Mavqei alohida o‘rin egallaydi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

boshlang‘ich 
qiymat  bo‘yicha
  -  asosiy  vositalarni  yaratish  yoki  sotib  olish  uchun  sarflangan 
xarajatlar  majmuidan  iborat bo‘lib,  asosiy  vositalar  yoki  ularning  alohida qismlarini 
foydalanishga  topshirish  uchun  yaroqli  holga  keltirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan-ularni 
keltirish, o‘rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat. 
Masalan,  bitta  mashina  yoki  uskunaning  boshlang‘ich  qiymati  –  bu, 
korxonaning  mazkur  mashina  yoki  uskunani  ma’lum  bir  sanada  sotib  olgan  va  bu 
haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir. 
Haq  evaziga  sotib  olingan  asosiy  vositalar  ob’ektining  boshlang‘ich  qiymati 
quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
 
a)  aktivlarni  yetkazib  beruvchilarga hamda  shartnoma  bo‘yicha  qurilish-montaj 
ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to‘lanadigan summalar; 
b)  asosiy  vositalar  ob’ektiga  doir  huquqni  sotib  olish  (olish)  munosabati  bilan 
amalga  oshirilgan  ro‘yxatdan  o‘tkazish  yig‘imlari,  davlat  bojlari  va  boshqa  shunga 
o‘xshash to‘lovlar; 
v) bojxona bojlari va yig‘imlari; 
g)  asosiy  vositalar  ob’ektlarini  sotib  olish  (barpo  qilish)  munosabati  bilan 
soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
d) asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bog‘liq axboriy va 
maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar; 
e)  asosiy  vositalar  ob’ektlarini  yetkazib  berish  (barpo  qilish)  xatarini 
sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; 
j) asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan haqlar; 
z)  asosiy  vositalarni  o‘rnatish,  montaj  qilish,  sozlash  va  ishga  tushirishga  oid 
xarajatlar; 
i) aktivdan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan 
bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. 
Kreditdan  foydalanganlik  uchun  foizlarni  to‘lashga  doir  xarajatlar  qarzga 
olingan  sarmoya  hisobidan  butkul  yoki  qisman  sotib  olingan  asosiy  vositalarning 
boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi. 
Korxonaning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb 
asosiy  vositalarning  mazkur  ob’ektlarini  tiklash  (qurish,  qurib  bitkazish)  bo‘yicha 
haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi.  
Tiklanish  qiymati  bo‘yicha  -  asosiy  vositalar  yoki  ularning  biron-bir  qismini 


 
 
142 
(binolar,  qurilmalar,  mashinalar,  ishlab  chiqarish  uskunalari  va  hokazo)  hozirgi 
paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning 
bu  usuli  ob’ektning  hozirgi  paytdagi  qayta  ishlab  chiqarish  davrida  qancha  turishini 
ko‘rsatadi. Korxona asosiy vositalarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya 
paytida,  mamlakat  miqyosida  va  davlat  chora-tadbiri  sifatida  esa,  asosiy  vositalarni 
qayta baholash paytida amalga oshiriladi. 
Asosiy vositalar qiymatini qayta baholash har yili 1 yanvar holati bo‘yicha qayta 
baholashni o‘tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o‘tkaziladi. 
Qayta baholash chog‘ida asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati, ya’ni ular 
xuddi  shunday  yangi  ob’ektlarga  to‘liq  almashtirilgan  taqdirda  tashkilot  amalga 
oshirishi kerak bo‘lgan xarajatlarning to‘liq qiymati qayta baholash sanasida mavjud 
bo‘lgan bozor  narxlari  (tariflari)  bo‘yicha  aniqlanadi, bunga  ob’ektlarni  xarid qilish 
(qurilish),  tashish,  o‘rnatish  (montaj  qilish)  xarajatlari,  import  qilinadigan  ob’ektlar 
uchun esa - shuningdek bojxona to‘lovlari va hokazolar kiritiladi. 
Ma’nan  eskirgan  ob’ektlarning  to‘liq  tiklanish  qiymati  shuningdek, 
ob’ektlarning  ma’nan  eskirishi  tegishli  narxlar  (tariflar)ning  o‘zgarish  darajalari  va 
sur’atlarida  aks  etishidan  kelib  chiqib,  qayta  hisoblash  sanasida  mavjud  bo‘lgan 
narxlar  (tariflar)  bo‘yicha  ularni  tayyorlashga  doir  mavjud  xarajatlar  asosida 
aniqlanadi. 
Tashkilotlar mulkida, ularning xo‘jalik yuritishida, tezkor boshqaruvida va uzoq 
muddatli  ijarada  (lizingda)  bo‘lgan,  ularning  texnik  holatidan  qat’i  nazar,  ishlab 
turgan  va  foydalanilmaydigan,  konservatsiyada  bo‘lgan,  hisobdan  chiqarishga 
tayyorlangan,  lekin  belgilangan  tartibda  tegishli  hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilmagan 
barcha  asosiy  vositalar,  shuningdek  tugallanmagan  qurilish  ob’ektlari  va  o‘rnatish 
uchun mo‘ljallangan uskunalar qayta baholanishi kerak. 
1 yanvar holati bo‘yicha asosiy vositalarni har yili qayta baholash oldingi qayta 
baholash  natijasida  olingan  ob’ektlarning  boshlang‘ich  (tiklanish)  qiymatidan,  yil 
davomida  kelib  tushgan  asosiy  vositalar  bo‘yicha  esa  -  xarid  qilish  qiymatidan 
amalga oshiriladi. 
Asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati tashkilotning xohishiga qarab qayta 
baholashni  o‘tkazish  davrida  1  yanvarga  shakllangan,  baholanayotganlariga  aynan 
o‘xshash  bo‘lgan  yangi  ob’ektlarga  hujjatlar  asosida  tasdiqlangan  bozor  narxlari 
bo‘yicha  alohida  ob’ektlar  qiymatini  bevosita  hisoblash  yo‘li  (“bevosita  qayta 
baholash  usuli”)  bilan  yoki  asosiy  vositalar  turlari  bo‘yicha  va  ularni  xarid  qilish 
davrlariga  bog‘liqlikda  tabaqalangan  asosiy  vositalar  qiymatini  o‘zgartirish 
indekslarini  qo‘llagan  holda  ayrim  ob’ektlarning  boshlang‘ich  (tiklanish)  qiymatini 
indekslash yo‘li (“indeks usuli”) bilan aniqlanadi. 
Bunda  asosiy  vositalarning  bir  turdagi  ob’ektlari  (markalari,  xillari  va  hokazo) 
bo‘yicha yagona usul qo‘llaniladi. 
Qayta  baholashni  tashkilot  mustaqil  ravishda  yoki  baholash  faoliyati  bilan 
shug‘ullanish  huquqiga  ega  bo‘lgan  mutaxassislar  -  ekspertlarni  jalb  etgan  holda 
amalga oshiriladi. 
Bevosita  qayta  baholash  usuli  qo‘llanilganda  ob’ektlarning  to‘liq  tiklanish 
qiymatini  hujjatlar  asosida  tasdiqlash  uchun  tashkilotning  xohishiga  ko‘ra 
quyidagilardan foydalanilishi mumkin: 


 
 
143 
a)  tayyorlovchi  tashkilotlar  va  ularning  rasmiy  dilerlari,  tovar-xom  ashyo 
birjalari,  ko‘chmas  mulk  birjalaridan  yozma  shaklda  olingan  xuddi  shunday 
mahsulotga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
b) qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va asosiy vositalarni xarid qilish sanasiga 
MB kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan 
holda  xarid  qilish  sanasiga  EAVda  asosiy  vositalarning  qiymati  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
v)  tegishli  davlat  organlarida  mavjud  bo‘lgan  narxlar  darajasi  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
g)  qayta  baholashni  o‘tkazish  davrida  ommaviy  axborot  vositalari  va  maxsus 
adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
d) asosiy vositalar qiymati to‘g‘risida baholovchining hisoboti. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo‘mitasi  tomonidan  asosiy 
vositalarni qayta baholash chog‘ida indeks usulini qo‘llash uchun 31 dekabrga qadar 
navbatdagi  qayta  baholash  bo‘yicha  tegishli  indekslar  ishlab  chiqiladi  va  rasmiy 
ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.  
Qoldiq qiymati bo‘yicha - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda 
asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  (tiklash)  qiymati.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu 
asosiy  vositalarning  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarga  hali  o‘tkazilmagan 
qismidir. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki 
sotib  yuborish  mo‘ljallangan  asosiy  vositalar  ham,  ko‘pincha  qoldiq  qiymati 
bo‘yicha, mazkur xo‘jalik yilidagi narxlarda baholanadi. 
Tugatish  qiymati  -  asosiy  vositalarning  chiqib  ketishi  bo‘yicha  kutilayotgan 
xarajatlarni  chegirgan  holda  kutilayotgan  foydali  xizmat  muddati  oxirida  asosiy 
vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
 
Amortizatsiyalanadigan  qiymat  -  moliyaviy  hisobotlarda  faraz  qilinayotgan 
(baholangan)  tugatish  qiymatini  chegirgan  holda  ko‘rsatilgan  asosiy  vositaning 
boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi; 
Foydali  xizmat  muddati  -  korxona  asosiy  vositadan  foydalanadigan  vaqt  davri 
yoki  korxona  undan  foydalanishdan  olishni  mo‘ljallayotgan  mahsulot  (ishlar  va 
xizmatlar) miqdori; 
 Hozirigi  kunda  amaliyotda  asosiy  vositalarning  korxona  balansi  va 
hisobotlarida  aks  ettiriluvchi  (ya’ni,  boshlang‘ich,  belgilangan tartibda  o‘tkaziluvchi 
qayta  baholashdan  keyin  esa  tiklanish),  hisobga  olish  qiymati  balans  qiymati  deb 
ataladi.  Bundan  asosiy  vositalarning  qoldiq  qiymatini  asosiy  vositalarning  balans 
qiymatidan  eskirish  summasini  ayirib  tashlash  yordamida  topish  mumkinligi 
anglashaladi. 
Qabul  qilingan  baholash  usuli  va  korxona  balansida  aks  ettiriluvchi 
buxgalteriya  hisoboti  ma’lumotlari  asosida,  korxona  asosiy  ishlab  chiqarish 
fondlarining  o‘rtacha  yillik  qiymati  (F
sr
)  belgilanib,  u  quyidagi  formula  asosida 
aniqlanadi:  
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish