). Formulasi: Barcha S-Rdir. Hech bir jinoyat (S) jazosiz qolmaydi (R emas). Formulasi: hech bir S-R emas.
Mushohadalarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra umumlashgan turkumlari quyidagilardan iborat:
1)Yakka tasdiq va yakka inkor mushohadalar: S-Rdir; S-R emasdir.
2)Juz’iy tasdiq va juz’iy inkor; ba’zi S-R dir, O ba’zi S-R dir.
3)Umumiy tasdiq va umumiy inkor mushohadalar: A barcha S-Rdir; Ye hech bir S-R emasdir.
Umumiy tasdiq mushohada formulasi oldiga A harfi, juz’iy tasdiq mushohada oldiga J harfi qo‘yiladi. A va I harflari «tasdiqlayman» ma’nosini ifodalovchi «affirmo» so‘zining I va II unlilaridan olingan. Umumiy inkor mushohada Ye harfi bilan, juz’iy inkor mushohada O harfi bilan ifodalanadi. Bunda Ye va O harflari «inkor etaman» ma’nosidagi «nego» so‘zining I va II unlilaridan olingan. Shunday qilib, sifat va miqdor jihatdan mushohadalarning asosiy turkumlari quyidagilardan iboart:
Umumiy tasdiq mushohada: A barcha S-Rdir.
Umumiy inkor mushohada: V hech bir S-R emasdir
Juz’iy tasdiq mushohada J ba’zi S-Rdir
Juz’iy inkor mushohada O ba’zi S-R emasdir.
Murakkab mushohada va uning asosiy turlari
Murakkab mushohada sodda mushohadalardan tashkil topadi.
Birdan ortik mushohadalardan «va», «yoki», «yo», «agar», «unda», «fakat» bog‘lovchilar yordamida tuzilgan mushohadalar Murakkab mushohadalar deyiladi.
Murakkab mushohadalar uch turkumga bo‘linadi:
A) Bog‘langan mushohada.
B) Ayiruvchi mushohada.
V) Sharli mushohada.
Bog‘langan mushohada. Birdan ortiq sodda mushohadalardan bog‘lovchilar vositasida tuzilgan mushohada bog‘langan mushoxada, deb yuritiladi. Masalan: Kuz (S) keldi (R), kunlar (S1) qisqardi (P1) qushlar (S2) issiq joylarga uchib ketmoqdalar (P2). Formulasi: S-R, S1-P1, ,S2 — R2 dir. Bog‘langan mushohada mantiqda kon’yunksiya deb ataladi.Murakkab mushohadani quydagicha ifodalash mumkin: kuz keldi (a), kunlar qisqardi (b), qushlar issiq joylarga uchib keta boshladilar (s). Kon’yunksiyaning matematik shakli:formulasi abs. Bunda belgisi bog‘lovchini ifodalaydi. Masalan: Demokrit (S1), Platon (S2), Aristotel (S3) haqida shu narsani aytish mumkinki, ularning har biri grek (P1) va faylasufdir (R2). Misolda ko‘rsatilgan mushohadani 2 xil formula bilan ifodalash mumkin:
1) S1 S2S3 — R1 R2 R3 yoki abc
Bu murakkab mushohada tarkibida quyidagi sodda mushohadalar bor.
a) Demokrit — faylasuf:
b) Demokrit — grek:
v) Platon — faylasuf:
g) Platon — grek:
d) Aristotel — faylasuf:
j) Aristotel — grek:
Murakkab kon’yunktiv mushohadaning ma’nosi uni tashkil etuvchi sodda mushohadalar ma’nosiga bog‘liq bo‘ladi. Agar sodda mushohada chin bo‘lsa, ularning bog‘lanishidan hosil bo‘lgan murakkab mushohada ham chin bo‘ladi. Kon’yunksiya a’zolaridan birining xatoligi murakkab mushohadaning xatoligini keltirib chiqaradi.
Buni quyidagi sxemada ifodalash mumkin: Bunda R— birinchi sodda mushohada; q — ikkinchi mushohada; P*q murakkab kon’yunktiv mushohada.
R
|
Q
|
Rq
|
Chin
Chin
Yolg‘on
Yolg‘on
|
Chin
Yolg‘on
Chin
Yolg‘on
|
Chin
Yolg‘on
Yolg‘on
Yolg‘on
|
b) Ayiruvchi mushohada.
3) Ayiruvchi mushohada sodda mushohadalardan «yo», «yoki», «na» bog‘lovchilari yordamida shakllanadi. Ayiruvchi mushohada mantiqda diz’yunksiya, deb yuritiladi. Masalan: Oldi-sotdi shartnomasi (S) yozma yoki og‘zaki tuzilishi mumkin (R). Bu mushohada ikki sodda mushohadadan tuzilgan: 1) Oldi–sotdi shartnomasi yozma tuzilishi mumkin, 2) Oldi-sotdi shartnomasi og‘zaki tuzilishi mumkin. Bunda a va b murakkab mushohadaning qismlari, v belgisi esa ayirish ma’nosini ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan misolni shunday formula bilan ifodalash mumkin: a v b. Bunda belgi ayiruv ma’nosini ifodalaydi.
Diz’yunksiya yo‘li bilan chiqarilgan mushohadaning chinligi uning tarkibidagi sodda mushohadaning xaqqoniyligiga bog‘liq bo‘ladi. Diz’yunksiya ikki ko‘rinishga ega:
1) Bo‘sh (kuchsiz) diz’yunksiya: Bunda diz’yunksiyani tashkil etuvchi sodda mushohadalarda aks etgan belgilar o‘zaro bir-birini istisno qilmaydi, balki bir vaqtning o‘zida bir predmetga taalluqli bo‘lishi mumkin: Sovuq qurol sanchadigan yoki kesadigan bo‘ladi. Formulasi: P v q.
2) Jiddiy (kat’iy) diz’yunksiya. Bunda murakkab mushohada tarkibidagi sodda mushohadalar bir vaqtning o‘zida chin bo‘lishi mumkin emas. Masalan: Jinoyat — ataydan o‘ylab amalga oshirilgan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
v) Shartli mushohada.
Shartli mushohada mantiqda «implikatsiya» deb yuritiladi, uning tarkibidagi sodda mushohadalar o‘zaro bir-biriga «-sa», «agar», «bo‘lmaganda» bog‘lovchilari vositasida bog‘lanadi. Shartli mushohadalarda sabab va oqibat, makon va vaqt, semantik aloqadorlik ifodalanadi. Shartli mushohadani 2 xil formula yordamida ifodalash mumkin; Agar S-P bo‘lsa, S1 — P1 dir yoki ab. Ikkinchi mantiqiy shaklda «a» shartni «b» natijani, implikatsiya belgisini ifodalaydi.
Shartli mushohada quyidagi qoidalarga amal qilishni talab qiladi: 1) Asosning chinligidan natijaning chinligi kelib chikadi. 2) Natijaning yolg‘onligi asosning yolg‘onligidan dalolat beradi. Implikatsiya mushohadasining chinlik darajasi quyidagi sxemada aks etgan. Bunda r asos, q natija, implikatsiya belgisi. Masalan: Predoxranitel qaysi, lampa o‘chadi mushohadasini tahlil qilib ko‘raylik:
1) Predoxranitel kuydi, lampa o‘chadi.
2) Predoxranitel kuydi, lampa o‘chmadi.
3) Predoxranitel kuymadi, lampa o‘chdi.
4) Predoxranitel kuymadi, lampa o‘chmadi.
Mushohadaning chinlik darajasini quyidagicha ifodalash mumkin
|
R
|
Q
|
Rq
|
1
2
3
4
|
Chin
Chin
Yolg‘on
Yolg‘on
|
Chin
Yolg‘on
Chin
Yolg‘on
|
Chin
Yolg‘on
Chin
Chin
|
Mushohada tabiiy til vositasida hamda matematik mantiq tilida-formula vositasida ifodalanishi mumkin. Masalan: Asalarilarning umri yo uzun, yo qisqa bo‘lishi mumkin — Bu murakkab mushohadaning tabiiy tildagi ko‘rinishi. Shu murakkab mushohadani matematik mantiiq tilida ab formulasi tarzida ifodalash mumkin.
Murakkab mushohadalarni sun’iy (simvolik, matematik mantiq) til bilan ifodalash tafakkurni ixchamlashtirishiga yordam beradi. Mushohadalarning tabiiy va sun’iy tilda ifodalanishi til va tafakkurning o‘zaro birligi va alokadorligidan kelib chiqadi.
5. Mushohadalar orasidagi munosabatlar
Olamdagi narsa va hodisalar orasidagi munosabatlar inson tafakkurida fikrlar orasidagi munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Mushohadalar orasidagi munosabatlarni quyidagi mantiqiy sxemada aks ettirish mumkin. Sxema: mushohadalar orasidagi munosabatlar.
Mushoxadalar
Таққосланмайдиган
Таққосланадиган
сиғишмайдиган
сиғишадиган
To‘la Qarama-qarshilik Zidlik
moslik Mantiqiy
bo‘ysunish.
Qisman moslik
Terminlar S va R o‘xshash, xajm va mazmun jixatdan o‘zaro farqlanadigan
mushohadalar taqqoslanadigan mushohadalar deb yuritiladi.
Maslan:
To‘g‘ri burchak(S)— geometirik shakl (R).
Aylana (S)— geometirik shakl (R).
Taqqoslanadigan mushohadalar o‘zaro munosabatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadilar:
A) sig‘ishadigan mushohadalar;
B) sig‘ishmaydigan mushohadalar;
Sig‘ishadigan mushohadalar orasida uch xil munosabat mavjud: ayniyat (to‘la moslik), qisman moslik, mantiqiy bo‘ysunish.
Birdan ortiq mushohadaning hajm va mazmunga ko‘ra o‘zaro to‘la mosligi
— ayniyat munosabati, deb yuritiladi. Odatda bunday mushohadalarda ayni bir fikr tasdiq va inkor shakllarida ifodalanadi.
Masalan: Bu — ochiq muloqot (A).
Bu ochiq muloqot bo‘lmasligi mumkin emas (B).
Yoki Axmedov to‘g‘ri so‘zladi. (A)
Axmedov xato so‘zlamadi. (B)
Berilgan misollarda «a» va «v» orasida to‘la moslik mavjud. To‘la mos (ayniyat) lik munosabatidagi mushohadalar ekvivalent mushohadalar, deb yuritiladi.
b) qisman moslik munosabati. Sifat jihatidan o‘zaro farqlanadigan juz’iy (tasdiq) J va juz’iy inkor (O) mushohadalar orasidagi munosabat qisman moslik munosabati, deb yuritiladi.
Masalan: Ayrim o‘simliklar zaharli. (A)
Ayrim o‘simliklar zaharsiz. (B)
Do'stlaringiz bilan baham: |