Mavuning dolzarbligi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana11.02.2020
Hajmi1,08 Mb.
#39438
1   2   3   4   5
Bog'liq
kechki olma navlari xosilini saklash va kajta ishlash texnalogiyasi


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

43 

 

5. IQTISODIY QISM 



 

Kechki olma navlarini saqlashning iqtisodiy samaradorligi 

 

Kechki  olma  navlarini  saqlashning  iqtisodiy  afzalliklarini  aniqlash  uchun 



olmaning  Renet  Simerenko  va  Golden  Delishes  kechki  navlarini  saqlashdagi 

iqtisodiy samaradorligi o‘rganildi. Bunda olma hosilini yetishtirish, terib olish, 

saqlash  hamda  saqlangan  olmani  realizatsiya  qilishgacha  (sotishgacha)  ketgan 

xarajatlar hisoblab chiqildi.  

Renet  Simerenko  olma  navi  O‘zbekistonda  qishki  sharoitda  saqlash  va 

yangiligida iste’mol qilish uchun yetishtiriladi. To‘liq mevaga kirgan daraxt 6‐7 

metr  balandlikda  10‐19  metr  kenglikda  o‘sadi.  Yuqori  hosil  bergan  daraxt 

ko‘pincha shoxlari sinib ketadi, shuning uchun bunday olma bog‘lariga albatta 

ko‘proq tirgovichlar qo‘yilishi kerak. 

Mevalari  o‘rtachadan  kattaroq,  yoshi  o‘tgan  daraxtlarda  suv  tanqis  paytida 

mayda bo‘ladi. Mevalarni katta kichikligi 50‐58 mm, balandlikda diametri 65‐70 

mm, o‘rtacha massasi 120 gramm keladi. 

Mevaning  po‘st  qismi  zichroq,  yog‘li,  och  tusli,  yashil  o‘t  rangda,  ayrim 

vaqtda quyosh tushgan tomoni mevalar alvon nuqtalar bilan qoplanadi. Urug‘ 

kamerasi to‘g‘ri joylashgan bo‘lib, urug‘donga yaqin turadi. 

Mevaning  et  qismi  oq  rangda  terimdan  so‘ng  pishib  yetilish  vaqtida  suvli 

sariq rangda bo‘ladi va donador mayinga aylanadi. 

Pishib  o‘tib  ketgan  mevalarning  et  qismi  unsimon  bo‘lib  qoladi.  Martning 

ikkinchi  yarmida  vegetatsiya  boshlanib,  noyabrning  ikkinchi  yarmida  tamom 

bo‘ladi. Vegetatsiyaning umumiy davri 240‐250 kun hisoblanadi.  

Olma  daraxti  agar  payvand  qilingan  bo‘lsa  35  yil  umr  ko‘radi.  Renet 

Simerenko navi yer suvning yaxshi sharoitida har bir daraxt 145 kg hosil beradi. 

Hosilini 5‐15 sentabrda terib olinadi. 

Golden  Delishes  navi  esa  qishki  nav  bo‘lib,  daraxtlari  pakana  bo‘yli  3‐4‐yili 

hosilga kiradi. Renet‐Simirenko olma navi bilan bir vaqtda gullab hosil beradi.  

Mevasini  maxsus  binolarda  ancha  vaqt  saqlash  mumkin.  Mevasi  yirik, 

o‘rtacha  vazni  130‐160  g  keladi,  cho‘zinchoqroq  yoki  yumaloq‐cho‘ziq  bo‘lib, 

rangi  sariq  tillasimon.  Mevasining  po‘stida  kulrang  dog‘lar  va  ayrimlarida 

zangsimon  dog‘lar  uchraydi.  Eti  yaltiroq,  sariq,  o‘rta‐cha  tig‘iz,  hushbo‘y. 

Golden Delishesning bir necha sinonimlari — Starkspur Golden Delishes, Yella 

spur Delishes, Goldspur sino‐nimlari bor. 

Olma  mevalarini  hosilini  yig‘ishtirib  olish  va  transportda  tashish  turlicha 

bo‘ladi.  Umumiy  hisob  bo‘yicha,  ekinni  parvarish  qilish,  o‘g‘itlash,  sug‘orish, 


44 

 

yoqilg‘i‐moylash  materiallariga  sarflangan  xarajatlar  gektariga  o‘rtacha  7680,3 



ming  so‘mni  tashkil  etadi.  Shunga  ko‘ra  jami  xarajatlar  va  olmani 

yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini keltirib chiqaramiz.  

Olmaning  Renet  Simerenko  navidan  gektaridan  o‘rtacha  42  t,  Golden 

Delishes    navidan  esa  38  t  hosil  olinganda  va  uni  yig‘ishtirib  olib 

iste’molchilarga  transportda  yetkazib  berishni  iqtisodiy  jihatdan  hisoblab 

chiqilganda 2,3 mln so‘m moddiy xarajatlar sarflanadi. 

Texnologik karta bo‘yicha ekinni yetishtirish uchun umumiy ishlab chiqarish 

xarajatlari 5% qilib belgilangan. Jami bevosita xarajatlar (yetishtirish va hosilni 

yig‘ib  olish)  miqdoriga  umumiy  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qo‘shganimizda 

jami mehnat xarajatlarini chiqaramiz.  

Takroriy ekinni yetishtirishda ustama xarajatlar texnologik kartada 25% deb 

belgilangan.  Ular  miqdori  hamma  mehnat  xarajatlari  ko‘rsatkichidan  kelib 

chiqdi. So‘ng hamma mehnat xarajatlari ustama xarajatlar bilan qo‘shilib barcha 

xarajatlarni  tashkil  qildi  hamda  ular  miqdori  oldingi  ko‘rsatkichlarga  bog‘liq 

bo‘ldi. 

6‐jadval 



Kechki olma mevalarini saqlashning iqtisodiy samaradorligi 

Navlar 


Ko‘rsatkichlar 

Renet 


Simerenko  

Golden 


Delishes   

Olma hosilini yetishtirish uchun, ming 

so‘m/ga 

17680,3 


17680,3 

Hosilni yig‘ishtirish va transportda 

jo‘natish xarajatlari, ming so‘m/t 

2300,0 


2300,0 

Jami yetishtirish va terim xarajatlari 

19980,3 

19980,3 


Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari, 5% 

999,0 


999,0 

Jami mehnat xarajatlari 

20979,3 

20979,3 


Ustama xarajatlar, 25% 

5244,8 


5244,8 

Barcha xarajatlar 

26224,1 

26224,1 


Hosildorlik, t/ga 

42 


38 

Hosilni sotish narxi, so‘m/kg 

2700 

3100 


Yalpi daromad, ming so‘m 

113400 


117800 

Sof daromad, ming so‘m 

87175,9 

91575,9 


1 t mahsulot tannarxi, ming so‘m 

624,4 


690,1 

Rentabellik darajasi, % 

332,4 

349,2 


 

45 

 

Bozordagi 2015 yil fevral oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra 1 kg Renet Simerenko 



navining  ulgurji  bahosi  2700  so‘m,  Golden  Delishes  navida  esa  3100  so‘mdan 

sotilgan.  Bir  tonna  mahsulotning  tannarxi  sarflangan  barcha  xarajatlar  va 

olingan hosildorlik miqdoridan kelib chiqadi.  

Olma yetishtirishning rentabellik darajasini topish uchun, qoidaga muvofiq, 

olingan  sof  daromad  miqdorini  barcha  xarajatlar  ko‘rsatkichiga  bo‘ldik  va 

olingan  sonni  100  ga  ko‘paytirdik.  Rentabellik  darajasi  olingan  hosildorlik  va 

barcha  xarajatlar ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ldi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


46 

 

XULOSA VA TAKLIFLAR. 



 

Bitiruv malakaviy ishim mavzusi bo‘yicha olib borilgan tahlillarga asoslanib 

quyidagi hulosalarga kelindi: 

1.  Hosilning  yig‘ib  olish  va  sotishga  tayyorlash  davrida  quyidagi  tadbirlar 

amalga  oshirilishi  lozim:  hosil  miqdoriga  qarab  meva  terish  uchun  kerakli 

jixozlar  tayyorlash,  mevalarni  joylash  uchun  kerakli  idishlarning  miqdori,  turi 

va  xilini belgilash,  qo‘shimcha  materiallarni  keltirish,  mevalarni  tashish uchun 

transport  vositalarini  tanlash,  hosilni  yig‘ib‐terib  olish  va  uni  qayta  ishlash 

uchun ish kuchini aniqlash lozim; 

2.  Mevalar  terilgandan  so‘ng  36  soat  ichida  saralanib,  jo‘natilishi  lozim. 

Mevalar terilgandan so‘ng saralanib, keyin jo‘natish uchun qutilarga joylanadi. 

Har qanday mevaning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lganidek, idishlar ham xilma‐

xil bo‘lishi kerak. 

3.  Olma  saqlanadigan  qutilar  mevalarning  biologik  xususiyatlariga, 

shuningdek,  ishlab‐chiqarish,  transport,  sotish  sharoitlari  va  boshqa  talablarga 

javob  berishi  kerak.  Olma  10‐18  kilogramm  xajmdagi  qutilarda  yaxshi 

saqlanadi. 

4.  Mevalarni ombordan chiqarishdan oldin saralanadi, so‘ngra 2‐3 kungacha 

harorati  sekin  oshirib  boriladi  devrostansiya  kamerasida  saqlanadi.  Bunda 

mevalarning  ta’mi  yaxshilanadi,  ular  ancha  hushbo‘y  bo‘ladi.  Agar 

devrostansiya  kamerasida  saqlanadigan  maxsulot  to‘g‘ridan‐to‘g‘ri  sovutgich 

omborlaridan  tashqariga  olib  chiqilsa,  mevalarni  rangi  tezda  qo‘ng‘ir  tusga 

kiradi va buzila boshlaydi. 

5.  Olma  saqlashning  keng  tarqalgan  halq  usullaridan  biri  –  qumda  saqlash 

hisoblanadi.  Buning  uchun  quti  tubiga  yupqa  (3‐4  santimetr)  qalinlikda  daryo 

qumi  sepilidi,  so‘ng  bir  qator  olma  mevalari  teriladi  va  hokozo.  Qum  tuprog‘i 

va  boshqa  narsalardan  toza  bo‘lishi  va  30  foizgacha  namlikkacha  quritilgan 

bo‘lishi kerak. Shu tarzda olma mart oyigacha saqlanadi. 

6.  Olmaning barcha navlaridan qoqi olish mumkin. Ammo qand moddasi va 

kislotasi ko‘proq, xushbo‘y, eti zich, rangi oq yoki och sariq mevalarini quritish 

maqsadga  muvofiqdir.  Quritish  usullariga  qarab  har  xil  qoqi  olinadi. 

Quritishning  bir  nechta  usullari  bor:  oddiy  usulda,  Koliforniya  usulida  (meva 

po‘sti  archilmaydi,  doira  shaklida  kesiladi),  fransuzcha  usulda  uning  po‘sti 

archilib, urug‘i olinadi va doira shaklida kesiladi. 

7.  Olmadan  tabiiy  sharbatlar  olinadi.  Tabiiy  sharbatlarga  shakar,  qiyom, 

kislotalar,  bo‘yovchi  moddalar,  aromatik  va  konservalaydigan  moddalar 

qushilmaydi. Bu sharbatlar ichimliklar yoki yarimfabrikatlar sifatida ishlatiladi. 


47 

 

Nordon  mevalardan  tayyorlangan  sharbatlarni  ichimlik  sifatida  faqat  shakar 



qo‘shilgandan keyin ishlatish mumkin. 

8.  Yangi  uzilgan,  quritilgan,  konservalangan  va  yangi  muzlatilgan  meva 

hamda  rezavor  mevalardan  shakar  qo‘shib  termosterillizatsiya  yordamida 

olingan tabiiy meva konservalaridan kampot tayyorlanadi. 

9.  Olma  mevalariga  shakar  qo‘shib  pasterilizatsiyalangan  konservalarga 

murabbo, qiyom, marmelad, djem, shinni hamda boshqalar kiradi. 

10. 

Kechki  olma  navlari  hosilini  saqlashda  iqtisodiy  samaradorlik 



yuqori  bo‘ladi.  Jumladan,  olmaning  Renet  Simerenko  va  Golden  Delishes 

navlarini  saqlashning  iqtisodiy  samaradorligi  hisoblab  chiqilganda  mos 

ravishda  332,4;  349,2%  bo‘lishi  aniqlandi.  Bu  esa  aholini  yil  davomida  sarhil 

mevalar bilan ta’minlash vazifasini ham o‘taydi.  

       

ISHLAB CHIQARISHGA TAVSIYALAR 

 

1.  Olma mevalarini terilgandan so‘ng o‘z vaqtida saralash, 10‐18 kilogramm 

xajmdagi qutilarda saqlashni tashkil qilish; 

2.  Olma saqlashning keng tarqalgan halq usullaridan biri – qumda saqlashni 

aholiga targ‘ib qilish; 

3.  Olma mevalarini saqlash imkoniyati cheklangan mintaqalarda olma qoqi, 

tabiiy  sharbatlar,  kompot,  murabbo,  qiyom,  marmelad,  djem,  shinni  olish 

tayyorlash ishlarini amalga oshirish; 

4.  Olmaning Renet Simerenko va Golden Delishes mevalarini uzoq muddat 

saqlashni tashkil qilish tavsiya etiladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


48 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 



 

1.  Karimov  I.A.  “O‘zbekistonda  Oziq‐ovqat  dasturini  amalga  oshirishning 

muhim 

zahiralari” 



mavzusidagi 

xalqaro 


konferensiyaning 

ochilish 

marosimidagi nutqi. – Toshkent. 2014 yil 7 iyun. 

2.  Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, o‘zbekiston sharoitida 

uni  bartaraf  etishning  yo‘llari  va  choralari.  //  Toshkent  –  «O‘zbekiston»  ‐  2009 

yil. 54 bet. 

3.  Karimov  I.A.  “Oziq‐ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  kengaytirish 

va ichki bozorni to‘ldirish bo‘yicha qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Qaror. – 

Toshkent, 2009 yil 29 yanvar. 

4.  Bo‘riyev  X.CH.,  Rizayev  R.M.  Meva‐uzum  maxsulotlarini  biokimyosi  va 

texnologiyasi. Toshkent, “Mehnat”, 1996 yil, 39‐45 betlar. 

5.  Bozorov T., Qurbonov D., Mavlonova R., Qulmirzayev S. Meva sabzavot 

va  chorvachilik  mahsulotlarini  qayta  ishlash  texnologiyasi,  Toshkent, 

“Tafakkur”, 2009 yil, 7‐30 bet. 

6.  Jo‘rayev  F  va  boshqalar.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlariga  tovar  ishlov  berish  va  reazilatsiya  qilish,  Toshkent,  ToshDAU, 

1999 yil, 26‐bet. 

7.  Львовский  М.  И.  Сбор,  сортировка  и  упаковка  плодов,  Москва, 

Госиздат с/х. литература, 1986 год, 227 стр.  

8.  Mirzoxidov  Sh,  Komilov  M.  “Meva  va  uzum  quritish  hamda 

konservalash”. O‘zbekiston 2001 yil № 6. 

9.  Oripov.  R,  Sulaymonov.  I,  Umirzoqov.  E.  Qishloq  xo‘jalik  maxsulotlarini 

saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, “Mehnat”. 1991 yil. 

10. Рыбаков  А.  А.,  Сортировка  и  упаковка  фруктов  и  винограда. 

Ташкент, 1966 год, 34 стр. 

11. Ribakov  A.  A.,  Ostrouxova  S.  A.  O‘zbekiston  mevachiligi.  Toshkent, 

“O‘qituvchi”, 1981 yil, 361‐366 bet. 

12. Rizayev R. M., Jo‘rayev R. Mevalarni terish, tashish va joylash, Toshkent, 

UzminTI, 1986 yil, 4‐ bet. 

13. Широков  Е.  П.,  Технология  хранения  и  переработки  плодов  и 

овощей с основами стандартизации, Москва, Агропромиздат, 1988 год, 212‐

224 стр. 

14. Широков  Е.  П.,  Хранение  и  переработка  плодов  и  овощей,  Москва, 

“Агропромиздат”, 1989 год, 194‐202 стр. 

15. Широков Е. П., Хранение и переработка продукции растениеводства 

с основами стандартизации, Москва, “Агропромиздат” 2000 год 49‐59 стр. 



49 

 

16. O‘zbekiston  Respublikasi  xududida  ekish  uchun  tavsiya  etilgan  qishloq 



xo‘jalik ekinlari davlat Reyestri, Toshkent, 2006 yil. 

17. Qodirov P.U. Uy sharoitida oziq‐ovqat maxsulotlarini konservalash. – T.: 

Turon‐iqbol. 2007. – 33‐37 b.  

Internet saytlari 

 

www.true.uz 



www.ski.ilm.uz 

www.uhh.hamaii.edu 

www.ec.fax.timacad.ru 

www.fdmin.ru 

www.tstu.uz 

www.pressservice.uz 

www.erudition.ru/referat/ref/id.19994_1.html  ‐  Диплом:  Консервирование 

и переработка огурцов. 

www.domobed.com/pererabotannyie‐plodyi‐i‐ovoschi.html/ 

Переработанные плоды и овощи  

www.revolution.allbest.ru/cookery/00040754_0.html  ‐  Переработка  плодов 

и овощей. 

www.koloss.ru/pub_CatView.asp?Catid+10722 

www.bankreferatov.ru/db/M/BF6A3FEF55072EA6C3256F71003 

www.tashkent.marketcenter.ru/contant/doc 

www.mshp.minsk.by/education/ychebno‐metodicheskiy_center/umd/prog 



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish