7- BOB. ISHLAB CHIQARISHNI IJTIMOIY TASHKIL ETISH
7.1. Diversifikatsiyalash tushunchasi, mohiyati va iqtisodiy ahamiyati
Davlat rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasida
1
yuqori texnologiyali qayta
ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal
rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarurati alohida ta’kidlandi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning assimetrik shakllari hisoblangan
ixtisoslashuv va diversifikatsiya jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turli xil
nisbatlarda ishlab chiqarishda qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |