13.2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni guruhlash
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil
qiluvchi xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq amalga
oshiriladi.
Sanoat korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog‘liq.
Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab
chiqarishning jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi
va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini
aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni ham
amalga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat
xarajatlari ham deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son
qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom”ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan
foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar;
- korxona umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab
chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari;
- favqulodda zararlar.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. Mahsulot (ish,
xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy
mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan gruhlarga ajratiladi:
- ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib
tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sugurta ajratmalari;
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining eng yirik elementi -
moddiy xarajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida
ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
- mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur
tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar;
- normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash, mahsulot
(ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-
uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat
207
qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek asbob-
uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar,
priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa
mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzon baho
ashyolarning eskirishi;
- sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki
qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy
bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar;
- tabiiy xom ashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq
to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat korxonalari tomonidan
suv xo‘jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv
uchun haq to‘lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yogoch taxta
materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning
amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari;
- texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga,
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari,
korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha transport ishlari;
- korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik
ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya;
- ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish normalari
doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;
- korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish
bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab
chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash
xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
Korxonalar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan
idishlar ham moddiy resurslr qiymatiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladign
chiqitlar qiymati hamda idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati, ularning amalda
sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib
tashlanadi.
“Moddiy xarajatlar” elementlari bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar
qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx
(ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan
vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan
brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yigimlardan, tarnsportda tashishga haq to‘lashdan,
tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga
haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining yirik elementlariga asosiy ishlab chiqarish
fondlarining eskirishidir. Qaysikim, u amortizatsiya ajratmalari summasiga tengdir.
Unga asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasi ham
208
kiradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari - bu
korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi to‘lash bilan bog‘liq
xarajatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:
- korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga
muvofiq ishbay rassenkalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib
amalda bajarilgan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ish uchun hisoblangan
ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda
nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlariga
ustamalar;
- ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi
to‘lovlar (texnologik jarayon jadvalida nzarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari
vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlariga
ustamalar va qo‘shimcha haq, ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga
qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun
ustamalar, hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha ogir,
zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun
ustamalar, shu jumladan ushb sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar va
h.k.);
- ishlanmagan vaqt uchun to‘lov (foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun
kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar
ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun
haq to‘lash, harbiy yiginlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yiginlar va boshqalar
uchun mehnat haqi to‘lash va h.k.);
- korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga, ular tomonidan fuqarolik-
huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq
to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o‘zi
tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
Korxonlarning ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sugurtaga ajratmalari
- bu ijtimoi fondlarga (Pensiya fondiga, Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish
fondiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir.
Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlariga quyidagilar
tegishli:
- ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari (ishlab chiqarishni
xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat
vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish fondlarini
ish holatida saqlash xarajatlari; yongindan saqlash va qo‘riqlashni hamda
korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus
talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari; ishlab chiqarish
faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq
xarajatlar; tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar
xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy
209
haqini to‘lash xarajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va
shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar);
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli
bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha
xarajatlar;
- ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sugurta
qilish xarajatlari;
- brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar;
- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar;
- kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga
kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to‘lanadigan
nafaqalar;
- umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan
yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xrajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |