141
9.2. Sanoat korxonalarida asosiy vositalarni baholash, ularni eskirishi
Xo‘jalik amaliyotida asosiy vositalar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga
olinadi. Agar asosiy vositalarni
natural baholash-
ishlab chiqarishni texnik jihatdan
qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni
ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha grafiklar tuzish, shuningdek,
ta’mirlash vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa,
qiymat bo‘yicha
baholash
esa, asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning
mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy vositalar va ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Asosiy vositalarni baholashning quyidagi usullari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: